Mavzu: Nyu-Yorkka birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) doniyor (27 Jul 2017 17:54) “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy
aviakompaniyasining Boeing 787
Dreamliner samolyoti 27-iyul soat
08:40 da Islom Karimov nomidagi
Toshkent xalqaro aeroportidan Nyu-
Yorkka to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozni
boshladi. Bu haqda Milliya
aviakompaniya axborot xizmati
ma’lum qildi.
Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari”
MAK axborot xizmati
“Bu birinchi to‘xtovsiz reys mamlakat
fuqarolik aviatsiyasi hayotida tarixiy
hodisa va O‘zbekiston milliy
aviatashuvchisi rivojining yangi
bosqichi hisoblanadi”, — deyiladi
kompaniya xabarida.
Nyu-Yorkka to‘g‘ridan to‘g‘ri reys 13
soat davom etadi. Parvozni
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
ekipaji amalga oshirmoqda. Ekipaj
tarkibida parvoz kompleksi direktori
o‘rinbosari Sergey Kim,
aviakompaniya bosh shturmani
Stanislav Gurfinkel, Boeing 787
parvoz kompleksi komandiri
Asadjon Tursunov, ikkinchi
uchuvchilar Rustam Qo‘rg‘onov va
Olimjon Uzoqov bor.
Milliy avikompaniyaning bortida 237
nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyoti Jon
Kennedi nomidagi xalqaro
aeroportga mahalliy vaqt bilan 21:30
da qo‘nadi.
“Orzular layneri”ni Nyu-Yorkdan
Toshkentga havo kemasi komandiri
Pavel Morgachev, Boeing 787
parvoz otryadining uchuvchi-
instruktori Aleksey Markin va
ikkinchi uchuvchi Ulug‘bek
Ishmuhamedov boshqarib keladi.
Shu munosabat bilan Toshkent—
Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi
bo‘yicha birinchi to‘xtovsiz parvozni
amalga oshirgan Milliy
aviakompaniya Dreamliner’ini
tantanali kutib olish marosimi bo‘lib
o‘tadi. doniyor (27 Jul 2017 17:54) mans UzMuzon (27 Jul 2017 22:07) Bulani mavzu qb ochsh shartemaskuuu daryo va kun dan hamma oqib olaveradi doniyor (27 Jul 2017 22:31) saytga kira olmedgonlar ham bor Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/9/1675/