Mavzu: 50 ming so`mlik banknot (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) BahhTeeUz (14 Aug 2017 18:11) 22 avgustdan O'zbekiston Markaziy banki 50 ming so'mlik yangi banknotalarni muomalaga chiqaradi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy saytida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilarini muomalaga chiqarish to'g'risida ma`lum qilingan.

2017 yilning 22 avgustidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan.

Banknotning o'ng tarafidagi keng oq rangli sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi va “50000” raqami ko'rinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qog'oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 mm. bo'lgan himoya ipi o'tkazilgan.

Banknot old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi tepasidagi parvozga shaylangan laylaklar tasvirlangan.

Chap yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Ushbu matn «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so'z birikmali takrorlanuvchi mikromatnli chiziq bilan ajratilgan.

Mikromatnli chiziq ostida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» matni aks etgan.

Matn ostida to'q yashil rangdagi O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan.

Banknot chap tarafining pastki qismida 50000 raqami va «ELLIK MING SO‘M» yozuvi mavjud bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi.

Yuqoridagi barcha tasvirlar va yozuvlar bo'rtib turadi, ushlab ko'rilganda seziladi.

Markazda O'zbekiston Respublikasining hoshiyalangan xaritasi joylashgan bo'lib, uning foni «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so'z birikmali takrorlanuvchi mikromatn ko'rinishida ishlangan.

Chap taraf pastki qismidagi va oq rangli sathda joylashgan “50000” raqamlari tepasida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Oq rangli sathning yuqori qismidagi maxsus belgi arka tasviri ko'rinishida bo'lib, yorug'likka qaratilganda arkaning rangi banknot orqa tomonidagi rangli fon bilan to'ldiriladi.

Arkaning ostida banknot chiqarilgan yil - “2017” ko'rsatilgan.

Oq rangli sathning pastki qismida ko'rish burchagiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o'zgartiruvchi va ushlab ko'rilganda bilinadigan bo'rtib turuvchi “50000” raqami mavjud.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko'rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori qismida arka tasviri mavjud bo'lib, yorug'likda ko'rilganda banknot old qismidagi tasvir bilan bir-birini to'ldiradi.

Banknotning markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me`moriy binosi tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o'tuvchi “50000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo'lib, ularning tepasida banknotning qiymati so'z bilan “ELLIK MING” ko'rsatilgan.

Shuningdek, banknot qiymati “50000” ko'rinishida yuqori o'ng va pastki chap burchaklarda aks etirilgan.

Ostki fon nafis chiziqlar qo'llanilgan holda ishlangan milliy naqshinkor bezaklar va bo'rtib turgandek taasurot uyg'otuvchi banknot qiymati ko'rinishidagi raqamli tasvirlardan iborat.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo'lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo'jalik yurituvchi sub`yektlar va aholi tomonidan o'z qiymati bo'yicha barcha turdagi to'lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart. BahhTeeUz (14 Aug 2017 18:12) Rasmi AsqarBek (14 Aug 2017 18:22) hali 100 ming sumlik ham chiqadi Sardor_Malikov (14 Aug 2017 18:57) I.A.Karimov ning rasmini qöyish kerak edi. Loysonsity_uz (14 Aug 2017 19:00) Qoyil lekin Akbarali (14 Aug 2017 19:23) qachon infilatsiya bo'larkin Prince_Abdul (14 Aug 2017 19:28) Barakalla O'sbekiston ko'tarilib borayapdi har doim oldinga intil O'zbekistonim Prince_Abdul (14 Aug 2017 19:30) --Javob-- BahhTeeUz (14 Aug 2017 18:11): 22 avgustdan O'zbekiston Markaziy banki 50 ming so'mlik yangi banknotalarni muomalaga chiqaradi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy saytida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilarini muomalaga chiqarish to'g'risida ma`lum qilingan.

2017 yilning 22 avgustidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan.

Banknotning o'ng tarafidagi keng oq rangli sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi va “50000” raqami ko'rinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qog'oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 mm. bo'lgan himoya ipi o'tkazilgan.

Banknot old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi tepasidagi parvozga shaylangan laylaklar tasvirlangan.

Chap yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Ushbu matn «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so'z birikmali takrorlanuvchi mikromatnli chiziq bilan ajratilgan.

Mikromatnli chiziq ostida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» matni aks etgan.

Matn ostida to'q yashil rangdagi O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan.

Banknot chap tarafining pastki qismida 50000 raqami va «ELLIK MING SO‘M» yozuvi mavjud bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi.

Yuqoridagi barcha tasvirlar va yozuvlar bo'rtib turadi, ushlab ko'rilganda seziladi.

Markazda O'zbekiston Respublikasining hoshiyalangan xaritasi joylashgan bo'lib, uning foni «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so'z birikmali takrorlanuvchi mikromatn ko'rinishida ishlangan.

Chap taraf pastki qismidagi va oq rangli sathda joylashgan “50000” raqamlari tepasida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Oq rangli sathning yuqori qismidagi maxsus belgi arka tasviri ko'rinishida bo'lib, yorug'likka qaratilganda arkaning rangi banknot orqa tomonidagi rangli fon bilan to'ldiriladi.

Arkaning ostida banknot chiqarilgan yil - “2017” ko'rsatilgan.

Oq rangli sathning pastki qismida ko'rish burchagiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o'zgartiruvchi va ushlab ko'rilganda bilinadigan bo'rtib turuvchi “50000” raqami mavjud.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko'rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori qismida arka tasviri mavjud bo'lib, yorug'likda ko'rilganda banknot old qismidagi tasvir bilan bir-birini to'ldiradi.

Banknotning markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me`moriy binosi tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o'tuvchi “50000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo'lib, ularning tepasida banknotning qiymati so'z bilan “ELLIK MING” ko'rsatilgan.

Shuningdek, banknot qiymati “50000” ko'rinishida yuqori o'ng va pastki chap burchaklarda aks etirilgan.

Ostki fon nafis chiziqlar qo'llanilgan holda ishlangan milliy naqshinkor bezaklar va bo'rtib turgandek taasurot uyg'otuvchi banknot qiymati ko'rinishidagi raqamli tasvirlardan iborat.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo'lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo'jalik yurituvchi sub`yektlar va aholi tomonidan o'z qiymati bo'yicha barcha turdagi to'lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart. ---------- Bahh Tee, do'st har doim shunday xursand qilib turing saytdagi birodorlarizdi barakalla StyleUz (14 Aug 2017 19:37) pul birlik ko'tarilaverishi bu xardoim xam yaxshilik bilan tugavermaydi! AkMaL (14 Aug 2017 19:45) --Javob-- Prince_Abdul (14 Aug 2017 19:30): Bahh Tee, do'st har doim shunday xursand qilib turing saytdagi birodorlarizdi barakalla ---------- abdul2017, nimasiga xursandsiz 5ta 10.000 talik ortiqchalik qildimi sizga bu yaxshilik bilan tugamaydi ha deb banknot chiqaverishi Prince_Abdul (14 Aug 2017 19:48) --Javob-- AkMaL (14 Aug 2017 19:45): abdul2017, nimasiga xursandsiz 5ta 10.000 talik ortiqchalik qildimi sizga bu yaxshilik bilan tugamaydi ha deb banknot chiqaverishi ---------- AkMaL, yaxshilik bilan tugasin deyish kerak BahhTeeUz (14 Aug 2017 19:49) Banknotdan ko'ra bankomatlar ko'paysin. Shu yetarli menimcha. NafisGroup (14 Aug 2017 19:51) --Javob-- BahhTeeUz (14 Aug 2017 19:49): Banknotdan ko'ra bankomatlar ko'paysin. Shu yetarli menimcha. ---------- Bahh Tee, nahtpul bonkamati kopaysin BahhTeeUz (14 Aug 2017 19:52) --Javob-- NafisGroup (14 Aug 2017 19:51): Bahh Tee, nahtpul bonkamati kopaysin ---------- SerMenfi, shunday. Rusdagi sberbankka o'xshab, har 50 metrda :-) NafisGroup (14 Aug 2017 19:52) Men rossiyadada plastikdan savdo kilsam supermarketta 5%orzon boladi. Uyda olmaliqda 15% qimat. Nega savol StyleUz (14 Aug 2017 19:56) --Javob-- NafisGroup (14 Aug 2017 19:52): Men rossiyadada plastikdan savdo kilsam supermarketta 5%orzon boladi. Uyda olmaliqda 15% qimat. Nega savol ---------- SerMenfi, bu evalutsiya NafisGroup (14 Aug 2017 19:56) Rossda telefonim orqali nahtsiz tolab ketaman mazazinda tel ekranidagi q-kod rasimni korsataman plastikkartamham kerakmas Prince_Abdul (14 Aug 2017 19:58) --Javob-- NafisGroup (14 Aug 2017 19:56): Rossda telefonim orqali nahtsiz tolab ketaman mazazinda tel ekranidagi q-kod rasimni korsataman plastikkartamham kerakmas ---------- SerMenfi, Uzbda ham shuni yo'lga qo'yishsa zo'r bo'lardi Olmaliqda ham DarkShade (14 Aug 2017 20:00) --Javob-- NafisGroup (14 Aug 2017 19:52): Men rossiyadada plastikdan savdo kilsam supermarketta 5%orzon boladi. Uyda olmaliqda 15% qimat. Nega savol ---------- TV da reklama qilyaptiku, shunday xolat bo'lasa ishonch telefonlari deb , tel qiling darrov hal qilib berishdi.
Xozir huquqingizni bilmasangiz yashash qiyin.
.
Gaplating xato deb xisoblaganlar bemalol xafagarchilik yo'q Salbiy- ni bosavering. NafisGroup (14 Aug 2017 20:03) --Javob-- DarkShade (14 Aug 2017 20:00): TV da reklama qilyaptiku, shunday xolat bo'lasa ishonch telefonlari deb , tel qiling darrov hal qilib berishdi.
Xozir huquqingizni bilmasangiz yashash qiyin.
.
Gaplating xato deb xisoblaganlar bemalol xafagarchilik yo'q Salbiy- ni bosavering. ---------- DarkShade, huquq da mas gap .savdoda ishlagan odamlarni ham tushunish kerak. Ular aybdormas bankda naht kilib olish 10% ga kilishadi.balik boshdan sasiydi.nahtsiz ularham mahsulot olalmidilar. Bank sistemani mukamal kilishkerek KomiLov (14 Aug 2017 20:42) --Javob-- Sardor_Malikov (14 Aug 2017 18:57): I.A.Karimov ning rasmini qöyish kerak edi. ---------- Sardor_Malikov, yoq bunaqa bolsa bolmas edi. 50minglik pul ham yaqimda qadirsizlanib qoladi. Bu degani shunday insoni birov qadriga yetmay qoyadi degani. Karimov surati esa gijimlanib xaroblanib ketadi. Togri men qarahimasman Karimovga pul chiqarisjga faqat u 1mln lik pul bolsagina :koz:: uzmastersuzmasters (14 Aug 2017 21:20) Bu pullarni chiqarilishi pulni qadrsizlanishi inflatsiyadan dalolat.Buni ijobiy tarafi yo'q MirPro (14 Aug 2017 22:00) Buni tegida horijiy valyutani qadrsizlash yotibdi, yani $ni sindrish hozi bizga bu bilinmidi nu ozgina vohtdan kein bilinadi!
BahhTeeUz (14 Aug 2017 22:00) Davomi BahhTeeUz (14 Aug 2017 22:02) --Javob-- MirPro (14 Aug 2017 22:00): Buni tegida horijiy valyutani qadrsizlash yotibdi, yani $ni sindrish hozi bizga bu bilinmidi nu ozgina vohtdan kein bilinadi!
---------- MirPro, oyliklar oshirilsa menimcha sinadi ammo sindirilsa xorij bilqn aloqa qiyinlqshadi. Bu menu fikrim albatta NafisGroup (14 Aug 2017 22:09) Eqsodiotka dolor sinishi yahshilikka olib kelmidi. Ishlab chikaruvchiga chet elga sotuvchi .dolorga nisbatan miliy pul qadirsiz bosa foyda.qitoy davlati uz pulini dolorga nisbatan qadirsizlantirib hozirgi dunyo boicha buikiktisod kuchligi boyligi boicha 2orin bob turibti. Dolor qadirzizlanishi dunyo uchun zarar. Dolor sinsa dunyo juda og'ir krizisga uchtaydi . buni dunyo iktisochilari bilishadi shuning uchun dolorni sharni shishirganday ishirishayapti Viruzbek (14 Aug 2017 22:21) Ozbek puli qadirsizlanmoqda Turk Lirasiga oxshab fyurer (14 Aug 2017 22:28) endi inflatsiyani tomosha qilarkanmizda yangi pullar bilan :joy: NafisGroup (14 Aug 2017 22:39) Инфлятсия давлат буджетини толдиради . пул кадирсизланиши Билан ойлик Котарлиши бирхилмас. Оша пайти давлат буджет етишмовчилигини беркитади.хулас давлат эхтисочилари растаратини яширишади .пулни инфлятсияга учратиб SeMRuXX (14 Aug 2017 23:45) Pulti alishtirish kerak meni fikrim shu yoki 50 000 ni orniga 5000 qoyishi kerak SeMRuXX (15 Aug 2017 00:01) 50 000 so'mlik chiqarilishidan nima foyda ? Bu kop pul kotarib yurmaslik uchunmi ? Buning uchun plastik kartani naqt pulga tenglash kerak xozr barcha magazinlarda plastik qoydirmoqda plastigi yoqlar yopilmoqda lekin bundan oddiy odamlarga foydasi bolmayabdi negak 15 20 % qoshyabdi barcha magazinlar xattoki katta firmalar xam osha % ga naqt pul qilyabmiz demoqda xosh katta firmalar shunday desa oddiy fuqorolar nima deydi ? Men bilmadim yoki ozlari oyin qilyabdimi ozlari firmadagilar masalam men oddiy odamman pul chiqarilishi sababini tushunmadim Rasul (15 Aug 2017 00:23) 1 yilda 2 ta banknot shiqarish yaxshilikdan dalolatmi? fyurer (18 Aug 2017 00:32) Mb ; Banknot inflatsiyaga tasir etmaydi manba Uzreportv kecha wunday chiqdi hamma shov shuv qivorbdi shekilida :D MirPro (18 Aug 2017 04:41) prosta pulilani yig'sela ertaga 1000so'm 500so'mli pula kuyb ketkanida bu kuymidi
5000mingtali chiqanidyam shunaqa vahma bo'ganidi hoziram shu vahma puli yg'amz endi 50mingli qb kak $i qo'rqme yig'ganimizdek Ravshan (23 Aug 2017 16:09) pul chiqibtimi Ravshan (23 Aug 2017 16:10) muomilaga BOKSER (23 Aug 2017 16:26) Bu kotta pul chiqiwi alomatlari yomon
500 so'm 1000 so'm pullar sinadi Jolush (23 Aug 2017 16:33) --Javob-- BOKSER (23 Aug 2017 16:26): Bu kotta pul chiqiwi alomatlari yomon
500 so'm 1000 so'm pullar sinadi ---------- BOKSER, xechxam snmaydi dokonda bozorda kim shu pularni rad etsa shu osha odami ustidan yoza olisiz. razb6r4ik (23 Aug 2017 16:34) O'x cho'ntakizdan 10ta 50000so'mlik tushib qoldi nima qilas BOKSER (23 Aug 2017 16:35) --Javob-- Jolush (23 Aug 2017 16:33): BOKSER, xechxam snmaydi dokonda bozorda kim shu pularni rad etsa shu osha odami ustidan yoza olisiz. ---------- Jolush, ko'rasizde qarab turin REYXAN (23 Aug 2017 20:39) Zo'r bo'ptiyu qachon qo'limga tegarkin :) KimTan (23 Aug 2017 20:40) tez orada tegadi. qani forumdan kimi birinchi qo'li tegarkin :grin: :joy: KimTan (23 Aug 2017 20:40) bankirlar bormi :kozz: bekan (24 Aug 2017 09:29) kim oldi 50minglik Spamer (4 Oct 2017 16:36) Bu 50 ming aloqaga kiritildimi? Dima Muratov (4 Oct 2017 16:38) --Javob-- Spamer (4 Oct 2017 16:36): Bu 50 ming aloqaga kiritildimi? ---------- Spamer, ха... Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/9/1728/