uzmasters.ru Kirish
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
UMUMIY BO'LIM | Mahalliy yangiliklar |
Mavzu: O‘zbekistonda mega palov tayyorlandi
Mavzu fayllari (1)
So'rov natijasi
Palov tayyorlashni (damlashni) bilasizmi?
Ha (2)
Yo'q (1)
O'rganayapman (1)
1. Prince_Abdul(M) (1090) [off] |TXT| 11|20 Aug 2017, 06:00
17-avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Milliy telekanali tashabbusi bilan O‘zbekistonda eng katta palov tayyorlandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
2. Prince_Abdul(M) (1090) [off] |TXT| 11|20 Aug 2017, 06:00
Ekspertlarning qayd etishicha, rekord miqdordagi ushbu taomning og‘irligi 6 tonnani tashkil etdi. Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bo‘lgan qozonda pishirildi. Ushbu qozon Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mazkur tadbir uchun maxsus quyib tayyorlangan. Qozonning umumiy og‘irligi 7 070 kg, chuqurligi 1 metr. O‘choqning og‘irligi esa deyarli 3 tonna.

Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 826 kg mol go‘shti, 825,5 kg qo‘y go‘shti, 195 kg dumba va eng asosiysi, 1 650 kg guruch qozonga solindi. Shuningdek, 2,4 ming kg sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr o‘simlik yog‘i, 480 kg tuz ham ishlatildi hamda 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg no‘xat va 3 kg qora murch bilan palovning ta’mi rostlandi.

Ushbu palovni tayyorlash uchun O‘zbekistonning 50 dan ziyod taniqli oshpazlari jam bo‘lishdi. Ular taomni 2 metrli kapgirda aralashtirib, suzishdi.

Tayyor taom tadbir mehmonlari hamda Olmaliqning 22 mingdan ziyod aholisiga tarqatildi. Umumiy hisobda mega palovni tayyorlash, tarqatish – tashkilotchilik ishlarida 150 kishi hissa qo‘shdi.

Milliy telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bu tadbir dunyodagi eng katta palovni tayyorlash oldidan repetitsiya jarayoni edi. O‘zbekistonda tayyorlangan eng katta palov bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatish va uni Ginnes rekordlari kitobiga kiritish uchun rasmiy urinish shu yilning 8-sentyabrida Milliy telekanalining 1 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “O‘zbegim” Milliy qadriyatlar festivali doirasida bo‘lib o‘tadi
3. Prince_Abdul(M) (1090) [off] |TXT| 11|20 Aug 2017, 06:05
Oshni rasmi
pic
IMG_20170820_055113.jpg (210.65KB)
Reytingi:  0/0  | Yuklangan: 212 marta
Ijobiy (1): NafisGroup,
Raxmat aytdi (1): NafisGroup,
4. wmAkbarali(2582) [off] |TXT| 11|20 Aug 2017, 08:19
Sizga kech yetib borarkan men buni 3kun oldin o'qigandim
5. Prince_Abdul(M) (1090) [off] |TXT| 11|20 Aug 2017, 12:17
Akbarali (20 Aug 2017, 08:19):
Sizga kech yetib borarkan men buni 3kun oldin o'qigandim
Akbarali, men buni o'sha kuni ishitganman qozonda tayyorlanayotganini ham ko'rganman ukam ham palovdi yeb keldi ukam ishlayotgan joyda tayyorlandi SRMZda Olmaliqdi kombinatni hamma korhonalariga tarqatildi
Ijobiy (1): NafisGroup,
Raxmat aytdi (2): Akbarali, NafisGroup,
6. Spamer (8) [off] |TXT| 11|4 Oct 2017, 16:39
Xabar Shadow tomonidan o'chirilgan.
7. zor (98) [off] |TXT| 11|19 March 2018, 06:35
Xabar Shadow tomonidan o'chirilgan.
8. wmotaw (225) [off] |TXT| 9|12 Apr 2018, 19:25
TOSHKENT VILOYATIDA TAYYORLANDI SHUNAQAMI :D
9. Prince_Abdul(M) (1090) [off] |TXT| 9|12 Apr 2018, 19:33
otaw (12 Apr 2018, 19:25):
TOSHKENT VILOYATIDA TAYYORLANDI SHUNAQAMI :D
otaw, ha albatta Qozon uchoq bizni shaharda SRMZda yasashdi. Toshkent shaxrida mega palov pishirishdi. Namanganda palov pishgan qozonda sumalak qaynatildi. Bizda Navruz kuni 8 tonnali osh pishirishdi
10. wmotaw (225) [off] |TXT| 9|12 Apr 2018, 19:34
OXOO MAN RUSDAMAN VIDEOSINI KURGANDIM :t
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1747
Mavzuga oid xabarlar soni: 10 ta
So'ngi faollik vaqti: 12 Apr 2018, 19:34
uzmasters.ru Onlayn 68 (14/54)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
".$_SERVER[