Mavzu: O‘zbekistonda mega palov tayyorlandi (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) Prince_Abdul (20 Aug 2017 06:00) 17-avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Milliy telekanali tashabbusi bilan O‘zbekistonda eng katta palov tayyorlandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
Prince_Abdul (20 Aug 2017 06:00) Ekspertlarning qayd etishicha, rekord miqdordagi ushbu taomning og‘irligi 6 tonnani tashkil etdi. Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bo‘lgan qozonda pishirildi. Ushbu qozon Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mazkur tadbir uchun maxsus quyib tayyorlangan. Qozonning umumiy og‘irligi 7 070 kg, chuqurligi 1 metr. O‘choqning og‘irligi esa deyarli 3 tonna.

Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 826 kg mol go‘shti, 825,5 kg qo‘y go‘shti, 195 kg dumba va eng asosiysi, 1 650 kg guruch qozonga solindi. Shuningdek, 2,4 ming kg sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr o‘simlik yog‘i, 480 kg tuz ham ishlatildi hamda 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg no‘xat va 3 kg qora murch bilan palovning ta’mi rostlandi.

Ushbu palovni tayyorlash uchun O‘zbekistonning 50 dan ziyod taniqli oshpazlari jam bo‘lishdi. Ular taomni 2 metrli kapgirda aralashtirib, suzishdi.

Tayyor taom tadbir mehmonlari hamda Olmaliqning 22 mingdan ziyod aholisiga tarqatildi. Umumiy hisobda mega palovni tayyorlash, tarqatish – tashkilotchilik ishlarida 150 kishi hissa qo‘shdi.

Milliy telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bu tadbir dunyodagi eng katta palovni tayyorlash oldidan repetitsiya jarayoni edi. O‘zbekistonda tayyorlangan eng katta palov bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatish va uni Ginnes rekordlari kitobiga kiritish uchun rasmiy urinish shu yilning 8-sentyabrida Milliy telekanalining 1 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “O‘zbegim” Milliy qadriyatlar festivali doirasida bo‘lib o‘tadi Prince_Abdul (20 Aug 2017 06:05) Oshni rasmi Akbarali (20 Aug 2017 08:19) Sizga kech yetib borarkan men buni 3kun oldin o'qigandim Prince_Abdul (20 Aug 2017 12:17) --Javob-- Akbarali (20 Aug 2017 08:19): Sizga kech yetib borarkan men buni 3kun oldin o'qigandim ---------- Akbarali, men buni o'sha kuni ishitganman qozonda tayyorlanayotganini ham ko'rganman ukam ham palovdi yeb keldi ukam ishlayotgan joyda tayyorlandi SRMZda Olmaliqdi kombinatni hamma korhonalariga tarqatildi Spamer (4 Oct 2017 16:39) Qoyil zo'r zor (19 Mar 2018 06:35) Qoyil zor otaw (12 Apr 2018 19:25) TOSHKENT VILOYATIDA TAYYORLANDI SHUNAQAMI :D Prince_Abdul (12 Apr 2018 19:33) --Javob-- otaw (12 Apr 2018 19:25): TOSHKENT VILOYATIDA TAYYORLANDI SHUNAQAMI :D ---------- otaw, ha albatta Qozon uchoq bizni shaharda SRMZda yasashdi. Toshkent shaxrida mega palov pishirishdi. Namanganda palov pishgan qozonda sumalak qaynatildi. Bizda Navruz kuni 8 tonnali osh pishirishdi otaw (12 Apr 2018 19:34) OXOO MAN RUSDAMAN VIDEOSINI KURGANDIM :t Mahmudjon_BEST (13 Jul 2019 17:18) O'sha festivalga borib palov yeyolmay kelganmiz :(. Odam rasa koop edi. Mashxur sanatkorlarimizni qo'shiqlarini tinglab kelganmiz oila azolar bilan :D Boss (14 Jul 2019 08:20) Eh man borolmay qolganman uydagilar vediosini tashlagandi
eng qizig'i osh qolib tarvuz, qovun, meva chevani yediya. Avaz Ohun aytgan gapni eslang Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/9/1747/