Kirish A`zo bo`lish
UMUMIY BO'LIM | Mahalliy yangiliklar |
Mavzu: UZB da suniy yoldosh uchirishni reja qilyapdi.
Mavzu fayllari (0)
1. dimauz (M) (363) [3s] |TXT| 14|28 Jan 2018, 14:09
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishi bo‘yicha rejalari to‘g‘risida ma’lum qildi.
O‘zbekiston yaqin vaqtlarda o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.
«Bu bizning strategik yo‘nalishlarimizdan biri. Aerokosmika sohasidagi ishlanmalar yo‘qotildi, 25 yil davomida bu sohada hech qanday ish qilinmadi, shuning uchun biz hozir o‘z aerokosmik zonamizdan foydalanmaymiz», — dedi vazir.
«Hozirda ushbu sohada strategik rejalar ishlab chiqilmoqda va eng katta qadamlardan biri o‘z sun’iy yo‘ldoshlarimizning uchirilishi bo‘ladi», — dedi Ibrohim Abdurahmonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi hayotning ko‘plab sohalari, jumladan televideniye va internetni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vazir eng asosiy vazifalar sifatida aerokosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil etishni ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Davlat dasturida 2035 yilgacha O‘zbekiston aerokosmik sanoatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi. Hujjatda milliy aviatsiya sohasini qayta tiklash haqida ham so‘z boradi.
Manba: http://gazeta.uz
2. STRaKER (71) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 14:16
hechdan ko'ra kech
Ijobiy (1): DarkShade,
3. DarkShade (292) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 14:25
Suniy yo'ldoshni qaysi davlat kosmik stansiyasidan uchirar ekan???
4. wmAloo (71) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 14:26
Z6rku
5. uZaFaRaP (292) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 14:30
DarkShade (28 Jan 2018, 14:25):
Suniy yo'ldoshni qaysi davlat kosmik stansiyasidan uchirar ekan???
DarkShade, rosiyadan bo'sa kere
6. Shadow (100) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 14:54
DarkShade (28 Jan 2018, 14:25):
Suniy yo'ldoshni qaysi davlat kosmik stansiyasidan uchirar ekan???
DarkShade, manimcha qozog'iston
7. dimauz (M) (363) [3s] |TXT| 14|28 Jan 2018, 15:09
Bu suniy yoldosh uchsa
net arzonlasharmikana :D
Battar qimmatlashtirvorsaya
8. fokuschi (651) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 15:33
dimauz (28 Jan 2018, 15:09):
Bu suniy yoldosh uchsa
net arzonlasharmikana :D
Battar qimmatlashtirvorsaya
dimauz, boshidа qimаtlаshib keyin orzаnlаshаdi deb o'ylаymаn
9. STRaKER (71) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 16:07
dimauz (28 Jan 2018, 15:09):
Bu suniy yoldosh uchsa
net arzonlasharmikana :D
Battar qimmatlashtirvorsaya
dimauz, gapizda jon bor, mana buni mashinada ko'rdik nima bo'lganini, rostdan ham net qimmatlashi mumkin
lekin bilishimcha o'zbekistonda eski zavodmi birnima bor edi shu kosmikaga bog'liq
10. Nurjan (30) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 16:07
Қозоқстоннинг Байканур космодромидан учирилса керак
Россияхам уча жойдан учирар еди
11. Balli_Oga (109) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 20:55
STRaKER (28 Jan 2018, 16:07):
dimauz, gapizda jon bor, mana buni mashinada ko'rdik nima bo'lganini, rostdan ham net qimmatlashi mumkin
lekin bilishimcha o'zbekistonda eski zavodmi• • •
STRaKER , kosmonavtika bizga orzu hali. SIZ etgan zavod Chkalov aviatsia zavodi.

Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi binosi maishiy texnika buyumlari ishlab chiqariluvchi zavodga aylantiriladi
Sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi binosi Toshkent mexanika zavodi nomi ostida qaytadan faoliyat boshlaydi. Bu haqda Toshkent Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i Saidali Nasretdinovga asoslangan “Podrobno.uz”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda


biz avval Raketa uchirishni emas uni yasashni o'rganishimiz kerak.
Salbiy (1): foxmexa,
12. wmfoxmexa (864) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 22:17
dimauz (28 Jan 2018, 14:09):
[b]Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishi bo‘yicha rejalari to‘g‘risida ma’lum qildi.[/b• • •
dimauz, gazeta.uz da emas kun.uz da yozganda ishonardim
13. CTC-Moskva (616) [off] |TXT| 14|28 Jan 2018, 23:47
Mavzuni 2034 - yilda ochsa ham bo'lardi
14. MirPro (176) [off] |TXT| 14|29 Jan 2018, 00:39
Yaxshi lekin ungacha xitoy yaponiya karea aqsh va h.k davlatla yana 1 tadan raketa uchirvorishi aniq biz shu bitagayam rozimiz agar uchirilsa inavatsia texnalogiya hammasi zo’r bo’lardi internet uchun uzbekiston cherez qozog’izton rassiyadan internet sotvolib yurmasti narxlayam ancha arzonlashardi ana kein o’sish bo’ladi bizda shu muamo doim bo’gan chet davlatlada odamlani ekan paxtasiyu dalasidan foyda omey undan ko’proq shu inavatsia loyihalar orqali davlat boyib yuribdi biz bittani uchirsek boshqala uji 7.8 talab shaxsiy yo’ldosh uchirib yotibdi mayli kutamiz alam qiladgani ungacha nma bo’ladi nma qo’yadi vaqt ko’rsatadi usha kunlagayam yetvolelik ))))
15. dimauz (M) (363) [3s] |TXT| 14|29 Jan 2018, 02:11
foxmexa (28 Jan 2018, 22:17):
dimauz, gazeta.uz da emas kun.uz da yozganda ishonardim
foxmexa,
daryo.uz xam yozgan ekan.
Http://daryo.uz/2018/01/26/ozbekiston-ozining-suniy-yoldoshini-uchirishni-rejalashtirmoqda/
ps/
Kun.uz da xam yozgan.
Http://kun.uz/uz/news/2018/01/26/uzbekiston-akin-kelazakda-uz-sunij-juldosini-uciradi
Oxirgi o'zgarish: dimauz (29 Jan 2018, 02:14)
16. ShoxruhRustam (157) [off] |TXT| 14|29 Jan 2018, 07:45
Bundan maqsad net'ni arzon qilish. Bizda IT'ni kelajagi bor ekan, koʻproq oʻrganishimiz va oʻrgatishimiz kerak.
17. wmfoxmexa (864) [off] |TXT| 14|29 Jan 2018, 08:35
dimauz (29 Jan 2018, 02:11):
foxmexa,
daryo.uz xam yozgan ekan.
Http://daryo.uz/2018/01/26/ozbekiston-ozining-suniy-yoldoshini-uchirishni-rejalashtirmoqda/
ps/
Kun.uz da xam• • •
dimauz, endi ishondim kutib qolamiz
18. RARE (546) [off] |TXT| 14|29 Jan 2018, 08:56
bu hali beri uchmasa kere
19. zor (77) [off] |TXT| 14|16 March 2018, 07:30
qachan uchirarkan 2040yildami
20. Besthakker(1530) [off] |TXT| 13|16 March 2018, 07:45
zor (16 March 2018, 07:30):
qachan uchirarkan 2040yildami
zor, nasib etsa uchadi
12>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2355
Mavzuga oid xabarlar soni: 23 ta
So'ngi faollik vaqti: 13 May 2018, 07:03
uzmasters.ru Onlayn 66 (4/62)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru