Mavzu: UZB da suniy yoldosh uchirishni reja qilyapdi.
1. dimauz (M) (475) [off] | TXT | 14| 28 Jan 2018, 14:09
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishi bo‘yicha rejalari to‘g‘risida ma’lum qildi.
O‘zbekiston yaqin vaqtlarda o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.
«Bu bizning strategik yo‘nalishlarimizdan biri. Aerokosmika sohasidagi ishlanmalar yo‘qotildi, 25 yil davomida bu sohada hech qanday ish qilinmadi, shuning uchun biz hozir o‘z aerokosmik zonamizdan foydalanmaymiz», — dedi vazir.
«Hozirda ushbu sohada strategik rejalar ishlab chiqilmoqda va eng katta qadamlardan biri o‘z sun’iy yo‘ldoshlarimizning uchirilishi bo‘ladi», — dedi Ibrohim Abdurahmonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi hayotning ko‘plab sohalari, jumladan televideniye va internetni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vazir eng asosiy vazifalar sifatida aerokosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil etishni ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Davlat dasturida 2035 yilgacha O‘zbekiston aerokosmik sanoatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi. Hujjatda milliy aviatsiya sohasini qayta tiklash haqida ham so‘z boradi.
Manba:

http://gazeta.uz

2. STRaKER (73) [off] | TXT | 14| 28 Jan 2018, 14:16
hechdan ko'ra kech
Ijobiy (1): DarkShade,
3. DarkShade (292) [off] | TXT | 14| 28 Jan 2018, 14:25
Suniy yo'ldoshni qaysi davlat kosmik stansiyasidan uchirar ekan???
4. Aloo (68) [off] | TXT | 14| 28 Jan 2018, 14:26
Z6rku
5. uZaFaRaP (405) [off] | TXT | 14| 28 Jan 2018, 14:30
DarkShade (28 Jan 2018, 14:25):
Suniy yo'ldoshni qaysi davlat kosmik stansiyasidan uchirar ekan???
DarkShade, rosiyadan bo'sa kere
6. Shadow (100) [off] | TXT | 14| 28 Jan 2018, 14:54
DarkShade (28 Jan 2018, 14:25):
Suniy yo'ldoshni qaysi davlat kosmik stansiyasidan uchirar ekan???
DarkShade, manimcha qozog'iston
7. dimauz (M) (475) [off] | TXT | 14| 28 Jan 2018, 15:09
Bu suniy yoldosh uchsa
net arzonlasharmikana :D
Battar qimmatlashtirvorsaya
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2355
Mavzuga oid xabarlar soni: 23 ta
So'ngi faollik vaqti: 13 May 2018, 07:03
Mavzuni ko'rishgan: 20 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 218 (0/218)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru