Mavzu: "Sevgi Istirobi" seriali
Mavzu Erkatoy tomonidan yopilgan.
1. KomiLov (M) (822) [off] | TXT | 31| 16 Feb 2018, 23:55
Xabaringiz bor, Zo’r TV telekanali orqali turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevgi iztirobi” seriali berib kelinayotgan edi. Ushbu serial mazmuni, u tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmagani uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda serial qattiq tanqid ostiga olingan turli materiallar va chiqishlar e’lon qilindi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, kuni kecha bo‘lib o‘tgan xotin-qizlar masalasida o‘tkazilgan majlisda Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov ham aynan ana shu serialga to‘xtalib, oilalardagi ma’naviy muhit buzilayotgan, ajrashishlar ko‘payayotgan bir paytda bu kabi saviyasi past seriallarni namoyish etishni qattiq tanqid qilgan. KUN.UZ’ga bir necha manbalardan kelib tushgan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, “Sevgi iztiroblari” seriali namoyishi to‘xtatilgan. Ushbu serialning so‘nggi qismi bugun, 16 fevral kuni namoyish etildi.

Ushbu serial qahramonlariga ovoz bergan aktyorlardan biri Alisher Uzoqov Instagram’dagi o‘z sahifasida serial namoyishi telekanaldan olib tashlanayotganiga ishora bergan. “Bugun so‘nggi marotaba qahramonlaringizni ko‘rib qoling...”, deb yozadi aktyor.

Umid qilamizki, shaxsiy telekanallar serial tanlashda va namoyish qilishda yanada e’tiborliroq bo‘lishadi. O‘zbek ma’naviyatiga, qadriyatlariga mos, tarbiyaviy ahamiyati kuchli seriallar tanlashadi. Zero yuqoridagi serialni yarmida to‘xtatgan bilan uning aksariyat "muxlislari" bozorlarga disk izlashga tushishsa ajab emas. Bu esa boshqa mavzu...

Manba: Zamonaviy.uz
====
Va nixoyat shu kunga ham yetib keldik :)
2. Sher_zod (90) [off] | TXT | 31| 20 Feb 2018, 21:30
Essiz
3. Foxconn (17) [off] | TXT | 31| 21 Feb 2018, 03:11
Endi buyogi russki perevod koramz tas ixdan
4. Kuchavoy (435) [off] | TXT | 31| 11 March 2018, 20:33
Davomini qachan berishini bilmeslarmi
5. KomiLov (M) (822) [off] | TXT | 29| 12 March 2018, 20:03
Kuchavoy (11 March 2018, 20:33):
Davomini qachan berishini bilmeslarmi
Kuchavoy, aniq ayta olmaymanku lekin qo‘yilmasa kerak boshqa
6. zor (77) [off] | TXT | 29| 16 March 2018, 07:28
ikkichi fasli qachanakan
7. Kuchavoy (435) [off] | TXT | 29| 16 March 2018, 08:54
zor (16 March 2018, 07:28):
ikkichi fasli qachanakan
zor, bowqa u kino efirga chiqmedi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2416
Mavzuga oid xabarlar soni: 19 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 March 2019, 09:25
Mavzuni ko'rishgan: 31 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish