Mavzu: Ichki ishlar xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan
1. BLACK_LION (M) (4780) [off] | TXT | 14| 27 March 2018, 15:03
Ichki ishlar xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan foydalanuvchilar javobgarlikka tortiladi - IIBB
Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uyat so'zlarni yozishdan tortinmaydigan, ichki ishlar organlari faoliyatini yaxshilashga aloqador bo'lmagan izoh bildiradigan kimsalar paydo bo'lmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o'rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig'i general-mayor R.Jo'rayev Yakkasaroy tumani aholisi bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqot vaqtida ma`lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, huquq-tartibot organlari xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlayotgan foydalanuvchilar javobgarlikka tortiladilar.

«Agar kimda-kim, meni baribir topa olishmaydi va istagancha ichki ishlar organi xodimini haqorat qilaman, unga tuhmat qilaveraman, deb o'ylasa qattiq yanglishadi. E`tiboringiz uchun shu yo'nalishda ishlar olib borilgan, buning uchun ma`muriy va hatto jinoiy javobgarlikka tortilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yo'q emas», – deydi R.Jo'rayev.

Xususan, Surxondaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli X.J. atayin Toshkent shahar IIBB xodimining g'ururini toptagani uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi. Shayxontohur tuman ma`muriy sudining qaroriga ko'ra, fuqaro X.J.ga EKIXning 10 baravari ya`ni 1 722 400 so'm miqdorida jarima solindi.

Ushbu sud tomonidan joriy yilning fevral oyida Toshkentda yashovchi, 1987 yilda tug'ilgan fuqaro K.A.ga 172 240 so'm miqdorida jarima solindi. Bu ayol ichki ishlar organi xodimini haqorat qilgani uchun shuningdek ma`muriy javobgarlikka ham tortildi.

Toshkent shahar IIBB rasman ma`lum qilishicha, ichki ishlar organlari xodimlarini obro'sizlantirgan, kamsitgan, haqoratlagan va nafsoniyatiga tekkan barcha fuqarolarga, shu jumladan internetdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga nisbatan jinoiy javobgarchilikkacha bo'lgan qonuniy chora ko'riladi.

Toshkent shahar IIBB qoshida tashkil etilgan Axborot multimedia markazi ijtimoiy tarmoqlarda qoldiriladigan xabarlar, izohlarni monitoring qilib boradi, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini qadrsizlantiradigan asossiz va yolg'on ma`lumotlarga raddiya berib boradi.

Toshkent shahar IIBB barcha fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda muloqotning odob-ahloq normalariga amal qilishga, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo'lishga, nojo'ya so'zlardan foydalanmaslikka va ayniqsa u yoki bu voqeaga izoh qoldirayotganda qo'pollashmaslikka, haqorat qilmaslikka chaqirgan.
Manbaa:

Kun.uz.Eng qiziqarli yangiliklar

Eng qiziqarli yangiliklar — bizda! Dunyo, mahalliy, gadjetlar, sport, avtomobillar olami yangiliklaridan xabardor bo‘ling.

https://kun.uz/uz/37895801

2. BLACK_LION (M) (4780) [off] | TXT | 14| 27 March 2018, 15:07
#1 ga qo'shimcha!
Kimda kim forum ma'muriyat a'zosini ham haqoratlasa tegishli chora ko'riladi!
P/S: bunga bu yangilik sabab emas, boshqa sabab mavjud!
Oxirgi o'zgarish: BLACK_LION (27 March 2018, 15:08)
3. Master-Habibi (265) [off] | TXT | 13| 27 March 2018, 15:24
Xabar BLACK_LION tomonidan o'chirilgan.
4. Janob_Mashshenik (179) [off] | TXT | 12| 27 March 2018, 15:51
BLACK_LION (27 March 2018, 15:07):
#1 ga qo'shimcha!
Kimda kim forum ma'muriyat a'zosini ham haqoratlasa tegishli chora ko'riladi!
P/S: bunga bu yangilik sa• • •
Bahh Tee, Ajoyib. kimki xaqorat so'zlar ishlatsa albatta jazo olishi shart
5. BLACK_LION (M) (4780) [off] | TXT | 12| 27 March 2018, 15:53
Janob_Mashshenik (27 March 2018, 15:51):
Bahh Tee, Ajoyib. kimki xaqorat so'zlar ishlatsa albatta jazo olishi shart
akramjon22, avval boshni himoyalab olaylik keyin tanani bosh himoyalaydi!
6. Janob_Mashshenik (179) [off] | TXT | 12| 27 March 2018, 15:56
BLACK_LION (27 March 2018, 15:53):
akramjon22, avval boshni himoyalab olaylik keyin tanani bosh himoyalaydi!
Bahh Tee, xa miyyani va tilni yaxshilab tarbiyalamasa xozirgi yoshlar juda erkin bo'lib ketti
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2526
Mavzuga oid xabarlar soni: 6 ta
So'ngi faollik vaqti: 27 March 2018, 15:56
Mavzuni ko'rishgan: 14 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 75 (0/75)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru