Mavzu: Ichki ishlar xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) BahhTeeUz (27 Mar 2018 15:03) [b]Ichki ishlar xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan foydalanuvchilar javobgarlikka tortiladi - IIBB[/b]
Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uyat so'zlarni yozishdan tortinmaydigan, ichki ishlar organlari faoliyatini yaxshilashga aloqador bo'lmagan izoh bildiradigan kimsalar paydo bo'lmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o'rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig'i general-mayor R.Jo'rayev Yakkasaroy tumani aholisi bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqot vaqtida ma`lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, huquq-tartibot organlari xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlayotgan foydalanuvchilar javobgarlikka tortiladilar.

«Agar kimda-kim, meni baribir topa olishmaydi va istagancha ichki ishlar organi xodimini haqorat qilaman, unga tuhmat qilaveraman, deb o'ylasa qattiq yanglishadi. E`tiboringiz uchun shu yo'nalishda ishlar olib borilgan, buning uchun ma`muriy va hatto jinoiy javobgarlikka tortilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yo'q emas», – deydi R.Jo'rayev.

Xususan, Surxondaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli X.J. atayin Toshkent shahar IIBB xodimining g'ururini toptagani uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi. Shayxontohur tuman ma`muriy sudining qaroriga ko'ra, fuqaro X.J.ga EKIXning 10 baravari ya`ni 1 722 400 so'm miqdorida jarima solindi.

Ushbu sud tomonidan joriy yilning fevral oyida Toshkentda yashovchi, 1987 yilda tug'ilgan fuqaro K.A.ga 172 240 so'm miqdorida jarima solindi. Bu ayol ichki ishlar organi xodimini haqorat qilgani uchun shuningdek ma`muriy javobgarlikka ham tortildi.

Toshkent shahar IIBB rasman ma`lum qilishicha, ichki ishlar organlari xodimlarini obro'sizlantirgan, kamsitgan, haqoratlagan va nafsoniyatiga tekkan barcha fuqarolarga, shu jumladan internetdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga nisbatan jinoiy javobgarchilikkacha bo'lgan qonuniy chora ko'riladi.

Toshkent shahar IIBB qoshida tashkil etilgan Axborot multimedia markazi ijtimoiy tarmoqlarda qoldiriladigan xabarlar, izohlarni monitoring qilib boradi, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini qadrsizlantiradigan asossiz va yolg'on ma`lumotlarga raddiya berib boradi.

Toshkent shahar IIBB barcha fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda muloqotning odob-ahloq normalariga amal qilishga, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo'lishga, nojo'ya so'zlardan foydalanmaslikka va ayniqsa u yoki bu voqeaga izoh qoldirayotganda qo'pollashmaslikka, haqorat qilmaslikka chaqirgan.
Manbaa: https://kun.uz/uz/37895801 BahhTeeUz (27 Mar 2018 15:07) #1 ga qo'shimcha!
[b]Kimda kim forum ma'muriyat a'zosini ham haqoratlasa tegishli chora ko'riladi![/b]
P/S: bunga bu yangilik sabab emas, boshqa sabab mavjud! Master-Habibi (27 Mar 2018 15:24) --Javob-- BahhTeeUz (27 Mar 2018 15:07): #1 ga qo'shimcha!
[b]Kimda kim forum ma'muriyat a'zosini ham haqoratlasa tegishli chora ko'riladi![/b]
P/S: bunga bu yangilik sabab emas, boshqa sabab mavjud! ---------- Bahh Tee, Janob_Mashshenik (27 Mar 2018 15:51) --Javob-- BahhTeeUz (27 Mar 2018 15:07): #1 ga qo'shimcha!
[b]Kimda kim forum ma'muriyat a'zosini ham haqoratlasa tegishli chora ko'riladi![/b]
P/S: bunga bu yangilik sabab emas, boshqa sabab mavjud! ---------- Bahh Tee, Ajoyib. kimki xaqorat so'zlar ishlatsa albatta jazo olishi shart BahhTeeUz (27 Mar 2018 15:53) --Javob-- Janob_Mashshenik (27 Mar 2018 15:51): Bahh Tee, Ajoyib. kimki xaqorat so'zlar ishlatsa albatta jazo olishi shart ---------- akramjon22, avval boshni himoyalab olaylik keyin tanani bosh himoyalaydi! Janob_Mashshenik (27 Mar 2018 15:56) --Javob-- BahhTeeUz (27 Mar 2018 15:53): akramjon22, avval boshni himoyalab olaylik keyin tanani bosh himoyalaydi! ---------- Bahh Tee, xa miyyani va tilni yaxshilab tarbiyalamasa xozirgi yoshlar juda erkin bo'lib ketti Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/9/2526/