Mavzu: Uzbda kriptovalyutaning legallashtirilishi rad etild
1. РЕЗИДЕНТ(M) (1021) [off] | TXT | 30| 23 May 2018, 10:27
Taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalar bo‘yicha vakolatli markaz kriptovalyutalar bilan shug‘ullanmaydi. Bu haqda Mirzo Ulugbek Innovation Center (MUIC) bosh direktori Farhod Ibragimov ma’lum qildi, deb yozadi“Kommersant.uz”.
Shu yilning fevral oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev MUIC qoshida Taqsimlangan reyestr texnologiyalar bo‘yicha vakolatli markaz tashkil etilishini ma’qulladi. Ko‘plab ommaviy axborot vositalari buni blokcheyn texnologiyasi asosida ishlovchi kriptovalyutalarni legallashtirishga qaratilgan signal sifatida qabul qildi.
“Markazning asosiy vazifalari — blokcheyn texnologiyasini tarqatish uchun sharoitlarni yaratish va mahalliy ishlab chiquvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Biz kriptovalyutalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanmaymiz”, — deya ta’kidladi Ibragimov.
O‘zbekiston Markaziy banki kriptovalyutalar bo‘yicha bir necha marotaba izoh berib, ularni terrorizmni moliyalashtirish uchun vosita deb atagan. Kriptovalyutadan anonim foydalanish tufayli mablag‘larning noqonuniy aylanishi va firibgarlik holatlari ortadi, bu esa, o‘z navbatida, bir qator mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda kriptovalyuta maqomi aniqlanmagan (ularni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi, ammo bu taqiqlangan ham emas) bo‘lsa-da, Markaziy bank aholiga kriptovalyutalar bilan qandaydir operatsiyalar o‘tkazishni tavsiya qilmaydi
2. Ashurov(2641) [off] | TXT | 27| 5 Jun 2018, 15:17
Afsus. esiz bitcoin, dogecoinlarim...
3. РЕЗИДЕНТ(M) (1021) [off] | TXT | 21| 8 Jun 2018, 07:03
Ashurov (5 Jun 2018, 15:17):
Afsus. esiz bitcoin, dogecoinlarim...
OKO_CAyPOHA, hammasi siz va bizning himoyamiz va manfaatlarimiz uchun qilinayabdi
btc da pul o'tkazmalarini qabul qilgan odamni topish deyarli iloji yo'q
Ijobiy (1): Ashurov,
4. Wapmas (82) [off] | TXT | 20| 8 Jun 2018, 07:26
Tag tugu bilan yoqolib ketsaydi shu
5. Nuriy (4) [off] | TXT | 19| 8 Jun 2018, 08:14
Agar legallashsa bankdan pul tashlayveradigan bo'ladida a
6. Ashurov(2641) [off] | TXT | 17| 8 Jun 2018, 08:37
РЕЗИДЕНТ (8 Jun 2018, 07:03):
OKO_CAyPOHA, hammasi siz va bizning himoyamiz va manfaatlarimiz uchun qilinayabdi
btc da pul o'tkazmalarini qabul qilgan odamni topish deyarli• • •
ZOHIDBEKPRO, Bunday o'ylab qarasak.. to'g'ri qilishadi, yurtimizda ularni boshqarish, nazorat qilishga ham kuch yo'q...
Ijobiy (1): РЕЗИДЕНТ,
7. Linux (70) [off] | TXT | 17| 8 Jun 2018, 10:14
Undan ko'ra halol mexnat qilib pul topganga nima yetsin :)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2617
Mavzuga oid xabarlar soni: 7 ta
So'ngi faollik vaqti: 8 Jun 2018, 10:14
Mavzuni ko'rishgan: 30 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish