Mavzu: UzMessenger oz ish faoliyatini boshladi
1. Ashurov (M) (2636) [off] | TXT | 62| 24 Jul 2018, 11:33
Bugun tongda facebook kirdim, har doimgidek, 3ta shaxsiy xabar kelgan ekan, xabarlarni birtasida yangi mesenjer o'z faoliyatini boshlangani yozilgan, yaqin do'stim Shoxjahon tamonidan yaratildi...

UzMessenger o‘z ish faoliyatini boshladi!

Bizda quyidagilar xizmatlar mavjud.

- Ommaviy chat xonalari.

- Ayollar jurnali.

- Erkaklar jurnali.

- Qaynoq yangiliklar.

- Sport taqvimlari.

- Guruh ochib suhbat qurish.

- Matnli va ovozli habarlar yuborish.

- Rasm, gif va videolar yuborish.

- Ovozli qo‘ng‘iroq va video qo‘ng‘iroq. (Xozrcha uzib qo‘yilgan. Kuchli serverga o‘tamiz va qayta ulab qo‘yamiz)

Kelajakda kutilayotgan yangiliklar:

- Elonlar bo‘limi (torg.uz kabi)

- Viktarina savollar (aniq fanlardan, mantiqiy)
Dastur Javada tuzilgan va PHP , json, sql baza bilan nativniy tarzda ishlaydi.

Uchinchi tomon server xizmatlari Google Firebase Messages (bildirgi yani uvedomleniyalaruchun qo‘llanildi) va Facebook Developer Kit (tasdiqlovchi sms habarlar uchun).

Audio va Video qo‘ng‘iroqlar serverni o‘zidan Webrtc scripti orqali amalga oshiriladi.
Havfsizlik jixati oddiy barcha messenger va social tarmoqlar kabi.

Dasturni tuzishda moddiy ko'mak bergan adashim ShohJahon ga va Chat uchun ajoyib g'oya bergan Manuchehr ukamga, katta raxmat aytaman.

Yuklash uchun shuni bosing:

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dexqon.ohir


Yaxshi kunlarda faqat yaxshi habarlar keltirsin.

Hurmat bilan Shoxjaxon Dexqonov Dilmurod o'g'li.

forumga bu yangilikni o'zim olib kiray dedim!. takliflar va tanqidlar, xatolar bo'lsa bemalol... yozinglar, albatda ular ko'rib chiqilib to'g'irlanadi...
Oxirgi o'zgarish: Ashurov (24 Jul 2018, 14:58)
Ijobiy (1): Arey,
2. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 62| 24 Jul 2018, 11:41
Ochig'i buning asosini telegram api deb bilayabman!
Agar haqiqatdan o'zi yaratgan bo'lsa, xabarlarim havfsizligiga, 3-odam ko'rmasligiga qanday ishonsam bo'ladi?!
3. MR_BaxtiyoR (93) [off] | TXT | 61| 24 Jul 2018, 11:43
Adashmasam pager messenjerini ham uzbeklar chiqarishgan edi test rejimida
1.6833333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Url hatomi?
4. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 59| 24 Jul 2018, 11:44
MR_BaxtiyoR, Url balkim to'g'ridur ammo bizda decode orqali linkka yo'naltiriladi!
5. MR_BaxtiyoR (93) [off] | TXT | 59| 24 Jul 2018, 11:46
Mana
1.5166666666667 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Yangi davrga xush kelibsiz!
Bizning milliy Messengerimiz sizni kutmoqda, do‘stlar orttiring va yaqinlaringiz bilan maroqli suhbat quring.

Dasturda quyidagi qulayliklar mavjud:

- Ovozli va matnli xabarlar yuborish.
- Rasm va videolar yuborish.
- Ovozli va Video qo‘ng‘iroqlar.
- Jahonda va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan yangiliklar.
- Kuchli futbol ligalari xabarlari (turnir jadvallari, o'yinlar taqvimi va natijalar).
- Ayollar bo‘limida esa yuzdan ortiq taomlar ritseptlari, modalar, pardozga oid maslahatlar, soch turmaklari va kiyinish uslublari. Oila qurish va oilaga oid saboqlar. Ginekolog va Psixolog maslaxatlari.
-Erkaklar bo‘limida esa biznes g‘oyalar, muomala madaniyati, boy bo‘lish sirlari, kasb sirlari, jinsiy hayot, oilada yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklarning oldini olish usullari mavjud.

- Chat bo‘limimizda esa ko‘plab do‘stlar orttirish,
Jonli muloqot qilish imkoniyati bor. Chat bo‘limimiz hamma uchun ochiq bo‘lib istalgan odam xonalardan birini tanlab, suhbatga qo‘shilishi mumkin.

- Yaqinlaringiz bilan guruhlar tuzib, maroqli suhbat qilishingiz va o‘z kayfiyatingizni namoyon etadigan statuslar qo‘yishingiz mumkin.

Dastur juda past internet tezlikda ham bexato ishlay oladi.
Hammasi juda qulay, o‘zbekcha yagona Messenger!
Talab va takliflarni kutib qolamiz.
Screenshot_2018-07-24-11-43-11.png

Yuklangan: 464 marta (41.54KB)
6. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 59| 24 Jul 2018, 11:48
Mana play marketdagi holati
Screenshot_2018-07-24-09-47-24.png

Yuklangan: 459 marta (195.44KB)
7. MR_BaxtiyoR (93) [off] | TXT | 59| 24 Jul 2018, 11:52
40 mb ekan

Mana screen
3.6666666666667 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Mana
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2721
Mavzuga oid xabarlar soni: 14 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 Aug 2018, 13:58
Mavzuni ko'rishgan: 62 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 199 (0/199)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru