1. Nodirali (M) (1720) [off]
|
TXT |
45| 6 Sep 2018, 09:44
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 5 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida paxta terim kampaniyasida 1 kg “oq oltin” uchun toʻlanadigan haq miqdorini maʼlum qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, paxta xom ashyosi mashinada terilganda, bir tonna uchun 400 ming soʻm, qoʻlda terilgan bir kilogramm paxta uchun 650 soʻmdan 1000 soʻmgacha haq toʻlanishi belgilandi.
Bunda, terimchilar birinchi bosqichda kontraktatsiya shartnomasi 60 foizgacha bajarilgunga qadar 1 kg paxta xom ashyosini terganida 650 soʻm, ikkinchi bosqichda – 60 foizdan 80 foizgacha 850 soʻm, uchinchi bosqichda – 80 foizdan ortganda 1000 soʻmdan ish haqi toʻlash belgilandi.
Shuningdek, , aholi kam boʻlgan hududlar uchun alohida tartib belgilanib, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon va Kasbi, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida qoʻlda terilgan bir kilogramm paxta uchun qoʻshimcha 150 soʻm, oziq-ovqat xarajatlariga 150 soʻm, jami 300 soʻm ustama haqi toʻlanishi aytildi. Masalan, paxta terim mavsumining birinchi bosqichidanoq terimchilar yuqorida qayd etilgan hududlarda 1 kg paxta uchun 950 soʻmdan haq olishi nazarda tutilgan.
Ushbu mablagʻlar Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan taʼminlanadi. Shu maqsadda jamgʻarmadan 246 mlrd. 404 mln. soʻm ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Manba: zamin.uz