Mavzu: Bu yilgi paxta terimi uchun qancha haq toʻlanadi?
1. Nodirali (M) (1720) [off] | TXT | 45| 6 Sep 2018, 09:44
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 5 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida paxta terim kampaniyasida 1 kg “oq oltin” uchun toʻlanadigan haq miqdorini maʼlum qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, paxta xom ashyosi mashinada terilganda, bir tonna uchun 400 ming soʻm, qoʻlda terilgan bir kilogramm paxta uchun 650 soʻmdan 1000 soʻmgacha haq toʻlanishi belgilandi.
Bunda, terimchilar birinchi bosqichda kontraktatsiya shartnomasi 60 foizgacha bajarilgunga qadar 1 kg paxta xom ashyosini terganida 650 soʻm, ikkinchi bosqichda – 60 foizdan 80 foizgacha 850 soʻm, uchinchi bosqichda – 80 foizdan ortganda 1000 soʻmdan ish haqi toʻlash belgilandi.
Shuningdek, , aholi kam boʻlgan hududlar uchun alohida tartib belgilanib, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon va Kasbi, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida qoʻlda terilgan bir kilogramm paxta uchun qoʻshimcha 150 soʻm, oziq-ovqat xarajatlariga 150 soʻm, jami 300 soʻm ustama haqi toʻlanishi aytildi. Masalan, paxta terim mavsumining birinchi bosqichidanoq terimchilar yuqorida qayd etilgan hududlarda 1 kg paxta uchun 950 soʻmdan haq olishi nazarda tutilgan.
Ushbu mablagʻlar Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan taʼminlanadi. Shu maqsadda jamgʻarmadan 246 mlrd. 404 mln. soʻm ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: zamin.uz
2. Besthakker (1772) [off] | TXT | 45| 6 Sep 2018, 10:09
Bizda 25 sentyabrda paxta teriladi va 1000 sumdan teriladi db elon chiqdi
3. MasterOS (1420) [off] | TXT | 44| 6 Sep 2018, 10:36
Xorazmda bu yili 1500 somdan tolanadi diyaishyapti.
4. Kungaboqar (836) [off] | TXT | 42| 6 Sep 2018, 11:21
Oqtivchi va tibiyod hodimlar pahtada qatnashmas ekan
5. UzB__MaSTeR (1334) [off] | TXT | 41| 6 Sep 2018, 11:24
Paxta bizda 5- sentyabrdan boshlandi uje
6. Nodirali (M) (1720) [off] | TXT | 38| 6 Sep 2018, 12:58
Agar rostan 1000 sömdan bersa man boraman. Menga hechkim taqiqlamaydi negaki man öquvchi ham ishchi ham emasman. Oddiy kolxozchiman. Kuniga 50kilo tersam oyiga 1 500 000 söm ishlarkanman. Shu menga yetadi. Agar rusdan chaqirishsa ilojsiz armon böladi pahta :D
Ijobiy (1): CTC-Moskva,
7. Asadbek24 (368) [off] | TXT | 38| 6 Sep 2018, 13:04
Bu yil payta hosili kam bo'ldida shu sababdan ham narxi oshgan
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2849
Mavzuga oid xabarlar soni: 29 ta
So'ngi faollik vaqti: 12 Sep 2019, 10:31
Mavzuni ko'rishgan: 57 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 217 (0/217)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru