Mavzu: O'zbekkonsert rep aytuvchilar bilan...
1. dimauz (M) (475) [off] | TXT | 25| 14 May 2019, 21:23
Joriy yilning 14-may kuni soat 15:00 da “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida rep va shu kabi yo‘nalishlarda ijod qiluvchi yoshlar bilan “Rep va shu kabi yo‘nalishlarda milliy qadriyatlar uyg‘unligi” mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Manbalarga qaraganda RAP – bu “Rhythmical African poetry”, ya’ni “Ritmli Afrika poeziyasi (she’riyati)” so‘zlarining qisqartma shakli hisoblanadi, deya yozadi “O‘zbekkonsert”.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda rep va shu kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish, bu yo‘nalishlarda ijod qilayotgan ijodkorlar bilan samarali hamkorlik qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Chunki rep yo‘nalishida ijod qilayotgan ko‘pchilik yoshlarga nisbatan salbiy qarashlar mavjudligi, shu bois bu yo‘nalishda ijod qilayotganlar borasida turli fikrlar yuzaga kelgani ham sir emas.

Mana shu sabablarni bartaraf etish, bu yo‘nalishda tarbiyaviy ahamiyatga ega ijod namunalarini ko‘paytirish orqali, uning foydali tomonlarini ko‘rsatib berish, shuningdek, bu sohada ijod qilayotgan aksariyat yoshlar faoliyatida talabchanlik va mas’uliyat, ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik tuyg‘usini oshirishga ham uchrashuvda ahamiyat qaratildi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, joriy yilning 16—18-avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini o‘tkazish belgilangan. Shu bois ushbu uchrashuv orqali “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi kelgusida rep ijrochilarini saralash, ularning ijodini baholash, master-klasslar o‘tkazish, original qo‘shiqlar yaratishlariga ko‘maklashish kabi tizimli ishlarni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Rep yo‘nalishi” bo‘yicha lebel, Telegramm bot, Instagram tarmoqlarida yangi rukn ochish va ularni yangiliklar bilan to‘ldirib borish, yaxshi ijro mahoratiga ega rep ijodkorlarini saralash hamda ular orqali Vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar tayyorlash va ularga klip suratga olish, telekanallarda namoyish etish, konsert dasturlariga tavsiya etish kabi ko‘plab imkoniyatlar ham yaratiladi. Mazkur davra suhbatida ishtirokchi ijodkorlar bilan fikr almashilib, rep yo‘nalishining istiqboldagi rejalari belgilab olindi.
Manba:

“O‘zbekkonsert” rep yo‘nalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

16—18-avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini o‘tkazish belgilangan

https://daryo.uz/2019/05/14/ozbekkonsert-rep-yonalishida-ijod-qiluvchi-yoshlar-bilan-uchrashuv-otkazdi

Oxirgi o'zgarish: dimauz (14 May 2019, 21:24)
2. Boss (478) [off] | TXT | 25| 14 May 2019, 21:28
rep aytib djlik qilsam mani ham festivalga qo'sharmikan. qanday qo'shilish mumkin kim biladi?
3. Gallaktika (83) [off] | TXT | 25| 14 May 2019, 21:59
Литсензия керак хар к,андай сан'ат тури билан шугилланиш учун,литсензия учун пул керак-йилига туланади.Манимча 10 млн сумдан кам турмаса керак.Танловда к,атнаштириши мумкин хаваскор сифатида,уйогига пулни таййор к,илиб к,уйиш керак барибир.
4. Php (22) [off] | TXT | 3| 17 May 2019, 06:20
Xabar Erkatoy tomonidan o'chirilgan.
5. UzNetStar (44) [off] | TXT | 2| 22 May 2019, 18:45
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3154
Mavzuga oid xabarlar soni: 5 ta
So'ngi faollik vaqti: 22 May 2019, 18:45
Mavzuni ko'rishgan: 25 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 184 (0/184)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru