Mavzu: To‘y-hashamlarni tartibga ...
1. As_Master (M) (298) [off] | TXT | 18| 14 Sep 2019, 16:22
O‘zbekistonda to‘y-hashamlarni tartibga solish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilindi
Joriy yilning 14-sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Jonibek Ma’rupovning “Daryo”ga xabar berishicha, unda O‘zbekistonda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar borasida so‘z yuritildi.
Majlisda oilaviy tadbirlarni o‘tkazishni tartibga solish bo‘yicha keng jamoatchilik, Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari komissiyalari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining“To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroritayyorlangani ma’lum qilindi.
160dan so'ng qo'shdi...
Ushbu qarorga ko‘ra, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi va 2020-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Nizomga ko‘ra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Dafn etish marosimi bundan mustasno.
Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanishi mumkin. Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.
To‘y-hashamlarni o‘tkazuvchi shaxslar tadbirlarni o‘tkazishdan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qilishi shart.
Shuningdek, nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Oilaviy tadbirlarda (dafn etish marosimidan tashqari) pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, to‘y egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno.
32 sekunddan so'ng qo'shdi...
Oilaviy tadbirlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan o‘qiladi.
Milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan oilaviy tadbirlardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo‘shimcha rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “tog‘ora yuborish” va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni (“yetti”, “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “hayit”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va hokazolarni) o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
43 sekunddan so'ng qo'shdi...
“To‘yxona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq shaxslar ishtirokida oilaviy tadbirlar o‘tkazish uchun tadbir o‘tkazuvchi shaxs hamda to‘yxona, kafe va restoran rahbari o‘rtasida shartnoma tuziladi”, — deydi Senat a’zosi Iqbol Mirzo.
Mazkur Nizom talablariga rioya qilish yuzasidan nazorat olib borish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, Ichki ishlar profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklanishi belgilanmoqda.
Oxirgi o'zgarish: As_Master (14 Sep 2019, 16:23)
2. wapmasteruzb (172) [off] | TXT | 16| 20 Sep 2019, 08:02
Shu narsalarni bekor qilishyapti deb o'ylimande :( yana bilmadim. Chunki hamma yaqinlarni va do'st birodarlarni ham hisoblasak undan ham oshadide. Kimnidir aytib kimnidir aytmaslik ajratishga kiradi manimcha. Lekin bizlarga bu hos emas. Bu qarorni ortga qaytarishsin. Agar mayli faqat odam sonini cheklashmasin vaqtni cheklashsa ham. Chunki vaqti haqiqatdan to'g'ri aytilgan. Odam soni esa ...



Hullas bu shaxsiy fikrim. Har kim har xil fikrda. Gapimga qo'shilmaganlar - bosib salbiy bosmanglar. Shunchaki javob bermang holos. Qo'shilganlar + ni bossa yetarli. Rahmat
Ijobiy (1): fokuschi,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3460
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 20 Sep 2019, 08:02
Mavzuni ko'rishgan: 18 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 186 (0/186)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru