Mavzu: O'zLiDep dan Shavkat Mirziyoyev saylovda g'olib bo'ldi!
1. HASANCHIK (M) (14) [off] | TXT | 0| 5 Dec 2016, 18:47
Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning ma’lum qilishicha, 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ovoz berishda ishtirok etdi.
Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil etadi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, ro‘yxatga olingan saylovchilarning kamida 33 foizi saylovda qatnashsa, Prezident saylovi o‘tgan, deb hisoblanadi.
Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra,
*.Sarvar Otamuratov 421 ming 55 nafar yoki 2,35 foiz,
*.Shavkat Mirziyoyev 15 million 906 ming 724 nafar yoki 88,61 foiz,
*.Hotamjon Ketmonov 669 ming 187 nafar yoki 3,73 foiz,
*.Narimon Umarov 619 ming 972 nafar yoki 3,46 foiz
ovoz to‘plagan.
MSK raisining alohida qayd etishicha, saylov jarayoni davomida qonunchilik talablari va normalarining buzilganligi haqida axborotlar kelib tushmagan.
2. HASANCHIK (M) (14) [off] | TXT | 0| 5 Dec 2016, 18:50
Shavkat Mirziyoyev prizident bo'lgani sizlarga manzurmi?
Kim qanday fikrda?
3. AsIaRaP (31) [off] | TXT | 0| 5 Dec 2016, 21:14
Man roziman. Munosib inson.
4. Kosmos (235) [off] | TXT | 0| 5 Dec 2016, 22:17
Yurtimiz tinch bo'lsa bo'lgani
5. BAXABEK (1161) [off] | TXT | 0| 5 Dec 2016, 22:19
Bu aniq edi.
6. KrBoy (104) [off] | TXT | 0| 5 Dec 2016, 23:04
Bizda saylov har doim shunaqa! Bir-biri bilan raqobatlasha olmaydi! Kim prezident bo'lishi oldindan ma'lum! :gy:
Ijobiy (1): BAXABEK,
7. HASANCHIK (M) (14) [off] | TXT | 0| 5 Dec 2016, 23:13
Xa
Salbiy (1): olimp,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 484
Mavzuga oid xabarlar soni: 21 ta
So'ngi faollik vaqti: 5 Sep 2017, 23:00
Mavzuni ko'rishgan: 0 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 129 (0/129)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru