Kirish
Forumga a'zo bo'lish
JAMIYAT VA INSON | Ayollar bo'limi |
Mavzu: (Mavzudan tashqari) Ertak (erinmasangiz o'qing)
Mavzu fayllari (0)
1. Erkatoy (M) (231) [off] |TXT| 47|19 Jun 2018, 13:20
Bir bor ekan bir yo'q ekan. Qadim o'tgan zamonda, qaysidir guzal bir o'lkada guzallikda tengsiz Pari qiz yashagan ekan. Pari qiz tashqi guzallikka hamohang ichki do'nyosi ham guzal ekan. U bilan bir so'zlashsangiz yana qayta so'zlashsam der ekansiz. Uni Xudo shunday aqlli, guzal, maftunkor qilib yaratgan ekanki uni na shoirlar, na rassomlar va na men ertakchi yetarlicha ta'rif berolmas ekan. Bu guzal Pari qizni oshiqlari ko'p bisyor ekan albatta, ammo uni uzini tanlagan aql zakovatda tengsiz suyukli shahzodasi bor ekan shu sabab boshqa biror shahzodaga qiyo ham boqmas ekan. Shahzoda va Pari qiz bir birlariga kabutarlarda xabar yuborisharyo bo'lmasa Shahzoda Pari qiz yurtiga kelib undan xabar olib turar ekan. Ular shu qadar baxtli ekdiki ko'kdagi oy havas qilardi ularga. Shunday baxtli kunlarning birida Pari qizni otasi majburlab erga bermoqchi bo'lipti, kuyovlikka nomzod esa uzing eng yaqin do'stining o'g'li bolib afsuski u yovuz qaroqchi ekan. Qaroqchini mashuqalari shu qadar ko'p ekanki Pari qiz buni bilar ekan. Otasiga yolvoripti
-otajon meni unga uzatmang gul umrimni hazon qilmang, deya faryod etipti. Afsuski jahil ota bunga parvo qilmabdi. Pari qizni dovyurak akasi bor ekan u bu gaplarni eshitib qolipti, bu gapga aniqlik kiritish uchun usha qaroqchi yigitning qarorgohiga yo'l olipti. Yo'l yurib yo'l yursa ham mo'l yurib uni qarorgohiga yetipti. Borib Qaroqchi yigitni kuzata boshlapti. Qaroqchi yigit ishratxonayu mayxonalardan chiqmaydiganbutun kunini ko'ngilxushlik bilan o'tkazadigan Qaroqchi ekan. Buni ko'rgan Pari qizning akasi Qaroqchini janga chorlapti, ular ikkisi uzoq jang qilipti. Jangda dovyurak shahzoda Qaroqchi yigit ustidan galaba qilipti va singlisini muqarrar baxtiqarolikdan asrab qolipti.

27 sekund dan so'ng qo'shdi...
Pari qizni sevgan yigit nega chetda qolip ketdi deyapsizmi? Shahzoda uni bu ahvolga tushganidan bexabar edida. Pari qiz va Shahzoda munosabatlarini bilib qolgan Pari qizning otasi Pari qizni qamab Shaxzoda bilan butkul aloqani uzishini talab qilgan edi. Shahzodani xabarlarini Pari qizga hech ham kursatmas ekan. Pari qizni akasi qaroqchi qalliqni mag'lub qilgani haqda xabar bilan qaytgach Ota uz ahdidan qaytib yana qizini ozod etipti. Pari qizning birinchi qilgan ishi o'z shahzodagiga noma yo'llash bo'lipti. Shu tariqa hayot yana sokinlikda o'ta boshlabdi.
Endi gapni ertagimiz bosh qahramonidan eshiting.
Olis qishloqlarning birida bir qiz bor ekan, u qizni Erkatoy deb atasharkan. Erkatoy nomiga monand unchaligam erkatoy emas ekan. Oilasida ugay aka opalardan keyingi onasini katta qizi ekan. Bu oilada otasi va onasidan boshqa birorkim uni yaxshi ko'rishiga ishonmaydigan qiz bo"lib ulg'aygandi u. Akalari ugaysan deb sig'ishtirmas bolaligidan ugay degan so'zga nafrat bilan qarardi. Erkatoy buni hechkimga bildirgisi kelmas har doim aka opalaridan mamnun erkatoy singil ukalariga mehribon opadek tutardi uzini. U dardini hech ham birovga yorilib aytmas ichida saqlab gina qilib yuradigan bir hudbin qizga aylangandi. U kulganda shunaqa sharaqlab kulardiki
Ijobiy (2): Kinguzz, Prince_Abdul,
2. Bahh Tee (3742) [off] |TXT| 46|19 Jun 2018, 13:40
davomi qani?
Ijobiy (1): Kinguzz,
3. Erkatoy (M) (231) [off] |TXT| 46|19 Jun 2018, 13:53
Davomi ketmayapti
23 sekund dan so'ng qo'shdi...
Kulganda olam larzaga kelardi. Erkatoy bolalikdan jimittakkina ojiza bir qiz edi tengqur bolalar uni qancha xurlasa taxqirlasa u shuncha ularga yaqin bo'lib shu malomatlarga chidar edi. Uz oilasini a'zolari uni ugay qizligini tana qilishardi. Hechkimga ojizligini qurquvini sezdirmaslikka urinib doimo ulardan ajralmay yurar ularni gaplari yuragiga botganini sezdirmasdi. Oiladan butkul sovub atta bo'lgan qiz kelajakda atrofdan mehr izlay boshladi akalarini sog'inib begona bolalarni aka tutindi bunga uyidagilar qarshi bo'lsada o'g'il bolalar bilan sayohatu ovlarda bezoriliklarda faol bo'ldi. Uni yaqin bir do'sti bor edi uni uz og'asidek ko'rgan hamdard suyanch bilgan Erkatoy unga ishondi uni kungliga qaradi uni ozgina suyganni joni qadar sevishi mumkin bo'lgan Erkatoyga bu ulkan baxt edida. Ikkisi axdlashdi. Yigit tezda uzoq safarga ketishi kerakligini aytdi Erkatoy ko'zyoshlar ila u bilan xayrlashdi. Oradan yillar utdi Erkatoyni bezori sevgilisidan umuman xabar yo'q edi uni toqat bilan kutaberdi. Nihoyat yigit keldi ammo u uzining birinchi muhabbati bilan yarashganini yaqinda tuyi bo'lishi haqdagi xabarni ham olib keldi uzi bilan. Erkatoy uchun bu nihoyat og'ir zarb bo'ldi faqat surati qolgandi qizni. yana eski holiga qaytdi alamini kungil hushlikdan kulgu va hazllardan oldi. Yoshboladek uyinqaroqliklar qildi. Hechkimni sevmadi va hatto usha bezori sevgilisini eslamadi ham. Uyg'onib uxlguncha tinmay gapirib kulardi holos.
Ijobiy (2): Kinguzz, Prince_Abdul,
4. Erkatoy (M) (231) [off] |TXT| 44|19 Jun 2018, 14:06
U shunday beg'am va be o'y qiz edida. Bitta muammo u ertalab uyg'onganda yostig'i nam bo'lib qolardi. Erkatoy bunga hayron bo'lsada parvo qilmas hayotini davom ettiraverardi. Vaqt hukmi ila oylar, oylar ketidan yillar o'taverdi. Erkatoyni uzatamiz deyishsa unamas tekkisi kelsa singlim erga tegaversin derdi. Onaizor ilojsiz sinilni turmushga berdi. Erkatoy esa men ham pul topaman deb shaharga ketib qoldi. Ishlab ish bilan ovunib yurdi. Bir kun u yulda keta turib jaroxatlangan qushga ko'zi to'shdi. Qushni olib qarasa Shahzodaning Pari qizga yo'llagan
31 sekund dan so'ng qo'shdi...
Nomasini olib ketayotgan qush ekan. U qushni davolab nomani va uzi ham qushga noma yozib qushni Shahzodaga qaytarib yuborobdi. Shu tariqa Shahzoda va Erkatoy tanishib do'st bo'lib qolishipti. Endi Shahzoda sevgilisiga maktub bitsa albatta g'oyibona do'stiga ham nomalar bitar ekan. Erkatoyga Shahzoda juda ham yoqib qolipti aqlli es hushli bu Shahzodani kim ham yoqtirmasdi. Erkatoy yana do'st topganidan xursand edi. Shahzoda olisda bo'lsa ham doimo Erkatoyga yordam berar mushkullarini oson qilar hech bo'lmaganda shirin so'z mehr ila unga dalda bo'lardi. Erkatoy unga bir yil ichida shu qadar bog'landiki guyo jon qadar yaqin. Do'stlik rishtasi abadiy bo'lsin...
Ammo shu paytga kelib Shahzoda boshiga qora bulutlar yog'ila boshlagandi. Pari qiz vaslin istab uning otasiga yuborilgan elchilar noumid qayttilar. Ota Pariimni Usha Shahzodaga bermayman dedi. Bu gapni kutarolmagan Pari qiz Shahzodani yoniga chorladi. Va Shahzodaga dedi sizsiz menga hayot tatirmidi Alloh meni Parilardek nurlardan olib yaratdi va endi meni shun nurlarga singdirsin deb Allohga iltijo qilganini bayon etdi. Shahzoda mayli meniki bo'lmasang ham shu hayoda qolishingni istayman deb yolborsada, Alloh Pari qizni nurga aylantirdi va Shahzoda undan butkul ayrildi. Bu shunchalik g'amgin va shu bilan birga shu qadar guzal manzara ediki Shahzoda hayon qoldi. Bir umr yuragiga muxirlandi bu
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
5. OKO_CAyPOHA (2360) [off] |TXT| 44|19 Jun 2018, 14:06
Ishonishga loyiq bo'lgan insonga ishonish kerak, tark etganlarga emas!.!
6. Erkatoy (M) (231) [off] |TXT| 44|19 Jun 2018, 14:10
Voqea. Shahzoda bu haqda uzi uchun qadrli bo'lib qolgan bo'lsada erkatoyga aytmadi va shunchaki u endi yuq deyaoldi xolos. Endi Shahzoda Erkatoy bilan munosabatlarini qalinlashtirmoqchi bo'ldi. Va bunga erishdi ham Erkatoy uzi unga chin oshiq bo'lib qolgan uning suyukligi bor uchun buni oshkor qilmay yurardi. Endi Shahzoda va Erkatoy oshiq mashuq edilar. Erkatoyning uziga uxshagan bezori bir akasi bo'lib unga istagan kishisini ko'ra oladigan ko'zgu sovg'a qilgandi. Erkatoy sh ko'zgu bilan Shahzodani ko'rar gaplashar edi. Bu ajoyib tilsimot edi. Erkatoy ishlaydigan joyga ota onasidan xabar keldi, xabarda Erkatoy uyga tezda yetib borishi haqda aytilgandi. Erkatoyni Yovuz qiroliychaning ukasiga unashtirib quyishgani haqda aytishdi u kelgani hamon. Erkatoy buga qarshi bo'ldi ammo uni olib ketishdi qulidan hech ish kelmadi. Qiroliychani ukasi ham Shahzoda ammo unda Shahzodaga hos hech bir siyoh yo'q edi. Opasini yurgan yulidan yurar bunga hecham isyon ham qilmasdi. Erkatoy doim Choliqushidek yurmaganmi Shahzodaga buyin egamadi aslida Shahzoda ham unga beparvo edi. Yovuz opa buni ko'rgach Erkatoyni asira qilib quydi qochib ketolmasligi uchun otasi va akalarini boshqa bir xonada asirlikda ushlab qoldi. Shahzoda bu gaplardan habar topgach Erkatoyni qutqargani keldi. Qiyinchiliklar bilan Erkatoyni uziniki qildi, buni ko'rgan yovuz opa Erkatoyni bitta akasini uldirdi. Buni eshitib Erkatoy darhol uz inon ixtiyiri bilan shu bandixonaga qayta topshirdi. Bundan Shahzodani juda jahli chiqsdi. ERKATOYga yur ketaylik desa ham otamni akalarimni tashlab ketmayman deb turib olgandi. Uzi ketishni istasada Shahzodani hafa qiladi. Shunda Shahzoda Erkatoyga qarab turib sen hech qachon Pari bo'lolmas ekansan. U hatto ketishida ham meni hayron qoldirolgandi. U eng yaxshi deb aytadi alam bilan. Bu gaplar Erkatoy qalbiga xanjar bo'lib sanchildi. U bir umr ikkinchi bo'lib yashadi o'z shahzodasidan boshqaga qalbini ochmay faqat o'zimniki men ham faqat unikiman derdi. Afsuski uni qalbida avvalo

1.7666666666667 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Pari sungra unga ekan joy. Bu erkatoyga qattiq tasir qilgandi. Yovuz qiroliycha ota va akalar asirda bo'lgani uchun eshiklarni ochib quyardi. Erkatoy barcha eshiklarni yopib oldi. Ikkinchi bo'lgandan ko'ra hechkim bulmoqni istadi. Shahzoda ketti Erkatoy esa yana doimgidek yolg'iz. Shu kunlar davomida Erkatoyga uylash imkoni juda kop bo'ldiU butun bir umri davomida faqat balchiqda umr kechirgani hozir ham shu balchiqda yuvunyotganini anglabdi. O'zidan ijirg'anib ketipti. Shunchalar razil hayot kechirganidan kop yomon ishlar qilganidan endiyam shuni davom qilyotganidan ukinipti. Ojiz inson ojizligicha qolaverarkan o'zgarishni istaydi o'zgarolmaydi. Endi na dardkashi na suyanchi bor edi. Shahzoda eshiklar berkilar chog'ida unga "senga yaqin bo'lganimdan afsusdaman" deb aytarkan Erkatoy hattoki uzi eng yaqin deb bilgan Shahzodasi ham senga bergan mehrimga javobing shumidi sen mendan qarzdor eding aytganimni qilmading qarzingni qutilmading deya qilgan tanasi deb tushunib qattiq qayg'uga botdi. (Davomi bor)
Oxirgi o'zgarish: Erkatoy (19 Jun 2018, 14:11)
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
7. wm Narzullo (525) [off] |TXT| 41|19 Jun 2018, 15:18
Xikoya ajoyib lekin ortiqcha postlari kopayib ketibti
Ijobiy (1): Azartnik,
8. OKO_CAyPOHA (2360) [off] |TXT| 26|23 Jun 2018, 08:56
Davomini kutamiz :)
9. Nraves (10) [off] |TXT| 25|23 Jun 2018, 11:40
Davomi qani zor xikoya
10. Erkatoy (M) (231) [off] |TXT| 20|24 Jun 2018, 15:35
OKO_CAyPOHA (23 Jun 2018, 08:56):
Davomini kutamiz :)
OKO_CAyPOHA, bu ertak qahramonlarining hayotida menga ma'lum biror arzirlik burilish bo'lganida yoziladi davomi
Ijobiy (1): OKO_CAyPOHA,
11. DarkShade (290) [off] |TXT| 14|9 Jul 2018, 08:37
Erkatoy (24 Jun 2018, 15:35):
OKO_CAyPOHA, bu ertak qahramonlarining hayotida menga ma'lum biror arzirlik burilish bo'lganida yoziladi davomi
Erkatoy, :zorr: davimi boooooooooormi......................?
12. Erkatoy (M) (231) [off] |TXT| 14|9 Jul 2018, 08:48
DarkShade (9 Jul 2018, 08:37):
Erkatoy, :zorr: davimi boooooooooormi......................?
DarkShade, hali yo'q. Bu asli real voqea. Hozircha yozadigan qiziqroq narsa yo'qda.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2662
Mavzuga oid xabarlar soni: 12 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jul 2018, 08:48
Onlayn 99 (5/94)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa