JAMIYAT VA INSON
|
Salomatlik
|
Mavzu:
Foydali Maslahatlar
Mavzu fayllari
(0)
SABABSIZ ASABIYLIK, BEZOVTALIK VA DEPRESSIYA: Yechimlar . . Yuqorida ichaklar faoliyati va miya faoliyatining uzviy bog’liqligi ko’rib chiqildi. Ichaklar salomatligi ruhiy salomatlik uchun juda muhim ekanini ham bilib oldik. Xayriyat, ichaklar salomatligini tiklash juda qiyin emas. [b]Oksford universiteti neyrobiologlarining 2014 yildagi tadqiqotlariga ko’ra ichaklardagi mikrofloraning ruhiy salomatlikka ta’siri juda kattadir. Ichaklar miyaga yuboruvchi ma’lumotlar hajmi miya ichakka yuboradigan ma’lumotlar hajmidan ancha kattaligi aniqlandi. Ichaklar salomatligining ta’minlanishi va ichaklarda foydali bakteriyalar yetarli bo’lishi inson kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilishi kuzatildi.[/b] Quyida miya faoliyatini yaxshilash uchun qanday yo’l tutish kerakligi haqida doktor Merkola, doktor Natasha Kempbell va doktor Aksning maslahatlari sanab o’tiladi. Ichaklarda foydali bakteriyalarni ko’paytirish va asabiylikni yo’q qilish usullari: *.[b]Fermentlangan mahsulotlar[/b]ni doim iste’mol qilish: pasterizatsiya qilinmagan fermentlangan sabzavotlar (kimchi, va b.) va fermentlangan sut mashulotlari (uy kefiri, qatiq va b.). *.[b]Probiotik[/b] iste’mol qilish. Fermentlangan mahsulotlar doim iste’mol qilsangiz, probiotik preparatlarini iste’mol qilish shart emas. *.Yangi ona bo’lsangiz, [b]farzandingizni ona suti bilan emizing.[/b] Ona suti miya va ichaklarning sog’lom bo’lishida katta yordam beradi va kuchli fundament yaratadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bolani kamida 2 yil emizishni maslahat beradi. *.[b]B vitaminiga boy mahsulotlari[/b]ni iste’mol qiling: yaylovda boqilgan mol go’shti, uyda boqilgan parranda go’shti, to’q yashil sabzavotlar (pishgan yoki xom). *.[b]Kaltsiyga boy ozuqalar[/b] iste’mol qiling: qatiq, quritilgan rayhon, brokolli, kunjut, yovvoyi baliq, va boshqalar. *.[b]Magniyga boy ozuqalar[/b] iste’mol qiling: qovoq urug’i, avokado, dengiz mahsulotlari (dengiz o’ti). *.[b]Omega-3 ga boy ozuqalar[/b]ni iste’mol qiling: yovvoyi baliq, sifatli baliq jigari yog’i. *.[b]Asabiylikni keltirib chiqaruvchi ozuqalar[/b]dan voz keching: shakar, shakarli mahsulotlar, kafein, spirtli ichimliklar, qayta ishlangan va oqartirilgan un va boshqalar . Bolalikdan sog’lom mikrofloraga ega bo’lish uchun doktor va pediatr K. Elrich chaqaloqlarga quyidagi holatlarda probiotik (foydali bakteriyalar) berishni maslahat beradi: *.Bola tsezar amaliyoti yordamida tug’ilgan bo’lsa; *.Tug’ruq paytida antibiotik olingan bo’lsa; *.Homiladorlik davrida antibiotik olingan bo’lsa; *.Emizish davrida antibiotik olingan bo’lsa; *.Ona mikroflorasi zaif bo’lsa. Probiotik tanlashdan oldin albatta pediatr bilan maslahatlashing. Bolalarda ichak mikroflorasi yaxshilansa injiqliklar va boshqa asab-miya faoliyati muammolari ham ancha kamayadi.
Yuklab olish
Onlayn 213 (0/213)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa