Mavzu: Tanada tuz miqdori haddan ziyod oshib ketsa nima bo‘ladi?
1. XaCkEr JoN (M) (317) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 10:01
Umuman olganda tuz bizning tanamiz uchun juda zarur. Mahsulotning zarari to‘g‘risidagi maqolani uni maqtashdan boshlash g‘alati bo‘lsa ham — lekin bu haqiqatan ham shunday. Osh tuzining asosiy tarkibiy qismi natriy bo‘lib, u qon aylanishi va bosimini boshqarish, asablar va mushaklar orasidagi uzviy aloqani ta’minlash vazifasini bajaradi. Osh tuzining ikkinchi elementi bo‘lgan xlor esa ovqat hazm qilishga yordam beradi.
Nima uchun zararli?
Kamdan-kam odamlargina organizmdagi tuz balansini maxsus choralar qo‘llamasdan turib to‘g‘ri ushlab tura oladi.
Ko‘pchilik kishilar parhezga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lganlari uchun kundalik me’yorni oshirib yuboradilar.
Tuz va qon bosimi
Natriy xlorid qon bosimining oshib ketish xavfi bilan bevosita bog‘langan. U shunday ham organizmda suyuqlik va qon oqimlarini boshqaruvchi rolini bajaradi.
Qon tarkibidagi natriy xlorid miqdorini oshirish bilan odam yurak, miya va tomirlarga bo‘lgan og‘irlikni oshiradi, bu esa qon bosimining oshib ketishiga sabab bo‘ladi.
Tuz va kalsiy
Sho‘r ovqatlarni ko‘p yeyish suyaklaringizni mo‘rt qilib qo‘yishi, tishlaringizning esa ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Gap shundaki, tuz organizmdan asab tizimi faoliyatini boshqarish va mushaklarning to‘g‘ri tiklanishini ta’minlash vazifalarini bajaruvchi kalsiyning yuvilib ketishiga yordam beradi.
Hamma narsaga jahlingiz chiqaverishidan ajablanib o‘tirmang — faqat iste’mol qiladigan tuz miqdorini kamaytishga harakat qiling.
Tuz va buyraklar
To‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun buyraklarda kaliy va natriyning suvga bo‘lgan nisbati aniq belgilangan nisbatda bo‘lishi kerak.
Tuzning katta miqdori bu nisbatni buzadi, natijada buyraklar organizmda ko‘proq suvni ushlab qola boshlaydi. Tana shishib ketadi, tomirlardan ko‘proq qon o‘ta boshlaydi, bu esa gipertoniya kasalligiga olib keladi.
Manba: “Zdorovie.com”
2. Erkatoy (570) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 13:06
Tish uchun zarar debsiz tish og'riganda tishni tuzli suvda chayqash yoki yuvishni ham doktorlar aytishadiku.
3. SUHROB (409) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 16:12
Tuz odamni chanqatib o'ldiradi. TAMOM. Mavzu yopilsin. Uzmasters.ru ga qanday aloqasi bor buni.
4. Ashurov (2636) [off] | TXT | 1| 18 Sep 2017, 15:55
Mavzu Salomatlik podforumida to'g'ri aniq juda foydali mavzu :)

P/S: Uzmasterda faqat internet masterlik deb qayerda yozilgan, chala masterlar jonga tegdi :(
5. MasterLeo (527) [off] | TXT | 1| 18 Sep 2017, 15:58
Shunaqa mavzular kerak o'zi. Sog'ligimning qadrga endi yetdim. (kasal bo'lganimdan so'ng)
Raxmat aytdi (1): Ashurov,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1817
Mavzuga oid xabarlar soni: 5 ta
So'ngi faollik vaqti: 18 Sep 2017, 15:58
Mavzuni ko'rishgan: 1 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 226 (0/226)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru