Mavzu: Tanada tuz miqdori haddan ziyod oshib ketsa nima boâladi? (JAMIYAT VA INSON/Salomatlik)
XaCkEr JoN (8 Sep 2017 10:01)
Umuman olganda tuz bizning tanamiz uchun juda zarur. Mahsulotning zarari toâgârisidagi maqolani uni maqtashdan boshlash gâalati boâlsa ham â lekin bu haqiqatan ham shunday. Osh tuzining asosiy tarkibiy qismi natriy boâlib, u qon aylanishi va bosimini boshqarish, asablar va mushaklar orasidagi uzviy aloqani taâminlash vazifasini bajaradi. Osh tuzining ikkinchi elementi boâlgan xlor esa ovqat hazm qilishga yordam beradi.
Nima uchun zararli?
Kamdan-kam odamlargina organizmdagi tuz balansini maxsus choralar qoâllamasdan turib toâgâri ushlab tura oladi.
Koâpchilik kishilar parhezga bepisandlik bilan munosabatda boâlganlari uchun kundalik meâyorni oshirib yuboradilar.
Tuz va qon bosimi
Natriy xlorid qon bosimining oshib ketish xavfi bilan bevosita bogâlangan. U shunday ham organizmda suyuqlik va qon oqimlarini boshqaruvchi rolini bajaradi.
Qon tarkibidagi natriy xlorid miqdorini oshirish bilan odam yurak, miya va tomirlarga boâlgan ogâirlikni oshiradi, bu esa qon bosimining oshib ketishiga sabab boâladi.
Tuz va kalsiy
Shoâr ovqatlarni koâp yeyish suyaklaringizni moârt qilib qoâyishi, tishlaringizning esa ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Gap shundaki, tuz organizmdan asab tizimi faoliyatini boshqarish va mushaklarning toâgâri tiklanishini taâminlash vazifalarini bajaruvchi kalsiyning yuvilib ketishiga yordam beradi.
Hamma narsaga jahlingiz chiqaverishidan ajablanib oâtirmang â faqat isteâmol qiladigan tuz miqdorini kamaytishga harakat qiling.
Tuz va buyraklar
Toâgâri faoliyat koârsatishi uchun buyraklarda kaliy va natriyning suvga boâlgan nisbati aniq belgilangan nisbatda boâlishi kerak.
Tuzning katta miqdori bu nisbatni buzadi, natijada buyraklar organizmda koâproq suvni ushlab qola boshlaydi. Tana shishib ketadi, tomirlardan koâproq qon oâta boshlaydi, bu esa gipertoniya kasalligiga olib keladi.
Manba: âZdorovie.comâ
Erkatoy (8 Sep 2017 13:06)
Tish uchun zarar debsiz tish og'riganda tishni tuzli suvda chayqash yoki yuvishni ham doktorlar aytishadiku.
SUHROB (8 Sep 2017 16:12)
Tuz odamni chanqatib o'ldiradi. TAMOM. Mavzu yopilsin. Uzmasters.ru ga qanday aloqasi bor buni.
Ashurov (18 Sep 2017 15:55)
Mavzu Salomatlik podforumida to'g'ri aniq juda foydali mavzu :)
P/S: Uzmasterda faqat internet masterlik deb qayerda yozilgan, chala masterlar jonga tegdi :(
MasterLeo (18 Sep 2017 15:58)
Shunaqa mavzular kerak o'zi. Sog'ligimning qadrga endi yetdim. (kasal bo'lganimdan so'ng)
Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/14/1817/