uzmasters.ru Kirish
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
JAMIYAT VA INSON | Salomatlik |
Mavzu: RaK KaSaLi
Mavzu fayllari (0)
1. wmXaCkEr JoN (M) (306) [off] |TXT| 22|18 Sep 2017, 16:18
Har yili Amerikada rak, ya’ni
saraton kasalligi qariyb bir million
insonni hayotdan olib ketadi.
O’tgan bir yil ichida bir yarim
million amerikalik bu xastalikka
uchragan.
Zamonaviy usullar yordamida
rakning ayrim turlarini davolash,
odam umrini biroz uzaytirish
mumkin. Rak alomatlari o’z vaqtida
aniqlansa bas.
Rakka qarshi bugun choralar ko’p.
Davolashning yangi usullari
mavjud.
"O’tgan 20 yil ichida millionlab
insonlarning hayoti asrab qolindi",-
deydi shifokor Syuzan Gapstur.
“Rak sabab o’lim hollari erkaklar
orasida 21 foiz, ayollar orasida 12
foizga pasaygan. Bu katta yutuq”,-
deydi u.
Erkaklar orasida o’pka saratonidan
jon berayotganlar soni 40 foizga
kamaygan. Amerika Rak Uyushmasi
tahlilicha, chekishni tashlash,
tamaki iste’moliga qarshi choralar
va jamoatchilik orasida olib
borilgan targ’ibot ishlari samara
bergan. Rak vaqtida aniqlanishi
ham juda muhim.
“Masalan bachadon rakining oldini
olishning eng ma’qul yo’li bugun
ayollarni muntazam tibbiy
ko’rikdan o’tkazib turish”.
Saratonga chalinayotganlarning 75
foizi 55 yoshdan oshgan insonlar.
“Amerika aholisi tezlikda
ko’paymoqda. Keksa yoshdagilar
soni ham kelasi yillarda ancha
oshadi. Bu degani rak ko’lami
kengayishi mumkin. Uning oldini
olish uchun yangidan yangi usullar
o’ylab topishimizga to’g’ri
keladi”,- deydi doktor Gapstur.
AQShda, deydi mutaxassislar, har
ikki erkakdan biri, har uch ayoldan
birining rakka chalinish ehtimoli
baland.
Ichak raki bilan olishayotgan keksa
bemorlar ko’p hollarda kimyoviy
terapiyaga yo’q deydi. Salbiy
oqibatlari bor deb qo’rqishadi.
Lekin shifokorlarning aytishicha,
aslida yoshi ulug’ insonlar bu
muolajaga yaxshiroq bardosh
beradi.
O’pka raki bemorlari orasida ham
shunga guvoh bo’lasiz, deydi
Katerina Deanjelis, tibbiyotchi
olima. Operatsiya qilib
bo’lmaydigan hollarda radiatsiya
usuli qo’llanadi.
“Bu metoddan umid katta. Amaliy
tajribalar natijasiga qarasangiz,
radiatsiya rakka qarshi kuchli
vosita ekanini ko’rasiz”,- deydi u.
Rakka uchragan bemor umidni boy
bermasligi, muolajadan
qo’rqmasligi kerak, deydi
shifokorlar. Bugun 11 million
amerikalik shu bois tirik.
Rak beshafqat bir kasallik. Uning
changalidan qutulish mashaqqatli
jarayon, lekin chiqsa bo’ladi.
“Murakkab jihatlaridan biri shuki,
rak har bir bemorda turlicha
ko’rinishda. Hamma uchun bir
usulni qo’llay olmaymiz. Bemorlar
individual e’tibor-yondashuv talab
qiladi. Buni also unutmasligimiz
kerak”,- deydi doktor Deanjelis.
Ilmiy izlanishlar, rakning oldini
olish, kasallik aniqlangan holda
qanday choralar ko’rish - o’ta jiddiy
masala, deydi mutaxassislar. Rak
o’limdan darak emas.
2. BMW (9) [off] |TXT| 22|18 Sep 2017, 19:06
SARATON KASALI SHUNCHALI YOMONMI
3. KomiLov (807) [off] |TXT| 22|18 Sep 2017, 19:56
BMW (18 Sep 2017, 19:06):
SARATON KASALI SHUNCHALI YOMONMI
BMW, bu nima degani axir bu kasalik eng xavfli kasaliklardan biriku. Buni vaqtida oldini olmasa. Achinarli xolatlarga olib keladi odamni
4. ARMAKS (50) [off] |TXT| 21|19 March 2018, 11:28
rakning eng birinshi belgilari bu odamning boshini tepa qismi juda katta va uzunroq bolishi rakning birinshi alomatlaridan.rak bolgan insonning soshlar tokilish mumkin
5. wmZimmeR (375) [off] |TXT| 20|19 March 2018, 11:42
BMW (18 Sep 2017, 19:06):
SARATON KASALI SHUNCHALI YOMONMI
BMW, Rak kassaligiga chalingan odamni butkul sogayib ketishi 5% gina uchraydi
6. wmZimmeR (375) [off] |TXT| 19|19 March 2018, 11:44
bu degani 20 ta kasaldan 19 tasi koz yumadi
Ijobiy (1): ARMAKS,
7. wmNarzullo (850) [off] |TXT| 12|26 Jun 2018, 20:12
BU KASALIL JUDA YOMON YAQINDA SIDNEYDA MILYADER MUSULMON YIGIT ALI BANATNI SARATON TUFAYLI DUNYODAN KOZ YUMDI BUTUN DUNYO UNI DUO QILDI.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1858
Mavzuga oid xabarlar soni: 7 ta
So'ngi faollik vaqti: 26 Jun 2018, 20:12
uzmasters.ru Onlayn 44 (6/38)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru