Mavzu: Gripp asoratlari xavfli
1. XaCkEr JoN (M) (317) [off] | TXT | 6| 18 Sep 2017, 16:30
Gripp kasalligini bilmaydigan, u
bilan kasallanmagan odamlar
oramizda juda kamchilikni
tashkil qilishi aniq. Shu holatni
hisobga olib, bugungi mavzuni
aynan gripp kasalligiga
bag‘shlaymiz. Gripp kasalligi
shu nomli viruslar orqali kelib
chiqadigan o‘ta yuqumli
kasalliklar toifasidandir. Gripp
virusini tasniflash biroz qiyin,
sababi ular antigen tuzilishini
vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib
turadi. Ya’ni, virusning turli
xildagi turlari bizda kasallik
qo‘zg‘atadi. Virusdagi bu holat
har 10-18 yil ichida ommaviy
gripp bilan kasallanishga,
epidemiyaga, pandemiyaga
sababchi bo‘ladi. Masalan,
cho‘chqa grippi, “ispan” grippi.
Gripp viruslari odam, tovuq,
dengiz cho‘chqasi va boshqa 30
dan oshiq hayvonlarga ta’sir
etib uni zararlash xususiyatiga
ega.
Infeksiya bemor aksirganda,
yo‘talganda,gaplashganda
atrof-muhitga, shu bilan bir
qatorda sog‘lom insonga ham
yuqadi. Aholining barcha toifasi
(ayollar, erkaklar, bolalar,
keksalar) gripp kasalligiga
moyil bo‘ladi. Kasallikning
yashirin davri bir necha soatdan
1-3 kungacha davom etadi. Virus
yuqori nafas yo‘llarining (burun
bo‘shlig‘i, halqumning burun va
og‘iz qismi) shilliq
qavatiepitelial hujayralariga
kiradi. Yuqori nafas yo‘llariga bir
dona virus tushsa, 8 soatdan
keyin uning soni 1017 tagacha
ko‘payadi. Bu sondan virus juda
tezlikda ko‘payishi yaqqol ayon
bo‘lib turibdi. Gripp virusi
qonga tushgach immune tizim
sustlashadi. Hamda
Rinit – burun bo‘shlig‘i
yallig‘lanishi;
Otit – quloqning
yallig‘lanishi;
Bronxit – bronxlarning
yallig‘lanishi;
Zotiljam — o‘pka
to‘qimasining yallig‘lanishi;
Gaymorit;
Meningit;
Ensifalit kabi og‘ir
yallig‘lanish kasalliklari kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shu o‘rinda bir jumlani ta’kidlab
o‘tish joiz, ya’ni “Gripp xavfli
emas, uning asoratlari xavfli!”.
Yuqorida sanab o‘tilgan,
asoratlar bu jumlani isbotlab
turibdi. Bundan tashqari, gripp
virusi asoratlaridan eng xatarlisi
ko‘ruv, eshituv, ovoz
a’zolaridagi o’zgarishlardir.
O‘zgarishlar bora – bora ko‘rlik
hamda karlikka ham olib kelishi
amaliyotda isbotlangan
holatdir!
Amaliyotda gripp ta’sirining
o‘lim bilan yakunlangan
holatlari ham kuzatilgan. Faqat,
bu holat ahyon – ahyonda
“chaqmoqsimon” gripp o‘z
ta’sirini organizmning immun
tizimi himoyasini buzib
o‘tgandagina yuzaga keladi.
(Juda kam holatda)
Organizm gripp bilan
kasallanganda bemorda
Tana harorati ko‘tarilishi
(38-39C, undan ham yuqori)
Holsizlik;
Et uvishishi;
Bosh og‘rishi kabi belgilar
kuzatiladi.
Mavzuga a’loqador bo‘lgan,
saytimizning “Bog‘lanish”
bo‘limi orqali yo‘llangan
savolaga ham shu o‘rinda javob
berib o‘tsak.
Gripp virusiga qarshi emlash
haqida ma’lumot bersangiz?
Gripp virusiga qarshi emlash
mavsum boshlanishidan
1-1.5 oy oldin qilinadi.
Organizmda esa 2-3 haftada
gripp virusiga qarshi
immunitet hosil bo‘ladi. JSST
har mavsumdan oldin
maxsus vaksinalar amaliyot
uchun taqdim etiladi.
Emlash, asosan, yosh bolalar
hamda keksalarga tavsiya
etiladi. Gripp virusiga qarshi
emlash organizmni
kasallikka chalinishdan
saqlaydi!
Kasallikni davolashda virusning
ko‘payishini va uning faoliyatini
to‘xtatishga qaratilgan choralar
ko‘riladi. Buning uchun
bemorga interferon,
immunomodulin beriladi.
Remantadin, sulfanilamid, turli
antibiotiklar ham kasallik og‘ir
kechganda uning asoratlari
yuzaga kelmasligi uchun tavsiya
etiladi.
Ijobiy (1): ARMAKS,
2. REYXAN (1461) [off] | TXT | 6| 18 Sep 2017, 18:20
5.kundan beri gripman
3. BMW (9) [off] | TXT | 6| 18 Sep 2017, 19:10
REYXAN (18 Sep 2017, 18:20):
5.kundan beri gripman
REYXAN, DOXTORGA BORINGDA WMRLANI SOTIB :D
4. ARMAKS (50) [off] | TXT | 6| 18 March 2018, 12:02
grip juda hafli kasalliklarga olib kelishi mumkin.gripga qarshi emlanmasa u bronxit,gormarit kabi hafli kasalliklarini keltirib shiqarishi mumkin.bu kasalliklar nafas olish organlarini juda qattiq zararlaydi va odamning nafas olishini qiyinlashtiradi.shuning uchin grip bolgan. insonlarga davolanishni tavsiya etaman.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1859
Mavzuga oid xabarlar soni: 4 ta
So'ngi faollik vaqti: 18 March 2018, 12:02
Mavzuni ko'rishgan: 6 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 232 (0/232)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru