Mavzu: Soqolni tez o‘stirish usullari
1. XaCkEr JoN (M) (317) [off] | TXT | 21| 18 Sep 2017, 16:44
Hozirgi yoshlar negadir quyuq
va kalta qilib soqol qo‘yishning
payiga tushib qolishgan.
Soqolni qirtishlab, yuzdan nur
taratib turishga nima yetsin.
Quyuq soqolni kimdir erkaklik
ramzi deb ham qabul qiladi. Kim
uchundir u ortiqcha dahmaza.
Siyrak soqol muammosi
ko‘pincha irsiyatga bog‘liq.
Siyrak soqolning boshqa
sabablari testeron
yetishmovchiligi, nosog‘lom
turmush tarzi, terining sog‘lom
bo‘lmasligi bo‘lishi mumkin.
Garchi irsiyatni o‘zgartirib
bo‘lmasa ham, turmush tarzini
o‘zgartirish, sog‘lom
ovqatlanish va boshqa quyidagi
tavsiyalar yordamida bu
maqsadga erishish mumkin.
Soqolni qalinlashtirish
uchun tavsiyalar
To‘yib uxlash yuz terisining
ham rivojiga ijobiy ta’sir
qiladi. Ayni o‘smirlik yoshida
kamida 6-8 soat uxlash
kerak. Bunday uyqu rejimida
teri to‘qimalari o‘z vaqtida
rivojlanib, soqol va mo‘ylab
tez rivojlanadi.
A, B, C, E vitaminlariga boy
bo‘lgan mahsulot va
mevalarni ko‘proq iste’mol
qiling. Ular soch va
soqolning o‘sishi uchun
foydali.
Sport bilan shug‘ullaning.
Jismoniy faollik ham siyrak
soqolni bartaraf etishning
samarali usuli.
Yuzni har doim toza tuting.
Toza terida tuk tez va oson
unadi. Har kuni tongda va
kechki mahal yuzni iliq
suvda yuving.
Sigareta cheksangiz, bundan
voz keching. Nikotin va
sigareta tarkibidagi 4800 ta
kimyoviy modda teri
tarkibini zaharlab, soqolning
siyraklashuviga olib keladi.
Ko‘pchilik go‘zallik va
salomatlik sohasi ekspertlari
tomonidan qayd etilishicha,
xotirjam va xursand
kayfiyatdagi insonlarda
soqol tezroq o‘sar ekan.
O‘zingizni tushkunlik
kayfiyatidan himoya qiling.
Taomnomangizda go‘sht,
baliq, tuxum, yong‘oq kabi
oqsilga boy mahsulotlar
ulushini oshiring.
Kosmetolog bilan
maslahatlashib, yuzingizda
mavjud o‘lik teri
to‘qimalarini har hafta bir
marotaba tozalab turing.
Soqolni uy saroitida
quyuqlashtirish
(Bonus)
Yuzdagi qon tomirlarining
rivojlanmasligi ham
soqolning quyuq bo‘lib
o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
Yuzga massaj olish qon
aylanishini ham yaxshilaydi
va soqolning quyuq o‘sishini
ta’minlaydi.
Yumshoq va nam yuzda
soqol tezroq o‘sadi. Shuning
uchun yuzga mo‘ljallangan
maxsus krem vositalaridan
foydalaning.
Yuzda o‘smay qolgan
soqollar ham bo‘ladi va ular
boshqalarining o‘sishiga
xalaqit qiladi. Mutaxassis
bilan maslahatlashib, yuzni
ulardan tozalab tashlang.
Taomnomada B1, B6 va B12
vitaminlariga boy sabzavot
mahsulotlarini qo‘shing.
Mutaxassislar ko‘proq suv
ichishni ham maslahat
berishadi.
Soqol o‘stirish uchun
dorilar
Dorixonalardan teri va soch-
soqol uchun foydali bo‘lgan
turli yog‘larni so‘rab ko‘ring.
Ushbu yog‘ bilan yuzingizni
massaj qiling va 15-20
daqiqadan so‘ng sovuq suv
bilan yuvib tashlang.
Soqolni qirtishlagandan
keyin ham ushbu yog‘lardan
surishga odatlaning.
Diqqat qiling, bu kabi
yog‘larni ishlatishga qarshi
ko‘rsatmalar mavjud.
Ishlatishdan oldin shifokor
bilan maslahatlashing!
Soqolni tez o‘stirish
uchun foydali
tavsiyalar
Mo‘ylab va soqol endigina
sabza urganida ularni
qirtishlamang. Aks holda,
ularning tomiriga jiddiy
shikast yetadi. Bunday
vaziyatda tuk to‘kuvchi
gidrokortizon kremidan
foydalangan ma’qul. (Qarshi
ko‘rsatmalar mavjud,
ishlatishdan oldin
mutaxassis bilan
maslahatlashing!)
Shu bilan birga, foliy
kislotasiga boy bo‘lgan don-
dun, ko‘kat va sabzavotlar,
no‘xatdan ko‘proq iste’mol
qiling.
Biotin moddasiga boy
bo‘lgan jigar, loviya, sabzi,
banan, tuxum sarig‘i,
mevalarni ham ko‘proq
iste’mol qiling.
Gormonlar miqdori
muhim!
Testeron yetishmovchiligi
ham soqolning siyrak
o‘sishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Shu bois, magniy, D
vitamini ham bu vaziyatda
foydali bo‘ladi.
D vitaminiga tuxum va baliq
mahsulotlari boy bo‘ladi.
Rux moddasiga boy go‘sht,
brokolli, ismaloq iste’mol
qiling. Bodom va yong‘oq,
shuningdek suyakli
qaynatma ham magniy
vitaminiga boy bo‘ladi.
Poliz ekinlaridan qovoqni
ko‘proq iste’mol qiling.
2. XaCkEr JoN (M) (317) [off] | TXT | 21| 18 Sep 2017, 16:46
Biroq, unutmang quyuq soqol
bir tunda o‘sib-unmaydi. Buning
uchun sabrli va e’tiborli bo‘lish
tavsiya etiladi. Agar shunda ham
bu usullar sizga yordam
bermasa, unda buni esdan
chiqaring. Boisi erkakning
mardligi uning soqoli emas,
fe’l-atvori bilan o‘lchanadi.
BU.MAVZU XAM KIMGADUR KERAK BUB QOLAR
3. SUHROB (409) [off] | TXT | 21| 18 Sep 2017, 17:24
Hamma soqolni sekin o'sa digan qilsa siz tez o'sadigan yo'larin keltirib siz :D
Raxmat aytdi (1): Ashurov,
4. XaCkEr JoN (M) (317) [off] | TXT | 21| 18 Sep 2017, 17:36
SUHROB (18 Sep 2017, 17:24):
Hamma soqolni sekin o'sa digan qilsa siz tez o'sadigan yo'larin keltirib siz :D
SUHROB, BU SOQOLI YOQLA VA SEKIN OSGANLARGA
5. BMW (9) [off] | TXT | 21| 18 Sep 2017, 19:05
SOQOL AVLODIDA BESOQOL BULSA XAMMA BUNI ILOCHI YOQ BUSA KK
6. Doniyor uz (14) [off] | TXT | 21| 20 Sep 2017, 23:20
Qancha tez olsa shuncha tez kopayadi soqol :lol:
7. Nodirali (1720) [off] | TXT | 21| 20 Sep 2017, 23:34
Menda ham soqol chiqmayapti yoshim 17da. Tengdoshlarimda soqol bor.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1860
Mavzuga oid xabarlar soni: 41 ta
So'ngi faollik vaqti: 6 May 2018, 15:20
Mavzuni ko'rishgan: 41 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 232 (0/232)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru