JAMIYAT VA INSON
|
Salomatlik
|
Mavzu:
Soqolni tez o‘stirish usullari
Mavzu fayllari
(0)
[b]1. Yuzda soqol o’sib chiqmagunicha muntazam ravishda soqol olib turing Soqol o’stirishning eng samarasiz usuli — soqolni uzoq olmay yurish yoki umuman soqol olishni boshlamaslik. Agar siz ushbu maslahatga rioya qilmasangiz, unda yuzingizda siyrak, notekis va parvarishlanmagan soqol o’sa boshlaydi, bu juda xunuk ko’rinadi. Agar yuzingizdagi soqol bir tekis o’smasa, muntazam ravishda soqolni olib, sabr-toqatli bo’ling. Agar soqol yuzingizda bir tekisda o’sib chiqishiga ishonchingiz komil bo’lmasa, butun yuzingizdagi soqolni oling va uning o’sib chiqishini kuzating. Iyakda va lablar ustida soqol bir tekisda o’sib chiqishiga e’tibor bering. Yuzdagi barcha soqol bir xil tezlikda o’sayaptimi? Agar shunday bo’lsa, siz soqol o’stirishga tayyorsiz. Ko’p hollarda soqol o’sish tezligi va qalinligi genetikaga bog’liq. Shuning uchun, ba’zilarda soqol bo’lmasligi mumkin. 2. Testosteron Yuzda soqolni ko’paytirish uchun avval testosteron darajasini oshirish kerak. Agar sizda hozir jinsiy yetilish davri kechayotgan bo’lsa yoki ehtimol sizda u davr o’tib ketgan bo’lsa va yuzda soqol o’sishi boshlamagan bo’lsa, testosteron darajasini oshirish uchun qila oladigan oddiy narsalar mavjud. Albatta, tezkor natijalar kutish kerak emas, lekin ular albatta samara beradi: Jismoniy mashqlar.Haftada bir necha marta jismoniy mashqlar qilsangiz, testosteron o’sishini rag’batlantirasiz. Uch daqiqalik qizinib olish uchun yengil mashqlarni bajaring, keyin esa ketma-ketlikka rioya qiling: 30 soniya — intensiv, zo’riqishli mashqlar, 90 soniya — o’rtacha jismoniy faollik. Yetti marta takrorlang. Organizmda D vitamini darajasini oshiring. Siz ushbu vitamin qo’shimchalarini qabul qilishingiz yoki ko’proq quyoshda yurishingiz mumkin. Spirtli ichimliklar ichish, chekishtestosteronga qarshi ta’sir ko’rsatadi, agar siz soqol o’stirmoqchi bo’lsangiz yaxshisi umuman chekish va ichishni tashlang. Bu nafaqat soqol o’stirishga, balki umuman so’gliqqa ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Testosteron bu gormon bo’lib, u erkaklarda ko’proq bo’ladi. Uning miqdori tanadagi sochlar o’sishiga, mushaklarning o’lchamiga, ovozning qalinligiga, reproduktiv tizimga va boshqa ko’plab tizimlarga ta’sir ko’rsatadi.[/b]
Yuklab olish
Onlayn 253 (0/253)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa