Mavzu: ERKAKLAR DIQATIGA SOCH EKISH (JAMIYAT VA INSON/Salomatlik) XaCkEr JoN (18 Sep 2017 16:49) Ba’zi erkaklarda yosh bo‘lishiga
qaramay soch to‘kilishini
kuzatish mumkin. Buning sababi
asosan irsiyat bilan bog‘liq
bo‘lib, onaning erkak
qarindoshlari orqali o‘tadi.
Shuningdek, bunga soch
follikulalarining erkaklik
gormonlariga chidamsizligi,
stress, ekologik omillar ham
sabab bo‘lishi mumkin.
Ba’zi paytlarda soch to‘kilishiga
qarshi qilingan choralar ham naf
bermaydi. Ammo hozirgi kunda
bu muammoning ham
yechimini topish qiyin emas.
Soch ekishning ikki uslubi bor:
sun’iy sochlar ekish va kishining
o‘z boshidagi soch ildizlarini
to‘kilgan qismiga ko‘chirish.
Sun’iy sochlar ekish
Sun’iy soch tolalari tabiiy
sochlardan farq qilmaydi. Uslub
sochini jarohat sababli
yo‘qotganlarga, muolaja bilan
sochlarni tiklab bo‘lmaydigan
hollarda qo‘llaniladi. Sun’iy
sochlar 500-700 donadan ekib,
mahkamlanadi. Ular deyarli
to‘kilmaydi, bemalol yuvish va
hatto fen yordamida quritish,
bo‘yash ham mumkin.
Shaxsiy sochlar
transplantatsiyasi
Jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Boshning
engak qismidan donorlik
sochlari olinib, boshning soch
to‘kilgan sohasiga ekiladi. Bu
sochlar kishining umri
davomida o‘sadi, ya’ni boshning
boshqa qismiga o‘tkazilishi
ularning o‘sish jarayoniga ta’sir
qilmaydi.
© Su Mr ShaXRuX (18 Sep 2017 18:11) 1dona soch ekish narxi qancha ekan ,...? Lekin yaxshi maqola :) XaCkEr JoN (18 Sep 2017 18:14) --Javob-- Mr ShaXRuX (18 Sep 2017 18:11): 1dona soch ekish narxi qancha ekan ,...? Lekin yaxshi maqola :) ---------- Mr ShaXRuX, UNISINI BILMADIM :D Mr ShaXRuX (18 Sep 2017 18:16) --Javob-- XaCkEr JoN (18 Sep 2017 18:14): Mr ShaXRuX, UNISINI BILMADIM :D ---------- XaCkEr JoN, men ektirmoqchi emasmanu lekin 1dona soch ekish 7000som deb eshitgandim Ashurov (18 Sep 2017 19:16) --Javob-- Mr ShaXRuX (18 Sep 2017 18:16): XaCkEr JoN, men ektirmoqchi emasmanu lekin 1dona soch ekish 7000som deb eshitgandim ---------- Mr ShaXRuX, Voybo ja qimmatu wmrlarni sotib kal qo'shnimni oboraymi? Mr ShaXRuX (18 Sep 2017 20:09) --Javob-- Ashurov (18 Sep 2017 19:16): Mr ShaXRuX, Voybo ja qimmatu wmrlarni sotib kal qo'shnimni oboraymi? ---------- Fruden, endi men bunisini bilmadim :joy: lekin soch ektirgandan kora birorta biznes kilgan yaxshi XaCkEr JoN (18 Sep 2017 20:21) --Javob-- Mr ShaXRuX (18 Sep 2017 20:09): Fruden, endi men bunisini bilmadim :joy: lekin soch ektirgandan kora birorta biznes kilgan yaxshi ---------- Mr ShaXRuX, vapshe kallarga qimat.tushib ketar ekanda uzbola (7 Oct 2017 17:58) aqqli boshga sochni nima keragi bor :kozz: Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/14/1861/