Mavzu: Gavda qismini normal õsishi va pakanalikni oldini olish.
1. XaCkEr JoN (M) (317) [off] | TXT | 13| 7 Oct 2017, 05:40
Sog’lom bolaning o’sib-
ulg’ayishi va o’sishning
tugallashi organizmni irsiy
jihatlariga bog’liq bo’lishi bilan
birga tashqi muhit omillarining
o’zaro ta’siri jarayonlarida
amalga oshadi. Genotip
belgilaydigan o’sish va
rivojlanish jarayonining tezligi
va chegaralarini rostlab
turishda organizmning ichki
sekretsiya bezlari ishlab
chiqadigan maxsus kimyoviy
birikmalar – gormonlar muhim
ahamiyatga ega bo’ladi.
Ota –ona bo’yining uzunligini
qo’shib, natijani ikkiga bo’linsa
bolaning oxirida yetishadigan
o’rtacha bo’yi uzunligi kelib
chiqadi. Bo’linmaga besh
santimetrni qo’shilsa o’g’il
bolaning, 5 santimetr ayrib
tashlansa qiz bolaning katta
bo’lgandagi so’nggi bo’y
uzunligi aniqlanadi.
Agar ota- onaning bo’yi deyarli
bir xil bo’lsa, ya’ni bo’ylardagi
farq oz bo’lsa, bolaning oxirgi
taxminiy bo’yi uzunliga
haqiqatga yaqin bo’ladi.
Bolalarning pakana bo’lib
qolishlariga ovqatdagi oqsillar,
vitaminlar, mineral
moddalaryetishmasligi, ichki
sekretsiya bezlari kasalliklari
(gipofizar pakanalik, qandli
diabed, qalqonsimon bez
faoliyatining susayishi, faqat
o’sish garmonini yetishmasligi),
xromosomalar va genetic omilli
kasalliklar(Daun kasalligi,
Shersheviskiy Terner sindromi)
surunkali va og’ir kechuvchi
kasalliklar(markaziy nerv
sistemasi kasalliklari, tug’ma va
ortirilgan yurak illatlari, nafas
a’zolari, buyrak kasalliklari)
sabab bo’ladi.
Embriofetopatiya – bolaning
ona qornida yuqumli
kasalliklarga chalinishi(qizilcha,
sitomegaliya, zaxarlanishi,
to’qimalarda kislorod
kamashyishi) ham bu xastalikni
keltirib chiqaradi. Ruxiy omillar
tufayli, bola rivojlanishdan
orqada qolishi mumkin. Ba’zan
odamlarda gipotalomo –
gipofizar pakanalik(gipofiz
bezining oldingi bo’lagida
ishlab chiqariladigan o’sish
gormonini yetishmasligi) tufayli
shifokorga murojaat qilishadi.
Asosan o’g’il bolalar bo’yining
130 sm.dan, qiz bolalar
bo’yining 120 sm.dan past
bo’lishi ham pakanalikdir.
Gipofizar pakana bolalar
odatda tug’ilganida bo’yi va
vazni jihatidan soglom
bolalardan farq qilmaydi.
Jismoniy orqada qolish bola
2-3 yoshga kirganida sezila
boshlaydi. Bolaning bo’yi
o’smayotgani bilinib qolsa, uni
tezda shifokorga olib boorish
kerak, chunki unda o’sish
gormoni normada yoki
normadan kamligini aniqlash
lozim.
Gipofizar pakanalikda bolaning
tanasi va qo’l oyoqlari
mutanosib ravishda kichrayib,
muskullari zaif rivojlanadi.
Skeletning suyaklanishi va
shakllanishi kechikishi,
tishlarning rivojlanishi va
almashishining buzulishi bu
kasallik uchun xosdir. Bemor
bolalarda “suyak yoshi”
tug’ilgan yildan ancha ortda
qoladi. Gipofizar pakanalikda
boshqa ichki sekretsiya bezlari
(qalqonsimon bez, jinsiy bezlar,
buyrak usti bezlari) faoliyati
pasaygan bo’ladi. O’gil bolalar
ko’pincha jismoniy va jinsiy
jihatdan yetilishda orqada
qoladilar. Bu irsiy tabiatga ega
bo’lishi ham mumkin. Bunday
bolalarning vazni va bo’yida
nuqson bo’lmaydi.
Bugungi tibbiyotda pakanalikni
davosi bor. Buning uchun
o’sish davrini o’tkazib
yubormasdan mutaxassisga
murojaat etish zarur.
Balog’atga yetishning kechikishi
15-16 yoshdan boshlanadi,
bo’yning cho’zilishi uch-to’rt
yilga kechikadi. Shuning uchun
bunday bolalar 12-15 yoshlarda
unchalik o’smaydilar. Biroq
balog’atga yetish boshlanishi
bilan o’sish tenglashib
tengqurlariga yetib oladilar
Ijobiy (1): TajRap,
Raxmat aytdi (1): TajRap,
2. WERT (82) [off] | TXT | 13| 7 Oct 2017, 08:59
meni boyim183 sm vaznim 83 kilogramm boladimi normalmi
3. GoldBerg (142) [off] | TXT | 13| 7 Oct 2017, 09:37
174sm 68kg. manimcha normal
4. WERT (82) [off] | TXT | 13| 7 Oct 2017, 12:49
GoldBerg (7 Oct 2017, 09:37):
174sm 68kg. manimcha normal
GoldBerg, ha armiyaga togri keladi
5. BETCITY (56) [off] | TXT | 13| 7 Oct 2017, 13:01
WERT (7 Oct 2017, 08:59):
meni boyim183 sm vaznim 83 kilogramm boladimi normalmi
WERT, havas qiladigan darajada
.
Maniki 178 sm vazn 62
Raxmat aytdi (1): WERT,
6. Cracker_Boy (143) [off] | TXT | 13| 7 Oct 2017, 14:24
Meni bo'yim 162 sm vazn 50 kilo. Yoshim 15 da normalmi
7. Xitman1 (145) [off] | TXT | 13| 7 Oct 2017, 14:26
Meni boyim 180 sm baznim 60 kg narmalniymasmi yoshim 17tida
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1936
Mavzuga oid xabarlar soni: 34 ta
So'ngi faollik vaqti: 16 Apr 2019, 14:44
Mavzuni ko'rishgan: 28 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 128 (0/128)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru