Mavzu: Allergiya — rivojlanish sabablari, turlari.
1. Shahzodbek (M) (239) [off] | TXT | 3| 13 Jan 2020, 17:18
Allergiya (qad. yun. aλλος — yot, begona ργον — ta’sir) — immunopatologik jarayon bo’lib, organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlar juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining reaktsiyasidir.Allergiya yer yuzida juda keng tarqalgan patologiya. Sog’liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Yevropada taxminan 20% odamlarpollinozga(allergik rinokonyuktivit, allergik rinit) duchor bo’lishgan.
Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni oshishi kuzatilmoqda. «Allergy UK» ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 30-40% odamlar hayotining muayyan bir qismida allergiyaga to’qnash keladi. Ushbu holatdan bolalar eng ko’p aziyat chekadi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan.
Allergiya rivojlanishi sabablari
Inson immuniteti allergenga patogen (tashqi zararli moddalar) deb javob beradi va uni begona bakteriya, virus, zamburug’ yoki toksin kabi yo’q qilishga harakat qiladi. Biroq allergenning o’zi zararli emas, shunchaki immun tizimi bu moddaga juda sezgir bo’lib qolgan.
Immun tizimi allergen ta’sir qilganda uni yo’q qilish uchun antitanalar turi —immunoglobulin E (IgE)chiqaradi. U esa o’z navbatida organizmda allergik reaktsiyaga olib keladigan kimyoviy moddalar ajratadi.
Ushbu kimyoviy moddalardan birigistamindeb ataladi. Gistamin mushaklarning qisqarishiga olib keladi, shu jumladan qon tomirlarining devorlari va nafas yo’llarida ham. U shuningdek burunda shilliq ajralishiga hissa qo’shadi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3512
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 13 Jan 2020, 17:18
Mavzuni ko'rishgan: 3 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 217 (0/217)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru