Mavzu: Sog‘lig‘imizni asrash o‘z qo‘limizda
1. Xusniddin (M) (127) [off] | TXT | 1| 11 Nov 2016, 11:36
Sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish yuqumli kasalliklardan himoyalanishning oddiy va ishonchli kafolatidir.
Salomatlik – tuman boylik. Tan salomati – jon rohati. Sog‘lik-salomatlik haqida gap borganda, xalqimizning bu kabi hikmatlarini yana ko‘plab keltirish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tizimida sog‘liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alohida o‘rin tutadi. Yurtimizda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yuksak talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo‘limlar tarmog‘ining tashkil etilishi bu bosqichning samarali natijalaridan bo‘ldi. Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida, ayniqsa, qishloq joylarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi – zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti bunyod etildi. Yurtimizda yangi tashkil etilgan sog‘liqni saqlash tizimida eng yuksak zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va texnikasi bilan ta’minlangan ixtisoslashgan klinikalar muhim o‘rin tutadi. Shunisi e’tiborliki, bugun O‘zbekistonda chechak va ich terlama, o‘lat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi. O‘tgan davr mobaynida aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi sezilarli ravishda ortganini alohida ta’kidlash darkor. Shu bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, oddiy, ammo muhim bir haqiqatni – odamzotning sog‘lig‘i ko‘p jihatdan, avvalambor, uning o‘ziga bog‘liq ekanini unutmaslik lozim. Buning uchun inson o‘z hayotini oqilona yo‘lga qo‘yishi zarur. Zero, har qanday kasallikning oldini olish, avvalo, sog‘lom hayot tarzi va turmush madaniyatini talab qilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, davlat, hokimiyat idoralari, sog‘liqni saqlash muassasalari bu masalaga qanchalik e’tibor bermasin, har qaysi odamning bu masala bo‘yicha qarashini o‘zgartirmasdan turib, ijobiy natijalarga erishish mushkul. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga qaraganda, Osiyoning qator mamlakatlarida enterovirusli infeksiya tarqalishi qayd etilgan. Virusli infeksiyalar sayyoramizda eng keng tarqalgan kasallik turlaridan bo‘lib, boshqa barcha mikroorganizmlar singari o‘zi uchun qulay sharoitda, ya’ni inson immuniteti pasayib, himoya funksiyalari zaiflashganda, shaxsiy gigiyena qoidalari buzilganda kasallikni qo‘zg‘atuvchi faoliyatini boshlaydi. Enterovirusli infeksiya zararlangan oziq-ovqat, toza yuvilmagan qo‘l, turli tashqi muhit obyektlari orqali yuqadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, Osiyoning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan xavfli enterovirusli infeksiya tufayli yuzaga kelgan birorta ham kasallik O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra ham mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyat saqlanib turibdi. Albatta, bularning barchasi Yurtboshimiz tashabbusi bilan yurtimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan aniq maqsadli faoliyatning bir qismi hisoblangan profilaktika va sog‘lomlashtirish ishlarining yaqqol samarasidir. Turli ichak kasalliklarining tarqalishi avj olishi mumkin bo‘lgan yozning issiq kunlarida mamlakatimizda epidemiyaga qarshi ishlar yanada kuchaytirilgan. Bu boradagi ishlar mahalliy hokimiyat organlari, transport va sayyohlik kompaniyalari, korxonalar, tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Respublikamizda aholini turli xavfli infeksiyalardan to‘liq himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan.
2. Xusniddin (M) (127) [off] | TXT | 1| 11 Nov 2016, 11:42
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazidan ma’lum qilishlaricha, bolalar, ta’lim va davolash muassasalari, transport, odamlar to‘planadigan joylar, jumladan, bozorlar, ovqatlanish va savdo korxonalari, temir yo‘l va avtobekatlar, aeroportlar, davlat chegaralarimizda sanitariya-nazorat punktlari kunu tun ishlab turibdi. Sanitariya shifokorlari mamlakatimizga kelayotgan fuqarolar sog‘lig‘ini, keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va boshqa tovarlarning epidemiologik xavfsizligini sinchiklab tekshirmoqda. Sanitariya shifokorlari boshlang‘ich sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari, qishloq vrachlik punktlari xodimlari bilan bevosita hamkorlikda ish olib bormoqda. Yoz mavsumida sog‘lomlashtirish oromgohlarida profilaktika choralariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytirilgani ham ayni ana shunday chora-tadbirlardandir. Shu o‘rinda mamlakatimizda istiqlol yillari xayrli an’anaga aylangan hasharlarning ahamiyati nechog‘li ulkan ekanini ta’kidlash joiz. Bunday ommaviy tadbirlar chog‘ida xonadonlar orastaligi, mahalla obodligi, ko‘cha va sayilgohlarning sarishtaligini ta’minlashga, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda tozalik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu, bir tomondan, milliy qadriyat va an’analarimizni ulg‘ayib kelayotgan avlod ong-shuuriga yanada chuqurroq singdirish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari va Vatanga sadoqat, xalqimizning azaliy an’analariga ehtirom ruhida tarbiyalashga ko‘maklashsa, ikkinchi tomondan, kishilarimizda pokiza va sog‘lom turmush madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shaharlarimiz uy-joy-kommunal xo‘jaligi minglab zamonaviy va qulay chiqit qutilari bilan ta’minlangan. Bu hozirgi kunda nainki sog‘lom va ozoda turmush tarziga, ayni chog‘da hech kimdan kam bo‘lmagan hayotga intilishlarimiz yuksak samaralar berayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Albatta, tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan bunday keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘z samaralarini bermoqda. Ammo, bu aslo beparvolikka berilish kerak degani emas. Bugungi pishiqchilik mavsumida har birimizning sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishimiz yuqumli kasalliklardan ishonchli himoyalanishning oddiy va ishonchli kafolati ekanini unutmasligimiz darkor. Zero, tibbiyot amaliyotiga ko‘ra, har qanday infeksiyaga qarshi kurashning asosi – bu epidemiyaga qarshi eng zamonaviy uslublardan foydalangan holda, ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga, oddiy sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish, odamlarga, ayniqsa, farzandlarimizga buning mohiyatini keng targ‘ib etish va tushuntirishdan iborat. Shu bois bozorlarimizda, umumiy ovqatlanish muassasalarida go‘sht, sut, meva-cheva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sotayotganlar ham, ularni xarid va iste’mol qilayotganlar ham, avvalo, mahsulotning tozaligi va ozodaligiga alohida e’tibor qaratishi, mahsulotlarni saqlash hamda sotish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishlari zarur. Ayni paytda, yozgi ta’tilga chiqqan farzandlarimizning to‘g‘ri kelgan joylardagi suv havzalarida cho‘milishining oldini olishimiz ham ularni yuqumli kasalliklardan himoya qilishning eng ishonchli yo‘llaridandir. Shukrki, bugun mamlakatimiz shahar-qishloqlarida xalqaro standartlar talablari asosida bunyod etilgan, toza-ozoda suzish havzalari va basseynlar ko‘p. O‘g‘il-qizlarimizni bunday zamonaviy sport inshootlariga jalb etishimiz ularning sog‘lom hayot tarziga intilishini kuchaytirib, turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Inson – tabiatning buyuk mo‘jizasi. Inson o‘z sog‘lig‘ini asragan taqdirdagina tabiatni, hayot davomiyligini asragan bo‘ladi. Shunday ekan, har bir inson o‘zi haqida o‘ylashi, sog‘lig‘i haqida qayg‘urishi, o‘zini o‘zi qadrlashi farz va qarzdir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, Alloh taolo bergan sog‘lig‘imizni asraylik. Chunki sog‘lom odamgina chinakam baxtli bo‘ladi, chunki faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.
3. Xusniddin (M) (127) [off] | TXT | 1| 11 Nov 2016, 11:43
Boshidan oxirigacha o'qing va mavzu yoqgan bo'lsa + va raxmat ni bosvoring !
Salbiy (1): Kosmos,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 356
Mavzuga oid xabarlar soni: 3 ta
So'ngi faollik vaqti: 5 Sep 2017, 22:56
Mavzuni ko'rishgan: 1 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 205 (0/205)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru