JAMIYAT VA INSON
|
Salomatlik
|
Mavzu:
Sog‘lig‘imizni asrash o‘z qo‘limizda
Mavzu fayllari
(0)
Sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish yuqumli kasalliklardan himoyalanishning oddiy va ishonchli kafolatidir. Salomatlik – tuman boylik. Tan salomati – jon rohati. Sog‘lik-salomatlik haqida gap borganda, xalqimizning bu kabi hikmatlarini yana ko‘plab keltirish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tizimida sog‘liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alohida o‘rin tutadi. Yurtimizda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yuksak talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo‘limlar tarmog‘ining tashkil etilishi bu bosqichning samarali natijalaridan bo‘ldi. Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida, ayniqsa, qishloq joylarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi – zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti bunyod etildi. Yurtimizda yangi tashkil etilgan sog‘liqni saqlash tizimida eng yuksak zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va texnikasi bilan ta’minlangan ixtisoslashgan klinikalar muhim o‘rin tutadi. Shunisi e’tiborliki, bugun O‘zbekistonda chechak va ich terlama, o‘lat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi. O‘tgan davr mobaynida aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi sezilarli ravishda ortganini alohida ta’kidlash darkor. Shu bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, oddiy, ammo muhim bir haqiqatni – odamzotning sog‘lig‘i ko‘p jihatdan, avvalambor, uning o‘ziga bog‘liq ekanini unutmaslik lozim. Buning uchun inson o‘z hayotini oqilona yo‘lga qo‘yishi zarur. Zero, har qanday kasallikning oldini olish, avvalo, sog‘lom hayot tarzi va turmush madaniyatini talab qilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, davlat, hokimiyat idoralari, sog‘liqni saqlash muassasalari bu masalaga qanchalik e’tibor bermasin, har qaysi odamning bu masala bo‘yicha qarashini o‘zgartirmasdan turib, ijobiy natijalarga erishish mushkul. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga qaraganda, Osiyoning qator mamlakatlarida enterovirusli infeksiya tarqalishi qayd etilgan. Virusli infeksiyalar sayyoramizda eng keng tarqalgan kasallik turlaridan bo‘lib, boshqa barcha mikroorganizmlar singari o‘zi uchun qulay sharoitda, ya’ni inson immuniteti pasayib, himoya funksiyalari zaiflashganda, shaxsiy gigiyena qoidalari buzilganda kasallikni qo‘zg‘atuvchi faoliyatini boshlaydi. Enterovirusli infeksiya zararlangan oziq-ovqat, toza yuvilmagan qo‘l, turli tashqi muhit obyektlari orqali yuqadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, Osiyoning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan xavfli enterovirusli infeksiya tufayli yuzaga kelgan birorta ham kasallik O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra ham mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyat saqlanib turibdi. Albatta, bularning barchasi Yurtboshimiz tashabbusi bilan yurtimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan aniq maqsadli faoliyatning bir qismi hisoblangan profilaktika va sog‘lomlashtirish ishlarining yaqqol samarasidir. Turli ichak kasalliklarining tarqalishi avj olishi mumkin bo‘lgan yozning issiq kunlarida mamlakatimizda epidemiyaga qarshi ishlar yanada kuchaytirilgan. Bu boradagi ishlar mahalliy hokimiyat organlari, transport va sayyohlik kompaniyalari, korxonalar, tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Respublikamizda aholini turli xavfli infeksiyalardan to‘liq himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Yuklab olish
Onlayn 205 (0/205)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa