Mavzu: Sogâligâimizni asrash oâz qoâlimizda (JAMIYAT VA INSON/Salomatlik)
Xusniddin (11 Nov 2016 11:36)
Sanitariya va gigiyena qoidalariga qatâiy rioya etish yuqumli kasalliklardan himoyalanishning oddiy va ishonchli kafolatidir.
Salomatlik â tuman boylik. Tan salomati â jon rohati. Sogâlik-salomatlik haqida gap borganda, xalqimizning bu kabi hikmatlarini yana koâplab keltirish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tizimida sogâliqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alohida oârin tutadi. Yurtimizda tibbiy xizmat koârsatish tizimi toâliq qayta koârib chiqildi. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam koârsatish uchun eng yuksak talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan shifoxona va boâlimlar tarmogâining tashkil etilishi bu bosqichning samarali natijalaridan boâldi. Sogâliqni saqlashning birlamchi boâgâinida, ayniqsa, qishloq joylarda jiddiy oâzgarishlar roây berdi â zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti bunyod etildi. Yurtimizda yangi tashkil etilgan sogâliqni saqlash tizimida eng yuksak zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va texnikasi bilan taâminlangan ixtisoslashgan klinikalar muhim oârin tutadi. Shunisi eâtiborliki, bugun Oâzbekistonda chechak va ich terlama, oâlat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi. Oâtgan davr mobaynida aholining oârtacha umr koârish darajasi sezilarli ravishda ortganini alohida taâkidlash darkor. Shu bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov taâkidlaganidek, oddiy, ammo muhim bir haqiqatni â odamzotning sogâligâi koâp jihatdan, avvalambor, uning oâziga bogâliq ekanini unutmaslik lozim. Buning uchun inson oâz hayotini oqilona yoâlga qoâyishi zarur. Zero, har qanday kasallikning oldini olish, avvalo, sogâlom hayot tarzi va turmush madaniyatini talab qilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, davlat, hokimiyat idoralari, sogâliqni saqlash muassasalari bu masalaga qanchalik eâtibor bermasin, har qaysi odamning bu masala boâyicha qarashini oâzgartirmasdan turib, ijobiy natijalarga erishish mushkul. Ommaviy axborot vositalari maâlumotlariga qaraganda, Osiyoning qator mamlakatlarida enterovirusli infeksiya tarqalishi qayd etilgan. Virusli infeksiyalar sayyoramizda eng keng tarqalgan kasallik turlaridan boâlib, boshqa barcha mikroorganizmlar singari oâzi uchun qulay sharoitda, yaâni inson immuniteti pasayib, himoya funksiyalari zaiflashganda, shaxsiy gigiyena qoidalari buzilganda kasallikni qoâzgâatuvchi faoliyatini boshlaydi. Enterovirusli infeksiya zararlangan oziq-ovqat, toza yuvilmagan qoâl, turli tashqi muhit obyektlari orqali yuqadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, Osiyoning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan xavfli enterovirusli infeksiya tufayli yuzaga kelgan birorta ham kasallik Oâzbekistonda roâyxatga olinmagan. Jahon sogâliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan maâlumotlarga koâra ham mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyat saqlanib turibdi. Albatta, bularning barchasi Yurtboshimiz tashabbusi bilan yurtimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan aniq maqsadli faoliyatning bir qismi hisoblangan profilaktika va sogâlomlashtirish ishlarining yaqqol samarasidir. Turli ichak kasalliklarining tarqalishi avj olishi mumkin boâlgan yozning issiq kunlarida mamlakatimizda epidemiyaga qarshi ishlar yanada kuchaytirilgan. Bu boradagi ishlar mahalliy hokimiyat organlari, transport va sayyohlik kompaniyalari, korxonalar, tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Respublikamizda aholini turli xavfli infeksiyalardan toâliq himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar koârilgan.
Xusniddin (11 Nov 2016 11:42)
Oâzbekiston Respublikasi Sogâliqni saqlash vazirligiga qarashli Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazidan maâlum qilishlaricha, bolalar, taâlim va davolash muassasalari, transport, odamlar toâplanadigan joylar, jumladan, bozorlar, ovqatlanish va savdo korxonalari, temir yoâl va avtobekatlar, aeroportlar, davlat chegaralarimizda sanitariya-nazorat punktlari kunu tun ishlab turibdi. Sanitariya shifokorlari mamlakatimizga kelayotgan fuqarolar sogâligâini, keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va boshqa tovarlarning epidemiologik xavfsizligini sinchiklab tekshirmoqda. Sanitariya shifokorlari boshlangâich sogâliqni saqlash boâgâinlari, qishloq vrachlik punktlari xodimlari bilan bevosita hamkorlikda ish olib bormoqda. Yoz mavsumida sogâlomlashtirish oromgohlarida profilaktika choralariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytirilgani ham ayni ana shunday chora-tadbirlardandir. Shu oârinda mamlakatimizda istiqlol yillari xayrli anâanaga aylangan hasharlarning ahamiyati nechogâli ulkan ekanini taâkidlash joiz. Bunday ommaviy tadbirlar chogâida xonadonlar orastaligi, mahalla obodligi, koâcha va sayilgohlarning sarishtaligini taâminlashga, obodonlashtirish va koâkalamzorlashtirish hamda tozalik ishlariga alohida eâtibor qaratilmoqda. Bu, bir tomondan, milliy qadriyat va anâanalarimizni ulgâayib kelayotgan avlod ong-shuuriga yanada chuqurroq singdirish, yoshlarni milliy istiqlol gâoyalari va Vatanga sadoqat, xalqimizning azaliy anâanalariga ehtirom ruhida tarbiyalashga koâmaklashsa, ikkinchi tomondan, kishilarimizda pokiza va sogâlom turmush madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shaharlarimiz uy-joy-kommunal xoâjaligi minglab zamonaviy va qulay chiqit qutilari bilan taâminlangan. Bu hozirgi kunda nainki sogâlom va ozoda turmush tarziga, ayni chogâda hech kimdan kam boâlmagan hayotga intilishlarimiz yuksak samaralar berayotganligini yaqqol koârsatib turibdi. Albatta, tegishli tashkilotlar tomonidan koârilayotgan bunday keng koâlamli chora-tadbirlar oâz samaralarini bermoqda. Ammo, bu aslo beparvolikka berilish kerak degani emas. Bugungi pishiqchilik mavsumida har birimizning sanitariya va gigiyena qoidalariga qatâiy rioya etishimiz yuqumli kasalliklardan ishonchli himoyalanishning oddiy va ishonchli kafolati ekanini unutmasligimiz darkor. Zero, tibbiyot amaliyotiga koâra, har qanday infeksiyaga qarshi kurashning asosi â bu epidemiyaga qarshi eng zamonaviy uslublardan foydalangan holda, ularning oldini olish, sogâlom turmush tarziga, oddiy sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish, odamlarga, ayniqsa, farzandlarimizga buning mohiyatini keng targâib etish va tushuntirishdan iborat. Shu bois bozorlarimizda, umumiy ovqatlanish muassasalarida goâsht, sut, meva-cheva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sotayotganlar ham, ularni xarid va isteâmol qilayotganlar ham, avvalo, mahsulotning tozaligi va ozodaligiga alohida eâtibor qaratishi, mahsulotlarni saqlash hamda sotish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatâiy amal qilishlari zarur. Ayni paytda, yozgi taâtilga chiqqan farzandlarimizning toâgâri kelgan joylardagi suv havzalarida choâmilishining oldini olishimiz ham ularni yuqumli kasalliklardan himoya qilishning eng ishonchli yoâllaridandir. Shukrki, bugun mamlakatimiz shahar-qishloqlarida xalqaro standartlar talablari asosida bunyod etilgan, toza-ozoda suzish havzalari va basseynlar koâp. Oâgâil-qizlarimizni bunday zamonaviy sport inshootlariga jalb etishimiz ularning sogâlom hayot tarziga intilishini kuchaytirib, turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Inson â tabiatning buyuk moâjizasi. Inson oâz sogâligâini asragan taqdirdagina tabiatni, hayot davomiyligini asragan boâladi. Shunday ekan, har bir inson oâzi haqida oâylashi, sogâligâi haqida qaygâurishi, oâzini oâzi qadrlashi farz va qarzdir. Yurtboshimiz taâbiri bilan aytganda, Alloh taolo bergan sogâligâimizni asraylik. Chunki sogâlom odamgina chinakam baxtli boâladi, chunki faqat sogâlom xalq, sogâlom millat buyuk ishlarga qodir boâladi.
Xusniddin (11 Nov 2016 11:43)
Boshidan oxirigacha o'qing va mavzu yoqgan bo'lsa + va raxmat ni bosvoring !
Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/14/356/