Mavzu: Shifokor maslahati (Online)
57. QIROLUS (1152) [off] | TXT | 4| 11 Aug 2018, 15:51
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
58. QIROLUS (1152) [off] | TXT | 20| 11 Aug 2018, 15:58
Nima qilay yong'oqmi qanaqa maxsulot yiyishni maslahat beraslar xotirani mustaxkamlash uchun.
59. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 20| 11 Aug 2018, 16:37
QIROLUS (11 Aug 2018, 15:58):
Nima qilay yong'oqmi qanaqa maxsulot yiyishni maslahat beraslar xotirani mustaxkamlash uchun.
Kinguzz, tiniq havoda ko'proq aylaning
Ijobiy (1): Tayotabek,
Raxmat aytdi (1): QIROLUS,
60. Temati (104) [off] | TXT | 19| 11 Aug 2018, 16:41
QIROLUS (11 Aug 2018, 15:58):
Nima qilay yong'oqmi qanaqa maxsulot yiyishni maslahat beraslar xotirani mustaxkamlash uchun.
Kinguzz, Xotirani mustahkamlash usullari:

Esda saqlab qolishni xohlagan narsamizni ifodali o’qish va uni hech bo’lmaganda bir marta qaytarish lozim. Masalan, telefon raqami, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o’qish, ularni eslab qolishni osonlashtiradi;
Ma’lumotlarni guruhlarga ajratish yoki ularni tanish biror narsa bilan bog’lab, eslab qolish mumkin;
Uzun matnni tezroq yod olishda o’qilayotgan ma’lumotning ko’rinishini miyada yaratish, ularni tasavvur qila olish orqali inson ma’lumotni yana-da osonroq esda saqlab qola oladi;
O’qiyotgan narsaga biror kulgili yoki bema’ni narsani bog’lash – bu xotirani hissiyotlarga bog’lashga ko’mak beradi.
Sizda xotira susayishi kuzatilayaptimi? Unda:

1Ayollar uchun har hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi;

2Ovqatlanish tartibiga va ovqat tarkibiga e’tibor bering: inson miyasi tana og’irligining atigi 2% ini tashkil qiladi, lekin qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarining 20% ini iste’mol qiladi;

3Miya – tananing bir bo’lagi. Shu bois, tanamiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam beradi;

4Miyani yangi g’ayrat, faollik bilan harakatga undang O’rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining sababi ham – yashab turgan muhitimizni o’rganish, o’zgartirish hisoblanadi;

5Miyangizni chetdagi odamlar fikrlari asosida emas, balki o’z shaxsiy fikrlaringizga tayangan holda ishlating. Boshqalar fikri asosida qarorlar qabul qilish bora-bora miyani dangasa qilib qo’yadi. Fikrlarni jamlab, tahlil qilish orqali so’nggi xulosani faqat o’zingiz chiqarishingiz lozim. Shu yo’sinda o’z miyangizni mashq qildirib borasiz;

6Yangiliklarga intiling. Tadqiqot olib borish, sayohat qilish, turar joyni o’zgartirib turish foydali bo’lib, insonni muhitga ko’proq e’tibor berishga undaydi;

7Yangi til o’rganishing. Olib borilgan izlanishlarga ko’ra,, o’z tilini ham yaxshi bilmaydiganlar yoki xorijiy tillarni bilmaydigan insonlar xotira susayishi kasaliga nisbatan ko’proq duchor bo’lishar ekan;

8Asabiylashish va xavotirlanish nafaqat nerv xo’jayralarini nobud qiladi, balki yangilarining yaralishiga to’sqinlik qiladi. Miyadagi nerv xo’jayralarining qanchalik uzoq yashashi ulardan qanday foydalanishimizga bogliq. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va jilmayib yurishga odatlaning.

9Hayotda zabt etishingiz mumkin bo’lgan cho’qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni uyg’otuvchi so’zlar, nutqlarni tinglang, o’qing. Maktab, kollej, oliy o’quv yurtini tugatgandan so’ng ham izlanishda davom eting. Bunda yoshning ahamiyati yo’q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko’rinadi;

10Qolaversa, tabiatimizning o’zi tabib: mayiz, yong’oq, asal, sut mahsulotlari xotira pasayishiga davo sifatida e’tirof etiladi.
Raxmat aytdi (1): QIROLUS,
61. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 20| 11 Aug 2018, 18:12
QIROLUS (11 Aug 2018, 15:58):
Nima qilay yong'oqmi qanaqa maxsulot yiyishni maslahat beraslar xotirani mustaxkamlash uchun.
Kinguzz, Men ham bir vaqtlar yong'oqga ishonib yeb yurgandim natija 0ga teng bölgan edi:grin:
Özim sinagan va foyda bergan va beryapganlari
1. Köproq tozza havoda sayr qiling
2. Töyib uxlang (8 9 hk soat) opetdaham 20 30minut uxlen miyaga dam böladi
3. Sport bn shug'ulaning
4. Xotirani charxlang sherlar yodlang tel nomerlarni xotirada saqlang yani nomerlarni ham yodlang.
5. Asabingizni asrang ichki xotirjamlik degandey:gy:
6. Inetga kamroq kiring
Tög'risi men netga kirishni boshlaganimdan keyin uyquga töymaydigan böldim(kechqurunlari netda ötirardimda. Kunduzu uyqusirab yurardim. Netdan keyin köp asabim buziladigan böldi. Dangasa böb qoldi köp netda yurardim ish qilish sport 2 örin böb qogandi. Shunda mandaxam xotira susayapganini sezdim. Keyin tepadagi 6ishni qilishni boshlaganimdan keyin hamasi joyiga tushib ketti. Tögrisi Yong'oq dori sedana hklar foyda berishiga uncha ishonmayman chunki foyda bermagan))
Ijobiy (3): Ashurov, fokuschi, Azartnik,
Raxmat aytdi (1): QIROLUS,
62. Azartnik (121) [off] | TXT | 34| 11 Aug 2018, 18:36
Tayotabek (11 Aug 2018, 18:12):
Kinguzz, Men ham bir vaqtlar yong'oqga ishonib yeb yurgandim natija 0ga teng bölgan edi:grin:
Özim sinagan va foyda bergan va b• • •
Tayotabek, Men ham netga ko'p kirib kam uxlab asabiy bo'lib qolganman asta sekin ichki xotirjamlikga erishmoqchiman xd
63. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 34| 11 Aug 2018, 18:46
Shifokor kim bu forumda?
<<<1..5678910111213..20>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 395
Mavzuga oid xabarlar soni: 135 ta
So'ngi faollik vaqti: 6 Feb 2019, 00:10
Mavzuni ko'rishgan: 100 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 165 (0/165)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru