Mavzu: Bosh oshpazdan 5 ta pazandalik maslahati (JAMIYAT VA INSON/Pazandalik sirlari) ExcLusive (15 Jul 2017 14:17) [b][green]Bugun sizga Live Kitchen pazandalik studiyasi oshpazining tezroq va mazaliroq tayyorlashga yordam beruvchi bir necha sirlarini oshkor qilmoqchimiz.
1. Pomidorning po‘stini pichoq bilan oling
Ba’zan retseptlar uchun po‘sti olingan pomidorlar talab qilinadi. Ayniqsa qaylalar yoki pyure-sho‘rvalar masalasiga kelganda: po‘stloq tarkibni o‘zgartiradi yoki bundan ham yomonrog‘i taxir qiladi va ta’mini buzadi. Uni olib tashlash uchun pichoq va biroz epchillik kerak bo‘ladi.
Pichoqni o‘tkirlang. Po‘stlog‘i oson olinishi uchun u o‘tkir bo‘lishi kerak.
Pomidorlarni tayyorlang. Ularni yuving va sochiqcha bilan artib quriting.
Pomidorlarni bo‘laklarga ajrating. Ularni ishlov beruvchi taxta ustiga po‘stini pastga qilib qo‘ying.
Ehtiyotlik bilan, etiga tegizmasdan po‘stini kesing. Keyin urug‘larini olib tashlang.
2. Qiymaga sariyog‘ qo‘shing
Yog‘ bo‘tqani va kotletlarni ham buzmaydi. Bu masalliq tufayli ular shirador va mazali chiqadi.
Bir bo‘lak sariyog‘ oling. 1 kg qiymaga 100 g yog‘ qo‘shish kerakligini hisobga oling.
Yog‘ bo‘lagini yirik qirg‘ichda qiring.
Yog‘ni qiymaga qo‘shing va aralashtiring.
3. Ziravorlarni tovada qovurib oling
Taomlarga quruq o‘tlar va ziravorlar qo‘shuvchilar uchun maslahat. Bevosita tayyorlash oldidan xushbo‘y hidini kuchaytirish uchun ularni quruq tovada qovuring.
4. Tayyorlash oldidan shampinyonlarni yuvmang
Shampinyonlar yaxshi va qizarib qovurilishi uchun ularni yuvmaslik lozim. Faqat po‘stini kesishning o‘zi yetarli.
Shampinyonlardan tuproqlar qoldig‘ini silkitib tushiring.
Bandlarini kesib tashlang.
Boshidagi po‘stlog‘ini pichoq bilan olib tashlang.
5. Limon sharbatini qo‘llaringiz bilan siqing
Limon sharbatini qo‘shimcha moslamalarsiz siqib olish mumkin.
Limonni kaftingiz bilan bosib taxta ustida aylantiring. Asoslarini kesing. Uni idish ustida ushlab turing va kaftlaringiz ichida aylantiring.
Limonni ikkiga ajrating. Navbati bilan har birini oling va barmoqlaringiz bilan eti ustiga bosib teskari ag‘daring.[/b][/green] Inson (15 Jul 2017 16:42) Bu mavzuni nega ochdish bu yerda qizlar yoq bolsa ExcLusive (15 Jul 2017 16:43) Qizlar bo'lishi sharti? PARICHA (15 Jul 2017 16:45) zorku faqat qizlar ovqat piwiradimi silar ham bilib osela ziyoni yoq .voyy. Yandex (15 Jul 2017 16:47) Man mavzuni o'qib umrimda birinchi bor bugun tuxum quvurdim mazasi yomon emas vaziyat xam shuni taqazo qildi uyda ayol kishi yo'qligi bilindi oldinlari bunday vaziyatd roltin yoki tuxum qaynatardim muximi o'sish bor toamlarim ro'yxati ko'payapti :kozz: Inson (15 Jul 2017 17:03) Man botqa qilishni kartochka qovurdoqni yana quymoq qilishni bilaman UzKhan (15 Jul 2017 17:04) Koop oxqatni bilaman. Har holda och qolmayman :koz: ExcLusive (15 Jul 2017 17:07) --Javob-- UzKhan (15 Jul 2017 17:04): Koop oxqatni bilaman. Har holda och qolmayman :koz: ---------- UzKhan, osh qilishni bilasmi. UzKhan (15 Jul 2017 17:08) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 17:07): UzKhan, osh qilishni bilasmi. ---------- ExcLusive, Haaaa lekin tajriba qilib kormaganman PARICHA (15 Jul 2017 17:09) Erkak kiwini qoli wirin boladi diyiwadi Jaa qizlachalimas :joy: UzKhan (15 Jul 2017 17:11) --Javob-- PARICHA (15 Jul 2017 17:09): Erkak kiwini qoli wirin boladi diyiwadi Jaa qizlachalimas :joy: ---------- PARICHA, Davay spor lashamizmi. PARICHA (15 Jul 2017 17:12) --Javob-- UzKhan (15 Jul 2017 17:11): PARICHA, Davay spor lashamizmi. ---------- UzKhan, nimani spor qivos .voyy. ExcLusive (15 Jul 2017 17:24) --Javob-- UzKhan (15 Jul 2017 17:08): ExcLusive, Haaaa lekin tajriba qilib kormaganman ---------- UzKhan, osh qilishni man 50% bilaman. NasTinKa (4 Sep 2017 09:08) :koz: Tobaga yog' solamiza va Maromida Qizdiramiza So'ng ikkita Tuxum Chaqvoramiza :jaxl: Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/15/1571/