JAMIYAT VA INSON
|
Pazandalik sirlari
|
Mavzu:
To`yimli salat - iftorlik uchun taklif!
Mavzu fayllari
(0)
Hayrli Kech ! Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go`shti (suyaksiz qismi), 2 ta bulg`or qalampiri, 1 bosh piyoz, 4 osh qoshiq konservalangan yashil no`xat, petrushka, shivit, zaytun yog`i, 1 choy qoshiq balzamli sirka, qalampir, qora murch, tuz. Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini o`rtacha kattalikda to`rtburchak qilib to`g`rab, tuz, murch seping. Qizdirilgan zaytun yog`ida 5–7 daqiqa qovuring. 2. Piyoz va bulg`or qalampirini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang-da, qovurilgan tovuq go`shti va yashil no`xat bilan aralashtiring. 3. Endi salatga maydalangan ko`katlarni solib, sirka va 2 choy qoshiq zaytun yog`ini quying. Yaxshilab aralashtirgach, dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaxa:-) [b]1117dan so'ng qo'shdi...[/b] Ko´rinishi !!!
Yuklab olish
Onlayn 241 (0/241)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa