Mavzu: Pishiriqlar va shirinliklar haqida retseptlari, usullari... (JAMIYAT VA INSON/Pazandalik sirlari) Shahzodbek (13 Jan 2020 19:51) Paxlava— mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan. O’zbek oshxonasida paxlava an’anaviy tarzda Navro’z bayramida dasturxonga tortiladi.
[b]3194dan so'ng qo'shdi...[/b]
Ko'rinishi :
[b]16993dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Paxlava retsepti
Paxlava tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo’ladi: [/b]
[red]*[/red].sariyog’ — 350 g
[red]*[/red].smetana — 300 g
[red]*[/red].tuxum — 4 dona
[red]*[/red].un — 4 stakan
[red]*[/red].iste’mol sodasi — 1 choy qoshiq
[red]*[/red].shakar — 2,5 stakan
[red]*[/red].yong’oq — 2 stakan
[red]*[/red].asal — 2 osh qoshiq
Paxlava tayyorlash jarayoni
Paxlava tayyorlashning juda turli usullari mavjud, ushbu retseptda ulardan biri keltiriladi.
Dastavval paxlava xamirini tayyorlash kerak. Un 300 gramm sariyog’ bilan aralashtiriladi, so’ng 3 ta tuxum sarig’i, smetana va soda qo’shiladi, xamir qorilib, 1 soatga sovutgichga olib qo’yiladi.
So’ng sovutgichdan olinib, xamir 8 ta kichik zuvalalarga bo’linadi. Zuvalarning ikkitasi biroz kattaroq bo’lishi kerak. Bu eng pastki va eng ustki qavat uchundir.
Nachinka tayyorlash: yong’oqlarni maydalash kerak, lekin un kabi juda maydalab yuborish ham yaramaydi, kichik bo’lakchalar qolishi kerak. Yong’oqni shuningdek qovurib olish ham mumkin. Buning uchun yong’oq 150 darajagacha qizdirilgan pechga 5-7 daqiqaga qo’yib olinadi. Bu paxlava tayyorlash sirlaridan biridir, qovurilgan yong’oqlar bilan paxlava yanada mazali chiqadi.
4 ta tuxum oqi, shakar va maydalangan yong’oq birlashtiriladi.
Har bir xamir zuvalasi un sepilgan yuzada ingichka qilib yoyiladi.
Protivenga qavat qilib xamir yoyiladi, har bir qavat ustiga bir tekisda nachinka qo’yiladi, lekin zich tarzda emas. Shu tariqa xamir-nachinka ketma-ketligida davom ettiriladi. Eng pastki va ustki qavat xamirlari biroz qalinroq bo’lgani yaxshi, shunda u yopishib qolmaydi yoki kuymaydi. Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/15/3513/