Mavzu: Pishloq Tayyorlash haqida (JAMIYAT VA INSON/Pazandalik sirlari) Xusniddin (20 Nov 2016 15:13) Pishloq tayyorlash haqida suhbatlashamiz
Uy sharoitida pishloq tayyorlash
Xabaringiz bo'lsa kerak odatda pishloqlarni tayyorlash uchun ham oqliq (Turk tilida-maya) ishlatiladi. Bu pishloq uchun oqliq shart emas. Turkiyada bu pishloqni nomi- Lor, Inglizchasi- Curd ekan.
Men 5 litr sut olaman har hafta, olgan sutimni 1 litrga yaqinini ishlatgandim, qolganidan pishloq qildim, 500 gr-ga yaqin pishloq hosil boldi. Siz ham sutingizni miqdoriga qarab ishlatiladigan sirka va tuz miqdorini belgilashingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
4 litr sut
5 choy qoshiq sirka (olma, uzum sirkasi farqi yo'q)
Agar tuzli xohlasangiz tuzlamalarga ishlatiladigan maxsus qoya yoki dengiz tuzi, men 1 qoshiq tuz soldim.
Tayyorlanishi:
Sutni qaynatishga qoying, qaynay boshlaganda sirkani soling, aralashtiring. Sut qattiqlashib, qoyiqlasha va yashil suvi ajrala boshlagandan keyin yana 2 daqiqa qaynating. Olovdan oling. 20 daqiqa shunday tursin.
Qatiq suzadigan buyumingizni (marli, paxtali materaldan tikilgan xalta) suzadigan idishingizga ogzini ochib yeguliklarni suzadigan buumingizga joylashtiring. Pishloqqa aylana boshlagan qorishmani suti bilan birga xaltaga toking.
Tuzli xohlasangiz shu qismda tuzini solishingiz mumkin. Xalta yoki marlining ogzini boylab ustiga ogir narsa qoying, men ichiga suv toldirilgan qozonchamni qoydim.
Ustiga ogir buyum qoyilgan holda pishloqimiz 4 soat qolishi kerak. Bu vaqt otgandan keyin pishloqni xaltamizdan olib tograymiz va bolaklarga bolib, ogzi yopiladigan idishga solamiz. Pishloq 5-6 kungacha aynimaydi.
Pishloqimiz korib turganingizday ortiqcha moddalarsiz tayyorlandi.
Pishloq suvini agar non, bulochka qiladigan bolsangiz shularda bemalol ishlating....
Yoqimli ishtaha.!! RichBoy (20 Nov 2016 15:55) siz yozganmisiz o'zi oqib o'lib qolay dedim lekin:lol: Xusniddin (20 Nov 2016 17:02) --Javob-- RichBoy (20 Nov 2016 15:55): siz yozganmisiz o'zi oqib o'lib qolay dedim lekin:lol: ---------- RichBoy, tushunmadim RichBoy (20 Nov 2016 17:03) --Javob-- Xusniddin (20 Nov 2016 17:02): RichBoy, tushunmadim ---------- Xusniddin, shuni o'z qo'liz bilan yozdizmi? tayorlaganmisiz pishloq? Xusniddin (20 Nov 2016 17:27) --Javob-- RichBoy (20 Nov 2016 17:03): Xusniddin, shuni o'z qo'liz bilan yozdizmi? tayorlaganmisiz pishloq? ---------- RichBoy, tayyorlaganman lekin buni copy qildim BaDBoY (20 Nov 2016 17:35) --Javob-- Xusniddin (20 Nov 2016 17:27): RichBoy, tayyorlaganman lekin buni copy qildim ---------- Xusniddin, qanaqa chiqgan ozizga yoqganmi Xusniddin (20 Nov 2016 17:43) --Javob-- BaDBoY (20 Nov 2016 17:35): Xusniddin, qanaqa chiqgan ozizga yoqganmi ---------- BaDBoY, ha juda yoqgandi RichBoy (20 Nov 2016 17:45) --Javob-- Xusniddin (20 Nov 2016 17:27): RichBoy, tayyorlaganman lekin buni copy qildim ---------- Xusniddin, yaxshi Xusniddin (20 Nov 2016 19:31) --Javob-- RichBoy (20 Nov 2016 17:45): Xusniddin, yaxshi ---------- RichBoy, offtopic qilmang Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/15/431/