Mavzu: Suyuq Taomlar tayyorlashni o'rganamiz (JAMIYAT VA INSON/Pazandalik sirlari) Xusniddin (20 Nov 2016 15:47) Bu mavzuda biz Suyuq ovqat pishirish usullarini yozib boramiz. Offtopic flud qilmezlar iltimos. Postlar yoqsa + va kerakli ma'lumot topsangiz Raxmat ni bosing ! Xusniddin (20 Nov 2016 15:48) 1-taom:
Nomi: Jo‘xori sho‘rva
Kerakli masaliqlar:
piyoz - 1 dona
un - 2 choy qoshiq
sariyog' - 2 choy qoshiq
tuz - 1 ta'bga ko'ra
murch - 1 ta'bga ko'ra
sut - 1 litr
jo'xori - 500 gr
Tayyorlash :Bu nihoyatta mazzali va to‘yimli sho‘rvani jo‘xori yoki uning korservasidan tayyorlasa bo‘ladi. Boshqa masalliqlardan piyoz, un va sut kerak. Sho‘rvani ta'mini yanada boyitish uchun tarkibiga murch va sariyog‘ qo‘shiladi. Bu sho‘rvani tayyorlash uchun sizga blender yoki oshxona kombayni kerak bo‘ladi. Piyozni o‘rta olovda o‘simlik yog‘ida yengil qovurib olinadi. Piyoz qizarib ketmasligi kerak. Qovurilgan piyozga un qo‘shib... bir daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan jo‘xori qo‘shib kavlab turib, biroz qovurib olamiz. Sutni 1/3 qismini qo‘shib yaxshilab aralashtirib olinadi. Qolgan sutni ham qo‘shib 20 daqiqa davomida past olovda tez tez kavlab turib qaynatiladi. Qo‘shimcha: agar jo‘xori konservalangan bo‘lsa yuqoridagi 20 daqiqa o‘rniga 10 daqiqada tayyor bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani blenderdan o‘tkazib olamiz. Blenderdan o‘tkazilgan sho‘rvani mayda teshikli elakdan o‘tkazamiz. Tayyor sho‘rvani olovga qo‘yamiz, qaynab chiqqach sariyog‘, tuz va murchlarni qo‘shib aralashtiramiz va olovni o‘chiramiz Xusniddin (20 Nov 2016 15:49) Nomi: HO’L NORIN
Kerakli masaliqlar:
kungaboqar yog'i - 200-250 gr
un - 300 gr
tuxum - 1 dona
suv - 100 gr
tuz - 15 gr
qazi - 1 dona
ot go‘shti - 700 gr
Tayyorlash: Un, tuxum, suv va tuzni aralashtirib, yaxshilab xamir qoriladi va 20-30 daqiqa tindiriladi. So’ngra tindirilgan xamirni yupqa qilib yoyib, taxminan 15-20x20 sm hajmda to’rtburchak shaklida kesiladi.
Ozroq tuz va o’simlik yog’i qo’shib qaynatilgan suvga, qaynayotgan suv idishini hajmiga qarab, 2-3 tadan xamir bo’laklarini solib pishirib olinadi.
Pishib chiqqach xamirlarni chovlida suzib olib, bir‑biriga yopishib qolmasligi uchun xamirni imkon boricha tezroq yoyib qo’yish kerak. Xamirlarni yaxshi qurishi uchun matoning ustiga yoyib qo’yish maqsadga muvofiq. Xamir qo’lga yopishmaydigan tarzda qurigach, ularning boshqa tarafi qurishi uchun ag’darib chiqish lozim.
So’ngra qurigan xamir bo’laklarini har biriga o’simlik yog’i surtib, yassi idishga taxlanadi.
Yog’lab taxlangan xamir bo’laklarini eniga 4-5 smda tasma qilib kesiladi.
5-6 qavatli tasmani mayin qilib ugra kabi to’g’raladi.
Norinning chiroyi xamirning qanchalik mayin to’g’ralganiga bog’liq. Odatda yaxshi qurimasa yoki xamir qatlamlari orasini yaxshi yog’lanmasa, to’g’ralgan xamirlar bir‑biriga yopishib qolishi mumkin, shuning uchun qurish va yog’lashga alohida ahamiyat bering. Keraklicha tuzlangan ot go’shtini qazi bilan 1-1:30 soat mobaynida miltillatib qaynatib olinadi va go’sht bilan qazini suzib olib sovutishga olib qo’ying, sho’rvasini to’kib yuborishga shoshilmang u bizga kerak bo’ladi. Qaynatib olingan go’shtni ham mayda qilib to’g’raladi.
Endi to’g’ralgan xamir va go’sht va o’simlik yog’i qo’shib, ta’bga ko’ra zirani yanchib hammasini birgalikda aralashtiriladi. Dasturxonga tortiq qilishda kosaga tayyor bo’lgan norinni solinadi. So’ngra olib qo’yilgan go’sht va qazi qaynatib olingan sho’rvaning tuzi rostlanib, kosadagi norin ustiga quyiladi. Ustiga parrak qilib kesilgan bir yoki ikki dona qazi bilan dasturxonga tortiladi. Ta’bga ko’ra yupqa to’rg’algan piyozga qora murch sepib ho’l norin bilan tortiq ham qilish mumkin. Xusniddin (20 Nov 2016 15:50) Nomi: Mastava
Kerakli masaliqlar:
mol go'shti - 300 gr
kartoshka - 1-2 dona
sabzi - 1-2 dona
piyoz - 1-2 dona
pomidor - 1-2 dona
kungaboqar yog'i - 100-150 gr
bulg'or qalampir - 1-2 dona
guruch - 100 gr
tuz - ta'bga ko'ra
ko'kat - ta'bga ko'ra
ziravor - ta'bga ko'ra
Go’sht va barcha sabzavotlarni mayda kubik shaklida to’g’raladi va qizib turgan yog’da aval go’shtni solib qovuriladi. Shu o’rinda go’sht haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, kimdir “mastava faqat qo’y yog’ va qo’y go’shtidan tayyorlanishi kerak” deb e’tiroz bildirishi tabiy. Ishoning go’sht bu asosiysi emas to’g’ri kim uchundir qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan ko’proq yoqar, to’g’ri qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan yumshoqroq bo’lishi mumkin. Lekin biri bo’lmasa yoki yoqmasa ikkinchisidan foydalansa ham bo’laveradi.
Qozondagi go’shtni 3-4 daqiqa qovurib, ortidan piyoz va mastavaga rang berish uchun pomidor solib qovurishni davom ettiriladi, agar pomidor bo’lmasa o’rniga yarim osh qoshiq tomat pastasi qo’shib qovurish mumkin.
So’ngra navbat bilan sabzi, qartoshka, bulg’ori qalampiri va sarimsoq solib qovuriladi, ortidan tuz va murch qo’shib suv quyiladi.
Endi mastavaning eng muhim va nozik tomoniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak bu albatta guruch xisoblanadi. Chunki ko’p xollarda mastavaga guruchni muddatidan oldin solib qo’yilgani yoki keragidan ortiq turib qolgani bois guruchlar bo’kib, ezilib ketgan bo’ladi. Bu esa mastavaning ta’miga va sifatiga ta’sir qilishi aniq. Shuning uchun gurunchni oxirgi bosqichda, taomni dasturxonga tortiq qilishdan tahminan 10-15 daqiqa oldin solinadi va shundagina mastavadagi guruchlar dona-dona bo’lib turadi.




Eslatma: buyurtmaga ham taom yozing shaxsiy xabarga qo'ldan kelgancha yozib qoldiramiz albatta bepul. Xusniddin (20 Nov 2016 15:51) Nomi : Go'ja
Kerakli masaliqlar:
tuz - 1 choy qoshiq
yalpiz - 6 dona
rayhon - 10 dona
bug'doy - 500 gr
qatiq - 1.5 litr
Tayyorlanish jarayoni:
Odatda go'ja tayyorlashdan oldin bug'doyni hovonchaga solib yaxshilab atalashar edi, ammo hozirda bozordagi don va don mahsulotlari sotiladigan rastalardan borib go'ja uchun maxsus oshlangan bug'doylar xarid qilish mumkin.
Bug'doyni yaxshilab sovuq suvda yuvib, taxminan 3-4 litr suv solib bug'doy yorilib pishgunga qadar avval o'rta olovda, so'ngra past olovda qaynatiladi. Bug'doy pishguncha suvi ham kamayib boradi.
So'ngra pishgan bug'doyni salqinroq joyga qo'yib sovutiladi. Agar imkon bo'lsa, muzlatgichga solib qo'yish ham mumkin. Faqat bug'doyni issiqligida muzlatgichga solmaslik lozim.
Bug'doy sovugach qatiq yoki suzmani sovuq suv bilan aralashtirib suyultirib olinadi, oshko'kat va tuz-murchlarni solib aralashtiriladi.
Tayyor bo'lgan go'jani sovuq holida dasturxonga tortiq qilishni tavsiya etiladi Xusniddin (20 Nov 2016 15:51) Nomi : Ukraincha Borsh
Kerakli masaliqlar:
kartoshka - 400 gr
sabzi - 200 gr
piyoz - 150 gr
kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
bulg'or qalampir - 100 gr
sarimsoqpiyoz - ta'bga ko'ra
lavlagi - 400 gr
tuz - ta'bga ko'ra
ukrop - 10 gr
dafna bargi - 2 dona
sirka - 1 osh qoshiq
tomat pastasi - 60 gr
kashnich (kinza) - 10 gr
oq karam - 400 gr
qizil qalampir - ta'bga ko'ra
mol qovurg‘asi - 800 gr
Tayyorlanishi: Qovurg‘alar yuvilib, ustidan 4 list suv quyiladi. Suvi qaynab chiqqach, ustidan ko‘pigi olinadi. Taxminan 1,5 soat davomida qaynatiladi.
Qizil lavlagi ingichka qilib somoncha shaklida to‘g‘raladi. Tovaga solinib, ustidan ko‘mguncha qovurg‘a qaynatilgan sho‘rva quyiladi va sirka qo‘shiladi. So‘ngra 10 daqiqa davomida qovuriladi.
Tovada o‘simlik yog‘i qizdiriladi. Shu yog‘da sabzi, piyoz qizg‘ish tusga kirgunga qadar qovuriladi.
Kastryulyada qaynayotgan sho‘rvaga sabzi va lavlagili qovurib olingan aralashma hamda kubik shaklida kesilgan kartoshka, qizil lavlagi solinib, qaynatiladi. Dafna bargi qo‘shilib, kastryulya qopqog‘i yopiladi. Shu yo‘sinda 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Karam ingichka to‘g‘ralib, borshga qo‘shiladi.
5 daqiqadan so‘ng somoncha shaklida kesilgan tomat pastasi qo‘shilib, qaynash holatiga olib boriladi va olovdan chetga olinadi.
Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi. Barchasi kastryulyaga solinadi, chili qalampiri va tuz sepilibib, kechasiga tindirishga olib qo‘yiladi. Ertasi kuni issiq holda smetana va sarimsoq bilan dasturxonga tortiladi. Viruzbek (20 Nov 2016 19:17) --Javob-- Xusniddin (20 Nov 2016 15:51): Nomi : Ukraincha Borsh
Kerakli masaliqlar:
kartoshka - 400 gr
sabzi - 200 gr
piyoz - 150 gr
kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
bulg'or qalampir - 100 gr
sarimsoqpiyoz - ta'bga ko'ra
lavlagi - 400 gr
tuz - ta'bga ko'ra
ukrop - 10 gr
dafna bargi - 2 dona
sirka - 1 osh qoshiq
tomat pastasi - 60 gr
kashnich (kinza) - 10 gr
oq karam - 400 gr
qizil qalampir - ta'bga ko'ra
mol qovurg‘asi - 800 gr
Tayyorlanishi: Qovurg‘alar yuvilib, ustidan 4 list suv quyiladi. Suvi qaynab chiqqach, ustidan ko‘pigi olinadi. Taxminan 1,5 soat davomida qaynatiladi.
Qizil lavlagi ingichka qilib somoncha shaklida to‘g‘raladi. Tovaga solinib, ustidan ko‘mguncha qovurg‘a qaynatilgan sho‘rva quyiladi va sirka qo‘shiladi. So‘ngra 10 daqiqa davomida qovuriladi.
Tovada o‘simlik yog‘i qizdiriladi. Shu yog‘da sabzi, piyoz qizg‘ish tusga kirgunga qadar qovuriladi.
Kastryulyada qaynayotgan sho‘rvaga sabzi va lavlagili qovurib olingan aralashma hamda kubik shaklida kesilgan kartoshka, qizil lavlagi solinib, qaynatiladi. Dafna bargi qo‘shilib, kastryulya qopqog‘i yopiladi. Shu yo‘sinda 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Karam ingichka to‘g‘ralib, borshga qo‘shiladi.
5 daqiqadan so‘ng somoncha shaklida kesilgan tomat pastasi qo‘shilib, qaynash holatiga olib boriladi va olovdan chetga olinadi.
Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi. Barchasi kastryulyaga solinadi, chili qalampiri va tuz sepilibib, kechasiga tindirishga olib qo‘yiladi. Ertasi kuni issiq holda smetana va sarimsoq bilan dasturxonga tortiladi. ---------- Xusniddin, oziz tayorlab korganmisz ? Xusniddin (20 Nov 2016 19:21) --Javob-- Viruzbek (20 Nov 2016 19:17): Xusniddin, oziz tayorlab korganmisz ? ---------- Viruzbek, opam tayyorlab beradi har doim man esa retsep yozaman Viruzbek (20 Nov 2016 20:24) --Javob-- Xusniddin (20 Nov 2016 19:21): Viruzbek, opam tayyorlab beradi har doim man esa retsep yozaman ---------- Xusniddin, retsepni maktab oquvchisi xam gazeta matbuotdan oqib yozaveradi oziz tayorlaganiz xissob Xusniddin (20 Nov 2016 21:20) --Javob-- Viruzbek (20 Nov 2016 20:24): Xusniddin, retsepni maktab oquvchisi xam gazeta matbuotdan oqib yozaveradi oziz tayorlaganiz xissob ---------- Viruzbek, manam tayyorlaganman Viruzbek (20 Nov 2016 21:31) --Javob-- Xusniddin (20 Nov 2016 21:20): Viruzbek, manam tayyorlaganman ---------- Masalan qanday taomni ? Xusniddin, Xusniddin (20 Nov 2016 21:41) --Javob-- Viruzbek (20 Nov 2016 21:31): Masalan qanday taomni ? Xusniddin, ---------- Viruzbek, no'xatsho'rva Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/15/432/