Mavzu: Suniy hovuzda Baliq boqish
22. Yandex (112) [off] | TXT | 14| 15 Jul 2017, 14:59
BALIQ OʻSTIRISH - hovuz va b. suv havzalarida baliqlarga ozuqa berib boqish. Zogʻora baliq, xonbaliq, oʻtxoʻr baliq, sudak, ilonbaliq va b. baliqlarni boqish tartibi ishlab chiqilgan. Issiqsevar baliqlar (zogʻora baliq, tovonbaliq, leshch, amur va b.) boqiladigan hovuzlar oʻtloqi va botqoqli hududlarda barpo etilib, ularga daryo, kanal, kollektorlardan hamda koʻllardan suv olinadi. Salqinsevar baliqlar (xonbaliq, sulaymonbaliq va oqbaliq) boqiladigan hovuzlar organik moddalar kam boʻlgan hududlarda qurilib, ularga buloq va ariqdan suv olinadi. B.oʻ. hovuziga begona baliqlar kirmasligi va hovuz ichidagi baliqlar chiqmasligi uchun suv kiradigan va chiqadigan joyiga maxsus panjara qoʻyiladi. B.oʻ. hovuzi kelajakda undan boshqa maqsadda foydalanishni hisobga olib, kichik daryo qirgʻoqlariga quriladi. B.oʻ. hovuzini uzoq muddat yaxshi saqlash maqsadida, uning meliorativ holatini yaxshilovchi tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlar hovuzdan tashqarida va hovuzda oʻtkaziladi. Birinchisiga suv yigʻiladigan maydoncha qiyaligini zinapoyalarga boʻlish, hovuzga tushadigan suvni tozalash va uni kislorod bilan boyitish, toshqin suvlarni gʻamlash, hovuz ichini loyqa bosishdan saqlash ishlari kiradi. Hovuzni vaqt-vaqti bilan quritib, zarur suv-havo tartiboti yaratish, qamish, qoʻgʻa, lux kabi oʻtlar bosishining oldini olish, hovuzda torf qatlamlari hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, hovuz tubini loyqa va b. choʻkindilardan tozalash ishlari ikkinchi guruhdagi tadbirlardir. B.oʻ.da kunjara, arpa, bugʻdoy va javdar kepagi, baliq uni, goʻsht uni va h.k. ishlatiladi. Baliq ovqati maxsus stolchada beriladi (stolcha suvga 0,5 — 0,75 m botirib qoʻyiladi) yoki hovuz tubiga qurilgan maxsus ovqat maydonchasiga solinadi. B.oʻ.da suvning harorati ham hisobga olinadi. Mac, zogʻora baliq suvning harorati 20 — 26, xonbaliq 15 — 18 boʻlganda yaxshi ovqatlanadi. B.oʻ.da hovuzning meliorativ holati yaxshilanadi.
23. foxmexa (860) [off] | TXT | 14| 26 Dec 2017, 00:14
zur buladi likin bizda suv yaxshi emasde
24. otaw (193) [off] | TXT | 13| 12 Apr 2018, 17:53
SALOM SHU SOHA BUYICHA KIMGA QANDAY MASLAHAT KERAK :koz:
.
.
.
MAN SHU SOHANI TUGATGANMAN MALUMOTIM URTA MAXSUS
25. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 13| 12 Apr 2018, 17:59
otaw (12 Apr 2018, 17:53):
SALOM SHU SOHA BUYICHA KIMGA QANDAY MASLAHAT KERAK :koz:
.
.
.
MAN SHU SOHANI TUGATGANMAN MALUMOTIM URTA MAXSUS
otaw, birinchi yer olishiz kerak, yerga ishlov berib suv to'ldirasiz, suvga kanal yonidan yer olganiz yaxshi
26. otaw (193) [off] | TXT | 13| 12 Apr 2018, 18:00
Prince_Abdul (12 Apr 2018, 17:59):
otaw, birinchi yer olishiz kerak, yerga ishlov berib suv to'ldirasiz, suvga kanal yonidan yer olganiz yaxshi
Prince_Abdul, DUST MAN SHU SOXA BUYICHA UQIGANMAN :koz::
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1051
Mavzuga oid xabarlar soni: 26 ta
So'ngi faollik vaqti: 12 Apr 2018, 18:00
Mavzuni ko'rishgan: 15 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 197 (0/197)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru