Mavzu: Parrandachilik
So'rov natijasi
Siz ham parrandachilik bilan shug'ullanasizmi?
Ha (5)
Yoq (1)
1. Mahmudjon_BEST (M) (533) [off] | TXT | 45| 28 May 2019, 18:03
Parrandachilik— uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. P.ning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. P.da tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan olinadi. Goʻsht yetishtirish uchun goʻsht beradigan tovuq, oʻrdak, kurka, gʻoz, sesarka, goʻsht kaptarlar koʻpaytiriladi. Parranda goʻshti yetishtirishning asosiy manbai — broy-lerlarni boqishdir. Shuningdek, bedanadyan parhez tuxum va goʻsht olinadi.

P. bundan 4 ming yil muqaddam dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan Hin-distoda paydo boʻlgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga asta-sekin tarqalgan. Keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xo-nakilashtirilgan. 18—19-asrlarda Yevropa, Osiyo va Amerikada uy parrandalarining koʻpdan-koʻp zotlari yaratildi.

Oʻzbekistonda 1920-yillarning oxiriga qadar parranda, asosan, jaydari va kammahsul tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada P.ning qishloq xoʻjaligi tarmogʻi tarzida rivojlanishi 20-asrning 20-yillariga toʻgʻri keladi. Birinchi P. fermalari 1929 yil Qoʻqon shahri yonidagi va Samarqand viloya-tidagi artellarda tashkil etilgan. 1930 yil Toshkentda "Oʻzparrandainkubatormarkaz" tuzildi. Oʻsha yili respublikada dastlabki Kattaqoʻrgʻon inkubator styasi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda P. urushdan keyingi yillarda tez rivojlandi. 1950 yil respublikada 11 ta inkubator styasi ishladi. Inkubator P. styalari k-z va s-zlarda P. fermalarini tuzishda yordam berdi. 1959 yil Buxoro inkubator P. styasi negizida respublikada 1-Buxoro P. f-kasi tashkil etildi. 1960 yildan esa inkubator P. styalari 150—180 ming tovuq uchun moʻljallangan Toshkent, Oʻrtasaroy, Samarqand, Gʻallaorol va Fargʻona P. f-kalariga aylantirildi. 1964 yilda Respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 70 dan ortik, P. f-kasi, 12 nayelchilik xoʻjaligi, parrandalar kasalliklari boʻyicha respublika veterinariya lab. va boshqa tashkilotlar ish olib bordi.

1958 yilda Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutida P. boʻlimi, 1985 yilda genetika-seleksiya styasi (1994—2003 yillarda "Naslparranda" ilmiy markazi) tashkil etildi. 1992 yildan respublikada goʻsht yoʻnalishida kurkachilikni rivojlantirish boʻyicha Isroilning "MAD" firmasi bilan hamkorlikda Xonobod (1993), Chimyon (1992), Rishton, Urganch va Yangiyoʻl (1995) P. f-kalari kurkachilikka ixtisoslashdi. Germaniya, Belorussiya, Isroil, Gollandiya, Qo-zogʻistondan keltirilgan zotli tovuq va kurka tuxumlaridan joʻja ochirish yoʻlga qoʻyildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 29 noyabrdagi "Par-randachilik xoʻjaliklarini kurka goʻshti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toʻgʻrisida" qaroriga koʻra, xo-rijdan olingan kreditlar hisobiga kurkachilikka ixtisoslashgan f-kalar soni koʻpaydi.

2003 yil 4 sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining "Parrandachilikda monopoliyadan chikarish va iktisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori bilan "Oʻzparrandasanoat" uyushmasi tugatildi, uning tarkibiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi 25 P. f-kalari toʻliq xususiylashtirildi.
Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda tovuq (tuxum, goʻsht yoʻnalishlari), goʻsht uchun kurka, qisman oʻrdak, gʻoz, parhez taomlar uchun bedana boqiladi. Asosan, tovuqning oq leggorn, "Naslparranda" ilmiy markazida yaratilgan ikki tizimli, mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, yiliga 240—250 donagacha tuxum qiladigan "Oʻzbekiston" krossi yetishtiriladi.

Intensiv P.ningtexnologikjarayonlari sanoat negizida tashkil etilgan boʻlib, yil davomida bir maromda tuxum va goʻsht ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Par-randalar, asosan, quruq aralash yemlar bilan boqiladi. Aralash yemga boʻlgan oʻrtacha yillik ehtiyojlar (bir bosh uchun, kg): kataklarda boqiladigan tuxum beradigan sanoat galalari uchun — 50; tuxum beradigan zotli galalar uchun —54; goʻsht olinadigan galalar uchun — 65; 2 oygacha boʻlgan broyler joʻjalar uchun — 4,7, tuxum olishga moʻljallanadigan 5 oylikkacha boʻlgan joʻjalar uchun —11,8.
Oʻzbekistonda 2000 yilda 1252,9 mln. dona tuxum yetishtirildi, 14 mln. parranda boqildi.
Xorijiy mamlakatlarda P. juda taraqqiy etgan. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa bir kator mamlakatlarda yirik mexanizatsiyalashgan korxonalar barpo etilgan.

Jahonda 20-asrning 80-yillari oxirida 500 mlrd. donadan ortiq tuxum (eng kup AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniyada), 150 mln. t goʻsht ( AQSH, Braziliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya) ishlab chiqarildi. BMT maʼlumotlariga koʻra, jahon mamlakatlarida 14139 mln. tovuq, 244 mln. kurka boqiladi (1999). Yana q. Bedana, Kurka, Tovuk, Gʻoz, Sesarka.

O'ZIMNI HAM UYIMDA 20 GA YAQIN TO'VUQLARIM BOR, BU YIL ULARNI BIR QANCHASI KURK BO'LIB JO'JA OCHDI
Ijobiy (1): itifoq,
2. BaDBoY (896) [off] | TXT | 41| 29 May 2019, 04:36
manam shu yili parrandachilik bilan shugullanvomman xozir uyda 100 dan ortiq bedana boqvomman
Ijobiy (1): Mahmudjon_BEST,
3. SuperOS (5) [off] | TXT | 41| 29 May 2019, 05:18
Manda ham hozir 7 ta tovuqg'im bor keyin 4 ta sayraydigon bedonam ham bor , 1 tavouqg'im hozir kurk bogan, 5 _6 kunni ichida tuxumdan jo'ja chiqadi, oldin broyler jo'ja ham boqqanman,
4. Mahmudjon_BEST (M) (533) [off] | TXT | 35| 21 Jun 2019, 12:20
Parrandachilikni qaysi turidan foyda ko'proq keladi: tovuqchilik , kurkachilik , o'rdakchilik , g'ozchilik , kaptarchilik , bedanachilik?
5. BaDBoY (896) [off] | TXT | 35| 21 Jun 2019, 12:35
Mahmudjon_BEST, tuyaqushchilik yani strauschilik
Raxmat aytdi (1): Mahmudjon_BEST,
6. DERSKI (43) [off] | TXT | 32| 23 Jun 2019, 16:14
manda tuyaqush bor 10ta boqib kõray foydaga qarap kôpaytiraman
7. SanjarUz (17) [off] | TXT | 31| 23 Jun 2019, 16:35
Mahmudjon_BEST (21 Jun 2019, 12:20):
Parrandachilikni qaysi turidan foyda ko'proq keladi: tovuqchilik , kurkachilik , o'rdakchilik , g'ozchilik , kaptarchilik , bedanachil• • •
Mahmudjon_BEST, Broyler joja boqing, foyda :zorr: boladi :)
Oxirgi o'zgarish: SanjarUz (23 Jun 2019, 16:36)
Ijobiy (1): Mahmudjon_BEST,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3385
Mavzuga oid xabarlar soni: 12 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 Jan 2020, 14:02
Mavzuni ko'rishgan: 48 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 210 (0/210)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru