Mavzu: Parrandachilik (JAMIYAT VA INSON/Tadbirkorlik va tijorat) Mahmudjon_BEST (28 May 2019 18:03) [b]Parrandachilik[/b]— uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogÊ»i. P.ning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goÊ»sht; qoÊ»shimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soÊ»yish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goÊ»ngi — qimmatli organik oÊ»gÊ»iti. P.da tuxum, asosan, tuxum yoÊ»nalishidagi, qisman goÊ»sht-tuxum va goÊ»sht yoÊ»nalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan olinadi. GoÊ»sht yetishtirish uchun goÊ»sht beradigan tovuq, oÊ»rdak, kurka, gÊ»oz, sesarka, goÊ»sht kaptarlar koÊ»paytiriladi. Parranda goÊ»shti yetishtirishning asosiy manbai — broy-lerlarni boqishdir. Shuningdek, bedanadyan parhez tuxum va goÊ»sht olinadi.

P. bundan 4 ming yil muqaddam dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan Hin-distoda paydo boÊ»lgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga asta-sekin tarqalgan. Keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xo-nakilashtirilgan. 18—19-asrlarda Yevropa, Osiyo va Amerikada uy parrandalarining koÊ»pdan-koÊ»p zotlari yaratildi.

OÊ»zbekistonda 1920-yillarning oxiriga qadar parranda, asosan, jaydari va kammahsul tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada P.ning qishloq xoÊ»jaligi tarmogÊ»i tarzida rivojlanishi 20-asrning 20-yillariga toÊ»gÊ»ri keladi. Birinchi P. fermalari 1929 yil QoÊ»qon shahri yonidagi va Samarqand viloya-tidagi artellarda tashkil etilgan. 1930 yil Toshkentda "OÊ»zparrandainkubatormarkaz" tuzildi. OÊ»sha yili respublikada dastlabki KattaqoÊ»rgÊ»on inkubator styasi ishga tushirildi. OÊ»zbekistonda P. urushdan keyingi yillarda tez rivojlandi. 1950 yil respublikada 11 ta inkubator styasi ishladi. Inkubator P. styalari k-z va s-zlarda P. fermalarini tuzishda yordam berdi. 1959 yil Buxoro inkubator P. styasi negizida respublikada 1-Buxoro P. f-kasi tashkil etildi. 1960 yildan esa inkubator P. styalari 150—180 ming tovuq uchun moÊ»ljallangan Toshkent, OÊ»rtasaroy, Samarqand, GÊ»allaorol va FargÊ»ona P. f-kalariga aylantirildi. 1964 yilda Respublika Qishloq xoÊ»jaligi vazirligi tarkibida "OÊ»zparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 70 dan ortik, P. f-kasi, 12 nayelchilik xoÊ»jaligi, parrandalar kasalliklari boÊ»yicha respublika veterinariya lab. va boshqa tashkilotlar ish olib bordi.

1958 yilda OÊ»zbekiston chorvachilik i.t. institutida P. boÊ»limi, 1985 yilda genetika-seleksiya styasi (1994—2003 yillarda "Naslparranda" ilmiy markazi) tashkil etildi. 1992 yildan respublikada goÊ»sht yoÊ»nalishida kurkachilikni rivojlantirish boÊ»yicha Isroilning "MAD" firmasi bilan hamkorlikda Xonobod (1993), Chimyon (1992), Rishton, Urganch va YangiyoÊ»l (1995) P. f-kalari kurkachilikka ixtisoslashdi. Germaniya, Belorussiya, Isroil, Gollandiya, Qo-zogÊ»istondan keltirilgan zotli tovuq va kurka tuxumlaridan joÊ»ja ochirish yoÊ»lga qoÊ»yildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 29 noyabrdagi "Par-randachilik xoÊ»jaliklarini kurka goÊ»shti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toÊ»gÊ»risida" qaroriga koÊ»ra, xo-rijdan olingan kreditlar hisobiga kurkachilikka ixtisoslashgan f-kalar soni koÊ»paydi.

2003 yil 4 sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining "Parrandachilikda monopoliyadan chikarish va iktisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori bilan "Oʻzparrandasanoat" uyushmasi tugatildi, uning tarkibiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi 25 P. f-kalari toʻliq xususiylashtirildi.
OÊ»zbekistondagi xoÊ»jaliklarda tovuq (tuxum, goÊ»sht yoÊ»nalishlari), goÊ»sht uchun kurka, qisman oÊ»rdak, gÊ»oz, parhez taomlar uchun bedana boqiladi. Asosan, tovuqning oq leggorn, "Naslparranda" ilmiy markazida yaratilgan ikki tizimli, mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, yiliga 240—250 donagacha tuxum qiladigan "OÊ»zbekiston" krossi yetishtiriladi.

Intensiv P.ningtexnologikjarayonlari sanoat negizida tashkil etilgan boÊ»lib, yil davomida bir maromda tuxum va goÊ»sht ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Par-randalar, asosan, quruq aralash yemlar bilan boqiladi. Aralash yemga boÊ»lgan oÊ»rtacha yillik ehtiyojlar (bir bosh uchun, kg): kataklarda boqiladigan tuxum beradigan sanoat galalari uchun — 50; tuxum beradigan zotli galalar uchun —54; goÊ»sht olinadigan galalar uchun — 65; 2 oygacha boÊ»lgan broyler joÊ»jalar uchun — 4,7, tuxum olishga moÊ»ljallanadigan 5 oylikkacha boÊ»lgan joÊ»jalar uchun —11,8.
Oʻzbekistonda 2000 yilda 1252,9 mln. dona tuxum yetishtirildi, 14 mln. parranda boqildi.
Xorijiy mamlakatlarda P. juda taraqqiy etgan. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa bir kator mamlakatlarda yirik mexanizatsiyalashgan korxonalar barpo etilgan.

Jahonda 20-asrning 80-yillari oxirida 500 mlrd. donadan ortiq tuxum (eng kup AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniyada), 150 mln. t goʻsht ( AQSH, Braziliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya) ishlab chiqarildi. BMT maʼlumotlariga koʻra, jahon mamlakatlarida 14139 mln. tovuq, 244 mln. kurka boqiladi (1999). Yana q. Bedana, Kurka, Tovuk, Gʻoz, Sesarka.

[b][blue]O'ZIMNI HAM UYIMDA 20 GA YAQIN TO'VUQLARIM BOR, BU YIL ULARNI BIR QANCHASI KURK BO'LIB JO'JA OCHDI[/blue][/b] BaDBoY (29 May 2019 04:36) manam shu yili parrandachilik bilan shugullanvomman xozir uyda 100 dan ortiq bedana boqvomman SuperOS (29 May 2019 05:18) Manda ham hozir 7 ta tovuqg'im bor keyin 4 ta sayraydigon bedonam ham bor , 1 tavouqg'im hozir kurk bogan, 5 _6 kunni ichida tuxumdan jo'ja chiqadi, oldin broyler jo'ja ham boqqanman, Mahmudjon_BEST (21 Jun 2019 12:20) Parrandachilikni qaysi turidan foyda ko'proq keladi: tovuqchilik , kurkachilik , o'rdakchilik , g'ozchilik , kaptarchilik , bedanachilik? BaDBoY (21 Jun 2019 12:35) [b]Mahmudjon_BEST,[/b] tuyaqushchilik yani strauschilik DERSKI (23 Jun 2019 16:14) manda tuyaqush bor 10ta boqib kõray foydaga qarap kôpaytiraman SanjarUz (23 Jun 2019 16:35) --Javob-- Mahmudjon_BEST (21 Jun 2019 12:20): Parrandachilikni qaysi turidan foyda ko'proq keladi: tovuqchilik , kurkachilik , o'rdakchilik , g'ozchilik , kaptarchilik , bedanachilik? ---------- [b]Mahmudjon_BEST,[/b] Broyler joja boqing, foyda :zor: boladi :) MrSanjarbek (25 Jun 2019 17:33) Jnea ONLINEoff (26 Jun 2019 06:50) sddhghg
[b]42 sekunddan so'ng qo'shdi...[/b]
sddhghg
[b]2 sekunddan so'ng qo'shdi...[/b]
sddhghg
[b]0kunlar o'tgandan so'ng qo'shdi...[/b]
sddhghg
[b]1 sekunddan so'ng qo'shdi...[/b]
sddhghg
[b]2 sekunddan so'ng qo'shdi...[/b]
sddhghg MicroCam (27 Jan 2020 17:07) Хаммасидан яхшиси оддий товук бокиш кере тухум берада уй тухум киммат хозирда Shahzodbek (28 Jan 2020 09:04) [b]MicroCam,[/b] Uy tovuqining tuxum sarig'i to'q, boshqa korxonalarning tovuqlari tuxumi och rangda. MicroCam (28 Jan 2020 14:02) [b]Shahzodbek,[/b] Ha shunga aytamanda bizdi bir qo'shni bor tovuq boqdi keyin hamma undan tuxum oldi keyin tovug'i tuxum kam bera boshladi vaqt o'tib fabrika tuxumini olib kelib sotdi odamlarni aldab teshib chiqqur Manba: https://uzmasters.ru/forum/4/55/3385/