Mavzu: Psixologiya
1. ADMINKA (M) (525) [off] | TXT | 44| 7 Jul 2018, 11:08
Qadimgi Sharqning barcha tabiblari (Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo) yuzni o‘qish san’atini (fiziognomika) puxta egallaganlar. Bu, ayniqsa, xastaliklarni aniqlashda qo‘l kelib, kasallik bemor yuz rangi va suyak tuzilishiga qarab aniqlanar edi. Yuz rangi har birimizda sog‘liq barometri va ichki ruhiy tuyg‘ular ko‘zgusidir. Masalan, buyuk imperator Yuliy Sezar sarkardalar dovyurakligini yuz rangiga qarab ajratardi. Xavf paytida botir qizaradi, qo‘rqoq oqaradi, deb hisoblar va hech qachon adashmas edi. Sharq tabiblari asosan yuzning pushti, qizil, rangpar, bug‘doy rang va ko‘kish kabi ranglarini farqlaydilar. Shuning uchun, har qanday vaziyatda, suhbat yoki uchrashuvda siz ham, eng avvalo, suhbatdoshingiz yuz rangiga e’tibor qaratishingiz muhim. Shunda siz muomalada ko‘zlagan natijaga erishishingiz mumkin.
Pushti yuz – terining pushti rangi kechirimlilik, har xil janjal va nizolardan o‘zini olib qochuvchi yoki unday holatlar oldini olishga urinuvchi shaxsga xos. Bunday kishi tabiatan yuksak aql egasi bo‘lib, doimo o‘z bilimlarini chuqurlashtirib boradi. U muloyim va romantik. Shovqinni yoqtirmaydi, sokin, bosiq gapiradi. Asosan, bolalarning yuzi pushti rangda bo‘lgani uchun ular kechirimli, kuchli xotiraga ega bo‘ladilar.
Qizil yuz – bunday rang shaxs sog‘ligida qandaydir kamchilik borligini bildiradi. Nafas yo‘llari yoki qon bosimi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Xarakteriga ko‘ra, bunday kishilar faol, mustaqil fikrga ega bo‘ladilar. Ularning fikriga qo‘shilmagan yoki mensimagan shaxslarga nisbatan murosasiz, tajovuzkorligi bilan ham ajralib turadilar. Bunday holatda faqat yaxshi so‘z, maqtov bilan ularni tinchlantirish mumkin. Xalqda bunday kishilarni “o‘t odam” deb baholashadi, psixologlar “xolerik” deb ataydilar. Shu bilan birga qizg‘ish-pushti rangli yuz egasi ochiq havoda ko‘p bo‘lishni, sayohatni, jismoniy mehnatni xush ko‘radi. U tabiatan bosiq shaxs hisoblanadi.
Rangpar yuz – ruhiy tushkunlikka moyillikni bildiradi. Bunday shaxslar o‘z muammolarini boshqalarga nisbatan 10-100 barobar og‘ir deb hisoblashadi. Kamharakat bo‘lish bilan birga, ular jismoniy mehnatni yoqtirmaydilar. Shuning uchun, qo‘proq ijodiy faoliyatni tanlashadi, ko‘p nolishadi, nutqi tez o‘zgaradi, bir shoshib, bir sekin gapiradilar.
Yuqorida keltirilgan ranglar ko‘pincha aralash holda ko‘zga tashlanib (oqish-pushti, oqish-qizil, oqish-bug‘doyrang), shaxs sog‘lig‘i va ichki tuyg‘ularidan darak beradi. Har qanday suhbat paytida kishi turli emotsional holatga tushib qizaradi, oqaradi va hokazo. Shundan kelib chiqib, fiziognomika bilan tanishishni kishi yuz rangini solishtirishdan boshlang.
Yuzning suyak tuzilishi va go‘shtdorlik
Shaxs yuzining suyak tuzilishi va go‘shtdorligi uning xarakterini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu ikki belgidan uning xulq-atvori hamda fiqrlash doirasini anglash mumkin. Shu bois, yuz shakli, rangini aniqlab olgandan keyin, suyak tuzilishi va go‘shtdorligiga e’tibor qaratishni maslahat beramiz.
Yuzida suyak bo‘rtib chiqqan shaxs shoshqaloq, serharakatdir. Bunday yuzli shaxslar ham o‘ziga, ham boshqalarga juda talabchan va qat’iy kishilardir. U bilan do‘stlashish, muloqotga kirishish juda qiyin. Muloqotga kirishganda esa ularga ishonish mumkin. Xarakterining salbiy xususiyatlaridan biri hech qanday tanqidni ko‘tarolmasligidan iborat. O’zbilarmonlik va maqtanchoqligi bilan ajralib turadilar.
Yuzning go‘shtdorligi
Go‘shtdor yuz egalari o‘zining yumshoqtabiatligi bilan odamlarni jalb qiladi. Ular kirishimli, bilimga chanqoq, davralarda kishilar diqqatini tortishni yoqtiradilar. Shu bilan birga, asl holatlarini tabassum yordamida yashirishga intilishadi. Xalqda to‘ladan kelgan, doimo tabassumli kishilarni beg‘am, deb baholaydilar. Chunki, ular shaxsiy hayotlariga birovlar aralashishini, kechinmalarini oshkor etishni istashmaydi.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Raxmat aytdi (1): Janob Arey,
2. ADMINKA (M) (525) [off] | TXT | 42| 7 Jul 2018, 13:11
"PSIXOLOGIK TEST" "SHAXS ICHKI IMKONIYATINI ANIQLASH TESTI"
Hayotda o'z o'rningizni topish yo'lidagi kurashda imkoniyatingizni chamalab ko'rmoqchimisiz? Unda quyidagi test savollariga javob berib ko'ring.
Ijobiy yani "HA" javobga 3 ball, "YO'Q" javobga 0 ball, "BILMAYMAN" javobiga esa 1 balldan qo'yib chiqing...
✴ ✴
1. Siz goh gohida zerikib qolasizmi?
2. Uzingizga yoqasizmi?
3. Sho'xlikni tushunasizmi?
4. Uz ishingizni yaxwi kurasizmi?
5. Serjahl insonmisiz?
6. Uzingizni bowqalar bilan tez tez taqqoslab
turasizmi?
7. Uz sirlaringizdan ogoh dustlaringiz bormi?
8. Hordiq olish uchun hamisha vaqt topa
olasizmi?
9. Ilk bor mashinaga utirsangiz, uzingizni
sinab kuriw istagida bulasizmi?
10. Kerakli bilim va tajribaga ega
bulmasangizda, qiziqarli ishga ega buliw
uchun xarakat qilasizmi?
11. Ishga joylasha turib, zarur bulsada
tarjimai holingizning ayrim dadillarini yawira
olasizmi?
12. Tavakkal qilib barcha jamg'armalaringizni
yangi loyihaga sarflash qulingizdan keladimi?
13. Rahbaringiz latifa aytganda kulib
turasizmi?
14. Siz uz dustingiz (dugona)ning xotini (eri)
bilan uchrasha olasizmi?
15. Sevimli kishingizni deb biror ishingizni
baxridan utishga tayyormisiz?

Endi to'plagan ballarni hisoblab chiqing...

10 ballagcha: Siz shaxsiy tortinchoqligingiz
asirisiz. Shaxsiy kuchsizlik tushunchasi sizda
shu qadar chuqur urganib qolganki, yuzaga
kelayotgan muommolarni teran anglashga
xalaqt beradi. Uzingizni qulga oling va
ishonchini shakllantiring.

11 dan 30 ballagcha: Siz hamisha uz
estiyojlaringizni haotdagi vaziyatlarga qarab
ulchaysiz va tajribali dengizchi singari suv
osti toshlari noqulay xolatlar va janjallarni
chetlab utasiz. Tavakkalchilik sizga hos fazilat
emas.

31 balldan yuqori: Siz xotirangizni yoqotib
uzingzini turli hodislar bagriga tashlaysiz.
Ammo hayotdagi abadiy xarakatingiz aslo
dovyuraklik emas, balki vaziyatlar oldidagi
qurquvdir. Uylab kuringchi, taqdiringiz
hujayini uzingizmikan? Hayotni yaxwi
tomonga uzlashtirish uchun har bir
qadamingizni hisoblab chqiwga xarakat
qiling...

E'tibor uchun tashakkur...
3. Ashurov(2614) [off] | TXT | 42| 7 Jul 2018, 13:14
Test o'zimni chiqordi, to'g'ri men tavallchilikni yoqtirmayman...
4. Janob Arey(1926) [off] | TXT | 42| 7 Jul 2018, 13:17
Menda 22
5. fokuschi (756) [off] | TXT | 42| 7 Jul 2018, 15:59
Mendа 34 chiqdi
6. MasterOS(1334) [off] | TXT | 27| 2 Nov 2018, 00:33
Test xato ekan do'st.Menda 30 chiqdi.Men tavakkalchilikni juda yaxshi ko'radigan odamman,Ehtiyojlarimni ham hayotga qarab emas.O'zim oylagandek olchayman.Mana bu urush va janjalni chetlashim to'g'ri lekin.
Testga 100% dan 10% beraman.
7. uZaFaRaP (405) [off] | TXT | 21| 4 Jan 2019, 00:35
????PSIXOLOGIYA

????Husnixatimiz biz haqimizda nima deydi? Grafologiya- xusnixatga qarab inson xarakterini bilish:????

✍So‘zlar orasida bo‘sh kataklar ko‘p bo‘lsa, yozuv sohibi yoki sohibasi o‘zini yolg‘iz his qilyapti.

✍Tartibsiz yozuvlar – turmushini nazorat qila olmaslik.

✍Katta harflar – tartibsizlik.

✍Juda kichik harf (“chumoli yozuv”) – o‘ziga ishonchi past inson, ehtiyotkor, realist, lekin texnika bilan tez til topishadi.

✍Uzun harflar – estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehr.

✍Semiz harflar – ochiqlik ramzi.

✍Raqamlarga o‘xshash harflar – o‘qimishli, sabrli va biroz sovuqqon.

✍Varoqqa siyoh ko‘p tomizilgan, yozuvida surkalgan joylari ko‘p bo‘lsa – noziktabiat, shuningdek, kutilmagan, ajoyib ishlarni bajarishga rag‘bati kuchli.

✍Harfdagi belgilarni tashlab yozish – yolg‘iz qolganda o‘ziga xizmat ko‘rsatolmaydi, o‘ziga nisbatan bee’tibor.

✍Ilgaklarni gajak bilan yozish – qarorni oson va tez qabul qiladilar. Nazoratni yaxshi ko‘radilar, qonunlarga bajonidil amal qiladilar. Shuningdek, optimist bo‘ladilar.

✍Yirik-yirik yozadiganlar – o‘ta iltifotli, saxiy, ko‘ngilchan va san’at shaydolari.

✍Ingichka yozuvlar – harakatchan, lekin birovning dardini tushunmaydigan kishilar.

✍Harf oralarini katta-katta ochib yozish – mablag‘ni besamar sovurishdan darak.

✍Ilgakni uzun tushirish – zavq-shavqqa to‘la insonlar.

✍Tepaga chiqqan uzun chiziqlar – hissiyotga boy kishilar.

✍Ilmoq uchlari o‘tkir – haqqoniylik va ochiqlik.

✍Xattotlar xatiga o‘xshash – fantaziya kuchliligi, yuksak qobiliyat egasi, shu bilan birga qo‘rqoq va beqaror.

✍Bezaklarsiz, oddiy, so‘zlar orasida bo‘sh kataklar xammasida bir xil tashlangan bo‘lsa, harflarning shakli ham deyarli bir xil –aql ustuvorligi.

✍Harflar bir-biri bilan bog‘langan, qo‘lcha hosil qilgan – o‘z fikrini hurmat qilish.

✍Yengil, ortiqcha kuch va harakatsiz – xarakteri ham yengil, hayotdan rozi, birovga quloq tutuvchi va ergashuvchi, mehribon.

✍Kerakmas paytda, masalan so‘z o‘rtasidagi harflarni ham kattada yozish, so‘zlar orasida ko‘p joy tashlash – quvnoq, hazillarni yoqtiradigan, sevgi va orzuga moyil, shuningdek matematik qobiliyatga ega.

✍O’ng tomonga og‘ishtirib yozish – faol va orzularga boy,
o‘ng tomonga juda ham ko‘p egilgan, natijada oxirgi xarflar deyarli ko‘rinmay qolgan, bir qarashda titrab yozilganga o‘xshasa – ta’sirchanlik.

✍Titrab yozish – talabchan, go‘zallikka mehri baland, dangal, ayni vaqtda qo‘rqoq.

✍To‘g‘ri qilib yozadiganlar – xarakterida qo‘rquv yo‘q.

✍Yozuv aniq, o‘qishga oson, harflar bir-biriga bog‘langan bo‘lsa, bu mehnatkash, ishlarni chin dildan qilish, ba’zida pessimist. Bunday odamlar gohida ochiq gapirib, qo‘pollik ham qilib qo‘yadilar.

✍Chap tomonga og‘ishtirib yozish – erkin emaslik, doimiy xarakteri yo‘q, aniq qadamni qo‘ya olmaydi.

✍Kichik varoqqa ko‘p narsa sig‘dirish (tejamkor usul) – buning iqtisodga dahli yo‘q. Aynan shunday yozadiganlarga o‘zboshimchalik yot bo‘ladi.

✍Tez va chiroyga kam e’tibor berib yozish – bu odamning ishi yozishni ko‘p taqozo qiladi va u ko‘p vaqtlarda biror joydan ko‘chirib emas, o‘zi o‘ylab, ichidan to‘qib yozadi.
Ijobiy (1): Black-Jack,
Raxmat aytdi (1): Janob Arey,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2685
Mavzuga oid xabarlar soni: 8 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 10:01
Mavzuni ko'rishgan: 44 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 39 (0/39)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru