JAMIYAT VA INSON
|
Psixologiya
|
Mavzu:
Psixologiya
Mavzu fayllari
(0)
????PSIXOLOGIYA ????Husnixatimiz biz haqimizda nima deydi? Grafologiya- xusnixatga qarab inson xarakterini bilish:???? ✍So‘zlar orasida bo‘sh kataklar ko‘p bo‘lsa, yozuv sohibi yoki sohibasi o‘zini yolg‘iz his qilyapti. ✍Tartibsiz yozuvlar – turmushini nazorat qila olmaslik. ✍Katta harflar – tartibsizlik. ✍Juda kichik harf (“chumoli yozuv”) – o‘ziga ishonchi past inson, ehtiyotkor, realist, lekin texnika bilan tez til topishadi. ✍Uzun harflar – estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehr. ✍Semiz harflar – ochiqlik ramzi. ✍Raqamlarga o‘xshash harflar – o‘qimishli, sabrli va biroz sovuqqon. ✍Varoqqa siyoh ko‘p tomizilgan, yozuvida surkalgan joylari ko‘p bo‘lsa – noziktabiat, shuningdek, kutilmagan, ajoyib ishlarni bajarishga rag‘bati kuchli. ✍Harfdagi belgilarni tashlab yozish – yolg‘iz qolganda o‘ziga xizmat ko‘rsatolmaydi, o‘ziga nisbatan bee’tibor. ✍Ilgaklarni gajak bilan yozish – qarorni oson va tez qabul qiladilar. Nazoratni yaxshi ko‘radilar, qonunlarga bajonidil amal qiladilar. Shuningdek, optimist bo‘ladilar. ✍Yirik-yirik yozadiganlar – o‘ta iltifotli, saxiy, ko‘ngilchan va san’at shaydolari. ✍Ingichka yozuvlar – harakatchan, lekin birovning dardini tushunmaydigan kishilar. ✍Harf oralarini katta-katta ochib yozish – mablag‘ni besamar sovurishdan darak. ✍Ilgakni uzun tushirish – zavq-shavqqa to‘la insonlar. ✍Tepaga chiqqan uzun chiziqlar – hissiyotga boy kishilar. ✍Ilmoq uchlari o‘tkir – haqqoniylik va ochiqlik. ✍Xattotlar xatiga o‘xshash – fantaziya kuchliligi, yuksak qobiliyat egasi, shu bilan birga qo‘rqoq va beqaror. ✍Bezaklarsiz, oddiy, so‘zlar orasida bo‘sh kataklar xammasida bir xil tashlangan bo‘lsa, harflarning shakli ham deyarli bir xil –aql ustuvorligi. ✍Harflar bir-biri bilan bog‘langan, qo‘lcha hosil qilgan – o‘z fikrini hurmat qilish. ✍Yengil, ortiqcha kuch va harakatsiz – xarakteri ham yengil, hayotdan rozi, birovga quloq tutuvchi va ergashuvchi, mehribon. ✍Kerakmas paytda, masalan so‘z o‘rtasidagi harflarni ham kattada yozish, so‘zlar orasida ko‘p joy tashlash – quvnoq, hazillarni yoqtiradigan, sevgi va orzuga moyil, shuningdek matematik qobiliyatga ega. ✍O’ng tomonga og‘ishtirib yozish – faol va orzularga boy, o‘ng tomonga juda ham ko‘p egilgan, natijada oxirgi xarflar deyarli ko‘rinmay qolgan, bir qarashda titrab yozilganga o‘xshasa – ta’sirchanlik. ✍Titrab yozish – talabchan, go‘zallikka mehri baland, dangal, ayni vaqtda qo‘rqoq. ✍To‘g‘ri qilib yozadiganlar – xarakterida qo‘rquv yo‘q. ✍Yozuv aniq, o‘qishga oson, harflar bir-biriga bog‘langan bo‘lsa, bu mehnatkash, ishlarni chin dildan qilish, ba’zida pessimist. Bunday odamlar gohida ochiq gapirib, qo‘pollik ham qilib qo‘yadilar. ✍Chap tomonga og‘ishtirib yozish – erkin emaslik, doimiy xarakteri yo‘q, aniq qadamni qo‘ya olmaydi. ✍Kichik varoqqa ko‘p narsa sig‘dirish (tejamkor usul) – buning iqtisodga dahli yo‘q. Aynan shunday yozadiganlarga o‘zboshimchalik yot bo‘ladi. ✍Tez va chiroyga kam e’tibor berib yozish – bu odamning ishi yozishni ko‘p taqozo qiladi va u ko‘p vaqtlarda biror joydan ko‘chirib emas, o‘zi o‘ylab, ichidan to‘qib yozadi.
Yuklab olish
Onlayn 204 (1/203)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa