Mavzu: Psixologik test
1. Prince_Abdul (M) (1196) [off] | TXT | 15| 2 Jul 2019, 21:45
O'zingizga yoqqan uylardan birini tanlang va o'zingiz haqingizda qiziqarli ma'lumotlarni o'qing o'qing.

1-UY.
Siz iliq va mehmondo'st, eshiklari doimi boshqalar uchun ochiq insonsiz. Siz boshqalarga yordam berish uchun hamma ishni labida kulgu bilan qiladigan insonsiz. Siz odamlar ishonadigan odam bo'lishni yaxshi ko'rasiz. Siz begona insonni uni qiyin vaziyatdan chiqarish uchun yordam berishingiz ajoyibdir.

Siz hammaga rahmdilsiz. Shunga qaramay ba'zilar sizni haddan ortiq mehribon va atrofdagi insonlar bundan foydalanib, azoblashi mumkin deb aytadilar. Mehribon bo'ling, lekin sizning munosabatingizga xusddi shunday bo'lishi kerak deb hisoblashlariga yo'l qo'ymang. Zararkunanda insonlarni aniqlang va ulardan uzoq bo'lishni o'rganing. Buning qiyinligini bilamiz, lekin siz shunday qilishingiz kerak.

2-UY.
Siz maxfiy hayot olib borasiz. Sizga insonlarsizning hayotingizda nima bo'layotganini bilishlari yoqmaydi. Siz hamma eshiklarni yopiq ushlaysiz, odatda xech kim siz nimani his qilayotganingiz va nimadan o'tayotganingizni bilmaydi. Bu sizga o'zingizni himoyalangan his qilishingizga yordam beradi. Bu sizga kuchlilik hissini beradi, chunki siz hissiyotlaringizni boshqaradigan yagona inson ekanligingizni bilasiz. Bu qiyin bolalik bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Umringizning birinchi yillarida siz ustingizdan kulishga uchragan bo'lishingiz mumkin va atrofingizga devor qurib, hamma narsaga qarshi turishga o'rgangansiz. Sizning tabiatingiz siz haqingizda qayg'urib, siz bilan bo'lishni hohlovchi ba'zi yaqinlaringizni ham chegaralab qo'yadi. Keyingi safar do'stingiz "Hammasi joyidami?" deb so'raganida "men yaxshiman" deb mavzuni o'zgartirmang. Chuqur nafas olib, "yo'q" deng va bu haqida qanday aytishni bilmasligingizni tan oling.

3-UY.
Siz hayot taklif etishi mumkin bo'lgan hamma narsani yaxshi ko'rasiz. Siz yangi narsalarni sinab ko'rishni va tabiatda uzoq sayr qilishni yaxshi ko'rasiz. Sizga o'z chegaralaringizni kengaytirish va yangi rekordlarni o'zingiz uchun o'rnatish yoqadi. Siz hamma narsani hayotdan maqsadi bor deb ishonasizva hayot hammaga go'zal deb o'ylaysiz. Siz atrofingizdagilarga ko'tarinkilik ulashasiz va odamlar bu odatingizga qo'shiladilar.

Insonlar sizni hayotga ijobiy qarashingiz uchun yaxshi ko'radilar va yoningizda bo'ladilar. Shunga qaramay ko'r-ko'rona ko'tarinkilik qulashga olib kelishi mumkin. Inson hayotida ko'tarinki kayfiyat xafvli vaziytlarga olib kelishi mumkin.

4-UY.
Siz ochiq kitobsiz. Hamma narsa yuzada. Siz o'z hissiyotlaringiz bilan ilhomlangansizva bu tuyg'ular sizga beradigan tuyg'udan mastsiz. Insonlar sizning yoningizda o'zlarini qulay his qiladilar, chunki ular bekitiqcha maqsadlarga ahamiyat berib nimadandir qo'rqmaydilar.

Biroq, ba'zan bu yoqimsiz bo'lishi mumkin, chunki siz xafaligingizni yashirib o'tirmaysiz. Siz har qanday "filtr"larsiz gapirasiz va siz o'ta haqqoniysiz. Shuning uchun atrofdagilar sizga andisha etishmaydi va boshqalarning tuyg'ulariga befarqsiz deb hisoblaydilar.

5-UY.
Siz o'z bolaligingiz haqida bir necha qimmatli xotiralarga yopishib qolgansiz. Siz o'z muhitingizni o'zgartirib, hamma narsani engishga o'rgangansiz. Siz o'z qobiliyatingizga va o'z kuchingizga ishonasiz.

Siz o'tmish uchun boshqa qayg'urmaysiz, chunki uni qabul qilib, bubtajriba sizni xozir kim bo'lsangiz shu insonga olib kelishini tan olgansiz. Siz atrofdagilarning hec kimi yo'qlari oldida bo'lish qobiliyatiga egasiz, sizni yaxshi ko'rgan insonlar yolg'iz va qo'rquv ichra bo'lish qandayligini yaxshi biladilar. Ba'zan atrofdan keladigan qayg'udan qutula olmaydigan kuningiz ham bo'ladi.

6-UY.
Siz maqtov so'zlariga salbiy qaraysiz. Insonni qanday bo'lsa shunday ko'rib qabul qilasiz. Siz o'z yo'lingizni tajriba va xatolar bilan topgansiz. Kim bilsin balki siz atrofdagilarga oson ishonuvchi odam bo'lib, so'ng sizga sotqinlik qilishgach, ehtiyotkor va tanlab ish ko'radigan bo'lib qolgandirsiz. Ehtiyot bo'ling,shoshilmang. Atrofdagilarga qatiqqo'l bo'lmang. Xar qanday narsaga qaramasdan sizda ijobiy ishonch bor.
178dan so'ng qo'shdi...
7-UY.
Siz o'zingizni niqobda saqlashni yaxshi ko'rasiz. "Hayot va uning barcha narsalari go'zal" sizning hayotiy shioringizdir. Sizga sog'lom bo'lish yoqadi va sizaqtanishingiz mumkin bo'lgan ulkan kiyimlar to'plamingiz bor.

Siz uyingizni bezatishni yaxshi ko'rasiz. Ba'zan moddiy narsalarga o'ta band bo'lasizva sizga biroz yolg'iz qolish kerak bo'ladi.

8-UY.
Siz barcha pok va haqiqiy narsalarni juda yaxshi ko'rasiz. Siz haqqoniy, ochiq va ommaning talablariga javob berishga juda harakat qilmaydigan insonlar bilan bo'lishni afzal ko'rasiz. Siz hech narsa va xech kimdan qorqmaysiz. Boshqalardan tasdiq kutmaysiz.

9-UY.
Siz o'zingizga bu hayotda zarar beradigan narsalarni qo'yib yuborishga ko'p yo'l yurgansiz. Siz hayotda nimanidir kashf etishni hohlaysiz. Siz hayotiy maqsadingiz bilan bog'liq muhim savollarga javob topishga urinasiz. Sizni moddiy istak va narsalar qamrab olmaydi. Siz hayotingizda o'zgarishlar yaqinligiga ishonasiz.
IMG_20190702_214345_722.jpg

Yuklangan: 261 marta (95.41KB)
2. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 14| 2 Jul 2019, 21:59
6-uy yoqdiyu nu izoh unchalar tòģri kelmadi)))
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
3. Prince_Abdul (M) (1196) [off] | TXT | 14| 2 Jul 2019, 22:10
Tayotabek, Ha hammada har xil meniki to'g'ri keldi 6 uy meni maqtashganini yomon ko'raman ammo birovdi maqtayman
4. Ashurov (2636) [off] | TXT | 13| 2 Jul 2019, 22:20
Umuman menga mos kelmadi... lekin test uchun rahmat
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
5. 5IYUL (3) [off] | TXT | 12| 2 Jul 2019, 22:25
6-uy va 7-uy , ayni manga mos gaplar ekan.! :) , 6-uyda , Ozini maqtaganini yomon koraman, keyin menga ham eng yaqin dostlarim manga SOTQINLIK qilishgan.! Hozir ham qilishlayabti, bu internetga dost deb bilgan odamlariz bir kun kelib sizni ashaddiy dushmaniz boladi.! Mani boshimdan o'tgan.! Yaxshilikni bilmadi u ko'rnamaklar. :(

7-uy.! Tog'ri men o'zimni kimligimni internetga aytmaganman, real hayotda boshqa ismdaman virtual hayotda boshqa ism, xulq atvor ham shunday.! :) . Men o'zimni kimligimni hali hech kimga aytmaganman.! Buni aytishni ham istayman,

keyin biror kishi bilan janjallashib qolsam ham yolg'iz qolgim keladi, hatto ota-onam bilan ham :)
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3424
Mavzuga oid xabarlar soni: 5 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 Jul 2019, 22:25
Mavzuni ko'rishgan: 15 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 185 (0/185)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru