Mavzu: Zarina Nizomiddinova
1. Nodirali (M) (1720) [off] | TXT | 55| 31 Jan 2019, 15:36
Zarina Nizomiddinova 1989-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida, san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning otasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Shahboz Nizomiddinovdir. Zarina ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina kichkinaligidan san'atga qizikib, maktab bilan bir vaqtning o'zida, ya'ni 1997-yildan boshlab Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining fortepiyano bo'limida taxsil oladi. U 4 yoshidanoq "Yulduzcha" bolalar xorida qo'shiq kuylardi. Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni ham qo'lga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs bo'limida taxsil oladi. Maktabdan so'ng Sharqshunoslik institutining "Jahon siyosati va tarixi" fakultetida taxsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida, Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor Tamara Kamalovaning "Yo'l bo'lsin" filmida bosh rol bilan boshlaydi. "Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2005-yil rejissyor Bahrom Yoqubovning "Romeo va Julyetta" filmida bosh rolni ijro etdi. Bir oz tanaffusdan so'ng, ya'ni 2010-yili Zarina rejissyor Jahongir Axmedovning "Qorako'z", 2011-yilda rejissyor Hasan G'ofurovning "Senga muxtojman", 2011-yil Javlon Shodmonovning "Zamonaviy sovchilar" , Aziz Umrzoqovning "Oqibat", 2012-yil rejissyor Jon Rid Sagdiyevning "Bardosh", rejissyor Laziz Ashuraliyevning "Iltimos menga qarang", Akbarbek Turdiyevning "Salom sevgi, xayr sevgi", Jaxongir Poziljonovning "Sevaman dedim, sevaman", Javlon Shodmonovning "Aldangan ko'ngil", Bahrom Yoqubovning "Men yulduzman" va "O Maryam, Maryam" hamda rejissyor Sherali Isanovning "Aql va yurak" filmlarida bosh rollarni ijro etdi.
29 sekunddan so'ng qo'shdi...
Rasmi
24 sekunddan so'ng qo'shdi...
:love:
27878966_430633337369218_4794848734171103232_n.jpg

Yuklangan: 11118 marta (85.21KB)
2. UmA (457) [off] | TXT | 54| 31 Jan 2019, 15:38
Ooo :love: :love: :D

Markaziy studiyada chiqganida 16yoshimda turmushga berishgan degandi :D adashmasam
3. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 54| 31 Jan 2019, 15:45
Xususan, aktrisa erta turmush qurganidan afsuslanmasligini hamda o‘g‘lining otasi bilan ajrashganidan buyon gaplashmasligini aytdi.

Yoshlik payti odam o‘ylamasdan qaror qabul qilar ekan. Nimagadir, men yosh turmush qurishga qaror qildim. Lekin bundan afsuslanmayman. Yaxshi tomoni, judayam yosh ona bo‘ldim. 19 yoshda farzand ko‘rdim. Hozir 8 yoshli o‘g‘lim bor, 3-sinfida o‘qiydi. Xatolarimdan afsuslanmayman.
Aktirisa: Zarina Nizomiddinova
4. Azamchik (750) [off] | TXT | 54| 31 Jan 2019, 17:11
UmA, Korganmidiz qoldirme:-D
5. UmA (457) [off] | TXT | 54| 31 Jan 2019, 17:13
Azamchik (31 Jan 2019, 17:11):
UmA, Korganmidiz qoldirme:-D
Azamchik, Unaqa narsalarni qoldiribomedi :D yulduzlar hayotiga qiziqamanda :joyy: :joyy: :joyy:
6. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 52| 31 Jan 2019, 17:36
Zirapchada ham chiqyapgan edi faqat sport murabiyi bölib:-D youtubeda u haqida gulatishgandi uja ketibdi:joyy:)
7. Nodirali (M) (1720) [off] | TXT | 51| 31 Jan 2019, 17:46
Essiz erta turmushga chiqibdida. :grin:

Yaqin 2 yillikda bu aktrisani qomati kesgin o'zgardi :voy:
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3082
Mavzuga oid xabarlar soni: 15 ta
So'ngi faollik vaqti: 1 Feb 2019, 18:39
Mavzuni ko'rishgan: 56 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 188 (0/188)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru