SAN'AT OLAMI
|
Jahon kinosi
|
Mavzu:
Avengers (Qasoskorlar)
Mavzu fayllari
(0)
Qasoskorlar (ingl. The Avengers; MFA: [æ.vən.gə:s]) - amerikaning rejissor va ssenariychi Joss Uidonning superqahramon janri haqidagi Marvel Comicsdan tushirilgan fantastik film. Film premyerasi AQShda 4-may, 2012-yilda bo‘lib o‘tdi. Filmning daromadi dunyo bo‘yicha alohida o‘rin egallab turibdi. Qasoskorlar filmi distributor Walt Disney Studios va Motion Pictures tomonidan suratga olingan oltinchi filmdir. Undan avvalgi beshta film 2008 yildan 2011 yilgacha suratga olingan edi. Filmning syujetida bosh personajlarni Marvelning Temir odam, Kapitan Amerika, Tor, Halk, Qora beva va Lochin ko‘zlar yoritib bergan. Syujetda yovuz personajni qudratli Torning o‘gay ukasi xudo Loki yoritib bergan. U butun dunyoni bo‘ysintirmiqchi edi. Ammo ularga qarshi Qasoskorlar jamoasi kurashadi. Filmni rejissyor va ssenariychi Zak Penn suratga olmoqchi bo‘ladi va ssenariy yozadi. Marvel Studios kompaniyasi tomonidan suratga olingan bu film daromadi $ 1,6 milliard dollar miqdorida mablag‘ to‘plashga muvofiq bo‘ldi va eng kassabop filmlar ro‘yxatida alohida o‘rin egalladi. AQShda 2012 yili golivudning mashhur teatrlaridan biri El Kapitan teatrida film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film 2D va 3D, hamda IMAX 3D formatlarda suratga olingan. Film syomkasi 2011 yilda suratga olina boshlagan. Syomka Ogayo shtati, Nyu Meksika va Nyu York shahrida bo‘lib o‘tdi. Film sikveli Qasoskorlar: Altron erasi 2015 yilda, Qasoskorlar: Poyonsiz jang 2018 yilda premyerasi namoyish etiladi.
Yuklab olish
Onlayn 145 (0/145)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa