Mavzu: Jyeki Chan Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi
1. BLACK_LION(M) (4793) [off] | TXT | 32| 15 Nov 2016, 19:16
Jyeki Chan kino sanoatidagi 56 yillik faoliyatidan so'ng Akademiya tomonidan sharafli mukofotni qo'lga kiritdi. 12 noyabrda jahonga mashhur aktyor va rejissyor Jyeki Chan kino san`atiga qo'shgan hissasi uchun faxriy "Oskar" bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik. Endi esa afsonviy aktyor 2 karra Guinness World Records sovrindori bo'ldi. Guinness World Records'ning Facebook'dagi sahifasida aktyorni bunday rekord natijalar bilan qutlashdi. U 1972 yildan buyon katta ekranlarda 100 martadan ortiq kaskadyor-aktyor sifatida namoyon bo'lgan, shuningdek o'z karerasi davomida ko'plab jarohatlar (burun sinishidan to bosh suyagining sinishigacha) olgan Jyeki Chan "Eng ko'p tryuklarni o'zi bajaruvchi aktyor" nomiga ega bo'lgan.Shuningdek Jyeki "Bir kartinada eng ko'p vazifani bajargan inson" sifatida ham rekord natijani qayd etgan - "Xitoycha burj" filmida u ssenariynavis, rejissyor, aktyor, prodyuser, ijrochi direktor, operator, art-direktor, ishlab chiqarish guruhi rahbari, ovqatlanish muvofiqlashtiruvchisi, kaskadyor, tryuklar sahnalashtiruvchisi, mer, bastakor, rekvizit va vokalchi vazifalarini o'zi uddalagan. Jyeki Changa topshirilgan mukofot uning mehnatsevarligi va iste`dodini yana bir bor tasdiqlaydi.
Manbaa: Kun.uz
Ijobiy (3): Prince_Abdul, MAGBEK, QIROLUS,
Raxmat aytdi (1): Prince_Abdul,
2. Nodirali(1719) [off] | TXT | 32| 4 Feb 2017, 00:17
Zo'rku
3. Akbarali(2834) [off] | TXT | 32| 4 Feb 2017, 08:40
Admin bo'saz Podforumda adashtiz
Raxmat aytdi (1): walterhack,
4. BLACK_LION(M) (4793) [off] | TXT | 32| 4 Feb 2017, 08:41
Akbarali (4 Feb 2017, 08:40):
Admin bo'saz Podforumda adashtiz
Akbarali, nega endi adashibman? jahon kinosi-ku va manba ham yozilgan :-)
5. Akbarali(2834) [off] | TXT | 32| 4 Feb 2017, 08:43
BLACK_LION (4 Feb 2017, 08:41):
Akbarali, nega endi adashibman? jahon kinosi-ku va manba ham yozilgan :-)
Boburbek, jahon kinosida kinolar yoziladiku erkin mavzular da ochish kerak
Raxmat aytdi (1): walterhack,
6. BLACK_LION(M) (4793) [off] | TXT | 32| 4 Feb 2017, 08:44
Akbarali (4 Feb 2017, 08:43):
Boburbek, jahon kinosida kinolar yoziladiku erkin mavzular da ochish kerak
Akbarali, men uchun bu jahon kinosiga yoziladi, erkin mavzuga esa podforum mavjud bo'lmagan mavzular ochiladi :-)
7. Akbarali(2834) [off] | TXT | 32| 4 Feb 2017, 08:47
Nima bo'lsa xam adminlar xaq nimayam diymiz :)
Raxmat aytdi (1): walterhack,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 416
Mavzuga oid xabarlar soni: 52 ta
So'ngi faollik vaqti: 19 Aug 2018, 06:31
Mavzuni ko'rishgan: 54 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish