Mavzu: ISLOM KARIMOV HAQIDA!!! (SAN'AT OLAMI/Umumiy bo'lim) otash_akooo (25 Aug 2018 01:02) Islom AbdugÊ»aniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri[1]) — davlat va siyosat arbobi, OÊ»zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. OÊ»zbekiston Qahramoni (1994). OÊ»zbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh QoÊ»mondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gÊ»olibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gÊ»olibi. OÊ»zbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OÊ»zSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar OÊ»zbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida OÊ»zbekiston oÊ»zining Konstitutsiyasiga ega boÊ»ldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan
[b]1.5833333333333 daqiqadan so`ng qo`shdi...[/b]
Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoÊ»jaligi mashinasozligi ("Tashselmash") zavodida master yordamchiligidan boshladi. SoÊ»ng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boÊ»lib ishladi. 1966-yilda OÊ»zbekiston Davlat plan komitetiga ishga oÊ»tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oÊ»rinbosarigacha boÊ»lgan yoÊ»lni bosib oÊ»tdi. 1983-yildan OÊ»zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan OÊ»zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oÊ»rinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89-yillarda OÊ»zbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan OÊ»zbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda OÊ»zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov OÊ»zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — OÊ»zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oÊ»tkazilgan umumxalq saylovida Karimov OÊ»zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boÊ»lib oÊ»tgan umumxalq referendumi yakunlariga koÊ»ra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida OÊ»zbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. OÊ»zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, OÊ»zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, OÊ»zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoÊ»mondonidir.

Ilmiy faoliyati

Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning
1."Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli" (1992),
2."Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" (1993),
3."OÊ»zbekiston — bozor munosabatlariga oÊ»tishning oÊ»ziga xos yoÊ»li" (1993),
4."Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" (1994),
5."Istiqlol va maʼnaviyat" (1994),
6."Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" (1995),
7."Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997),
8."Barkamol avlod orzusi" (1998),
9."Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" (1998),
10."Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" (1998),
11."Olloh qalbimizda, yuragimizda" (1999),
12."Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz" (2000),
13."Tinchlik uchun kurashmoq kerak" (2001),
14."Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" (2002)

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. AKBARSHOH (25 Aug 2018 07:52) Buyuk shaxs Manba: https://uzmasters.ru/forum/5/20/2821/