Kirish A`zo bo`lish
SAN'AT OLAMI | Umumiy bo'lim |
Mavzu: mysql haqida qisqacha!!!
Mavzu fayllari (0)
So'rov natijasi
mavzu sizga yoqdimi???
xa judayam (0)
yoqmadi (0)
1. wmotash_akooo (M) (121) [off] |TXT| 20|28 Aug 2018, 02:33
MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.

Ho'sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni ochish, o'qish, yopish,.. ko'p vaqtni olib qo'ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko'p), ma'lumotlar bazasiga o'tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o'xshash juda ko'p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o'zida saqlaydi.

MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.

MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.

So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.

MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.

MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.

MySQL juda ko'p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo'lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…

MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.

MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
2. UmA (340) [off] |TXT| 18|28 Aug 2018, 07:16
Menimcha bu hozir modadan qolmoqda. Hozir hamma pdo va balo battarlarni afzal ko'rmoqda.
3. Arey(1685) [off] |TXT| 18|28 Aug 2018, 07:55
MySQL bo'yicha daslabki ko'nikmalarni hosil qilishimiz uchun biror tajribaliroq marterlarimiz yordamini ayamasdan bu yerda o'rgatib borishsa yaxshi bo'lardi.

Menda birinchi savol.
Qanday qilib foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni saqlash mumkin?
4. Besthakker(1531) [off] |TXT| 6|28 Aug 2018, 08:56
Xabar Bahh Tee tomonidan o'chirilgan.
5. wmKungaboqar (647) [off] |TXT| 15|28 Aug 2018, 11:27
Arey (28 Aug 2018, 07:55):
MySQL bo'yicha daslabki ko'nikmalarni hosil qilishimiz uchun biror tajribaliroq marterlarimiz yordamini ayamasdan bu yerda o'rgatib bo• • •
Arey, Misol shuni bazaga yuborsangiz
INSERT
INTO `user` SET
`nick`='Tahallus',
`pass`='parol';
tahallus orniga tahallusingiz parol orniga parolingizni yuborsangiz mysql bazada saqlanadi id raqam esa avto davom etadi
keyin bu malumotlarni korish uchun
$ank=mysql_fetch_assoc(mysql_query("SELECT * FROM `user` WHERE `nick` = 'tahallus' LIMIT 1"));
{ echo "Tahhalusi $ank[nick] <br> parol $ank[parol]";
}
Ijobiy (1): fokuschi,
Raxmat aytdi (2): fokuschi, Arey,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2830
Mavzuga oid xabarlar soni: 5 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 Aug 2018, 11:27
uzmasters.ru Onlayn 90 (4/86)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru