Mavzu: ShoXruX [ Rep ]
1. shohrux (M) (359) [off] | TXT | 24| 15 Feb 2018, 17:25
Shoxrux rep oz muxlislari kunglidan joy topgan Rap qushiqchimiz Shoxrux biografiyasini topsam tashiyman
2. shohrux (M) (359) [off] | TXT | 24| 15 Feb 2018, 17:28
Shohruh Haqida To'liq Ma'lumot
Admin 10-09-2011, 22:43
52322
1.Ismi sharifi: Shodmonov Shoxrux O`ktamovich;
2.Tug`ilgan kuni: 1986 yil, 31 yanvar;
3.Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri;
4.Burji: Dalv;
5.Kasbi: hozircha xonanda va talaba;
6.Oilaviy ahvoli: uylanmagan;
7.Oilasi: 5 kishi - otasi O`ktam Shodmonov, onasi - Shohida Shodmonova, ukalari - Farrux va Xurshid.
8.Xobbisi: Qo`shiq kuylash va veb-dizaynerlik;
9.Yoqtirgan ranglari: qizil, oq, qora;
10. Yoqtirgan raqami: 7 va 17;
11. Eng uzoq vaqt yaratilgan qo`shig`i: "Salomaley";
12. Sevimli bayrami: Barcha bayramlar;
13. Yoqtirgan taomi: Palov (ovqat tanlamaydi);
14. Muxlislardan olgan eng aziz sovg`a: ISHONCH
15. Yoqtirgan gullari: atirgul va lola;
16. Duetlarining eng omadlisi: Shahzoda va jiyani Sarvar bilan kuylangani;
17. Sevimli sport turi: stol tennisi va katta tennis;
18. Jami qo`shiqlarining soni: 50 dan ortiq;
19. Orzu qiladi: Ota-onasini umrining oxirigacha baxtli qilishni va duolarini olib yashashni;
20. Sevimli aktyorlari: Bred Pitt va Jan Klod Van-Damm;
21. Sevimli aktrisalari: Anjelina Joli;
22. Qo`rqadi: Allohning qahridan;
23. Ilk qo`shig`i: "My definition" ("Mening tushuncham"). Bu qo`shiqi o`quvchilik paytida yaratilgan;
24. Eng yaqin do`stlari: Ota-onasi;
25. San`atkorlar orasida do`stlari:
Jamshid ("Afruz" guruhi);
26. Bolaligida ... juda ham kamgap bo`lgan;
27. Ilk ishlab topgan puliga ... gul sotib olgan. Bu gul 5-sinfdaligida yoqtirgan qizi uchun sotib olingan edi;
28. Yoqtirgan fasllari: qish va bahor;
29. Havas qiladi: repperlar qiroli Tupakka;
30. Fe`l-atvori: og`ir, bosiq, kamgap;
31. Shaxsiy sayti: Shoxrux.com;
32. Biladigan chet tillari: rus va ingliz tili;
33. Gastrollari: Butun respublikamiz bo`ylab;
34. Onasiga yoqqan klipi: "Balandda";
35. Ijodiy yangiligi: muxlislar orasiga asl "rep" tushunchasini olib kirganligi;
36. Sevimli qo`shiqchilari: Sherali Jo`rayev va Sevara Nazarxon;
37. Faoliyat yuritadi: "Panterra" studiyasi;
38. Oliygohi: Toshkent Davlat Iqtisoiyot Universiteti 4-kurs;
39. Qachon jahli chiqadi: manman va va`daboz insonlarni ko`rsa;
40. Xit qo`shiqlari: Deyarli barcha qo`shiqlari;
41. Yaxshi ko`radi: xushmuomala va ochiqko`ngil insonlarni;
42. Musiqiy albomlari: 3 ta;
43. Oxirgi albomining nomi: "Bolalik";
44. Eng katta va ilk yakkaxon konserti: 2006 yil 17-19 fevral kunlari "Xalqlar Do`stligi" saroyida bo`lib o`tgan. Mazkur konsertda ijro etgan 20 ta qo`shig`ining 17 tasini jonli ijro etgan;
45. Yoqtirgan asari: "Fir`avn";
46. Eng ashaddiy muxlisasi: Gulrux va Shaxnoza;
47. Armoni: Tushida ko`rgan qizni topa olmayotgani;
48. Tushkun kayfiyat paytida... shiftga qarab yotadi;
49. Ilk dastxatini: 2004 yil "Tarona" konsertidan so`ng yoshgina qizchaga bergan;
50. Ilk xit-qo`shig`i: "Xayr bevafo";
51. Sevimli tennischilari: Iroda To`laganova va Anna Kurnikova;
52. Sevgan qizi: Hozircha yo`q, lekin yoqtirgani bor;
53. Oldidagi maqsadi: O`z mutaxassisligining ustasi bo`lish;
54. Ajoyib xislati: U doim uyda ovqatlanadi, shu bois restoran va kafelarda ovqatlanmaydi;
55. Kiyinishi: kayfiyatiga qarab;
56. O`zbek repperlaridan tan oladigani: Sobiq "Al-vakil" guruhi;
57. Maktab davrida ... 3-4-sinfgacha hech kim bilan gaplashmagan;
58. Tanqidga munosabati: e`tibor bermaydi;
59. Yoqtirmaydi: Ko`p savol berganlarni;
60. Yoqtiradi: Sekin yog`ayotgan qorni;
61. O`ziga o`rnak deb biladigan inson: Otasi;
62. Shiori: "Faqat olg`a!";
63. She`riyatda... U rus tilida bir necha she`rlar yozgan;
64. Ko`zoynak: Ko`rish darajasi sustlashganligi bois ko`zoynakka ehtiyoj sezadi;
65. Boshchilik qiladi: "Aks" nomli guruhga;
66. Tuhfasi: Yangi yil arafasida taniqli qiziqchi Obid Asomovga qo`l soati sov`a qilgan;
67. Telefon raqami: Qizlar ko`p bezovta qilganligi uchun telefon raqamini tez-tez almashtiradi!!
3. SHAXZODBE (745) [off] | TXT | 24| 16 Feb 2018, 08:19
Bu lekin uzrap qiroli
Ijobiy (1): ARMAKS,
4. Besthakker (1772) [off] | TXT | 22| 22 March 2018, 13:15
Ushbu reperni qushiqlarini qattan topsam bo'ladi
5. WaP_MaSTeR (1363) [off] | TXT | 22| 3 Apr 2018, 07:20
Ha menga rep qöshiqlar yoqmidi
6. SHAXZODBE (745) [off] | TXT | 22| 3 Apr 2018, 07:23
WaP_MaSTeR (3 Apr 2018, 07:20):
Ha menga rep qöshiqlar yoqmidi
shahzod,Nimaga yaxshi raper ku ???
7. SHAXZODBE (745) [off] | TXT | 22| 3 Apr 2018, 07:26
Besthakker (22 March 2018, 13:15):
Ushbu reperni qushiqlarini qattan topsam bo'ladi
Besthakker, YOUTUBE.COM/SHOXRUX


Aziz do'stlar! 14-15-16 May kunlari "Istiqlol" san'at saroyida bo'ladigan katta konsert dasturimga barchangizni taklif etaman!
TEL: +998951441212
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2409
Mavzuga oid xabarlar soni: 19 ta
So'ngi faollik vaqti: 26 Jan 2019, 00:36
Mavzuni ko'rishgan: 27 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 207 (0/207)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru