Kirish A`zo bo`lish
INTERNET VA DASTURLASH | Hosting va domenlar |
Mavzu: 10 ta eng yaxshi bepul hosting provayderlar
Mavzu fayllari (0)
So'rov natijasi
Mavzu sizga yoqtimi?
juda yoqti (2)
umuman yoqmadi (2)
yoqdi (1)
yoqmadi (0)
1. wmSUHROB (M) (409) [off] | TXT | 47| 26 Aug 2017, 15:41
Zamonaviy sayt tayyorlash tijorati ijtimoiy tarmoqlar va bulut texnologiyasi sari jadal qadam tashlayotgan bo'lsa ham, bugungi kunda odatiy web saytlar hostinggiga bo'lgan talab yuqori darajada bo'lganicha qolmoqda. Chunki odatiy hosting xizmati foydalanuvchilaga saytlarini to'liq boshidan qurish imkoni bilan birga sayt quruvchisi (site builder), avto o'rnatgich (auto installer) va boshqa ko'plab qulay imkoniyatlarni ham taqdim etmoqda. Bu imkoniyatlar deyarli barcha hosting provayderlarda bor. Pulli hosting xizmatlari bilan bir qatorda bepul hosting provayderlarda ham talaygina qulay jihatlarni topishimiz mumkin.

Ushbu mavzu bugungi kunda eng yuqori sifat bilan ishlayotgan 10 ta bepul hosting provayderlari haqida. Ular xorijda joylashgan serverlar asosida xizmat ko'rsatganligi sababli bu hostinglardan foydalanganingizda saytingiz TAS-IX tizimida bo'lmasligini eslatib o'tmoqchiman. Shunga qaramasdan Hostinger.ru hostingining O'zbekiston uchun bunda keyin bepul xizmat ko'rsatmasligini hisobga olsak, biz uchun bepul hosting provayderlar haqida bilish foydadan holi bo'lmaydi.
Ro'yxatga o'tishdan avval quyida keltirilgan ro'yxatni tavsiflash uchun ishlatiladigan ba'zi iboralar xususida to'xtalamiz:
Reklamasiz bepul hosting– bu turdagi xizmatni taklif qiluvchi provayder bepul hostingni reklamasiz Sizga taqdim etadi. Odatda bepul hosting xizmatini ko'rsatuvchi provayderlar qayerdandir foyda ko'rish maqsadida o'zida joylashtirilgan saytlarga kamida bittadan majburiy reklama joylashtirishadi. Reklamasiz bepul hostingda esa shunday majburiy reklamalar joylashtirilmaydi.
Bepul domen hostingi– bu xizmat boshqa provayderda ro'yxatga olingan domenning serverda bepul joylashtirilishini anglatadi. Masalan, menda Azamat.uz domeni bor, uni butunlay boshqa provayder orqali ro'yxatdan o'tkazganman. Bepul domen hostingi bor hostda saytimni joylashtirishim va Azamat.uz domenimni shu sayt uchun asosiy domen sifatida tayinlashim mumkin. Ba'zi bepul hostinglar bu xizmatni taklif qilmaydi, yoki pulli xizmat sifatida taklif qilishadi.
Bepul subdomen hostingi– hosting tomonidan taklif etiladigan subdomenlar asosidagi bepul hosting. Bunda provayder hostingni bepul taqdim etadi va unga joylashtiriladigan saytlarning domeni o'zidagi biror asosiy domenning subdomeni bo'lishi kerakligini talab qiladi. Bu holatni Hostinger.ru hostida ko'rganmiz: saytimiz ularning serverida bepul joylanar edi, biz esa ismimiz.besab a.com yoki ismimiz.nginx.ro kabi bepul subdomenlardan foydalanishimiz kerak bo'lar edi.
Bepul PHP/MySQL hosting– o'zida PHP va MySQL ishlatishga ruxsat beradigan hosting provayderlar xizmati. Bu turdagi hostinglarda Siz dinamik saytlaringizni hech qanday qiyinchliksiz qurishingiz mumkin bo'ladi.
Endi bepul hosting provayderlari ro'yxatiga o'tishimiz ham mumkin. Ularni tasodifiy tartibda ro'yxatga kiritdim, shunday ekan ularning ro'yxatdagi o'rni hosting provayderning sifati yoki obro'sini belgilamaydi.

1. Biz.nf(PHP, MySQL, WordPress, Joomla, Bepul .co.nf subdomen, Reklamalar yo'q);

2. www.freehostingeu.com (Blog / Site builder, Reklamalar yo'q, Bepul .eu.pn subdomen);

3. Wix.com(Oson sayt quruvchisi: html5, Flash, mobile, blogs, va h.k);

4. www.websitebuilder.com (Minglab shablonlar, Google/mobil qurilmabop);

5. Biz.ly(Sayt va blog quruvchisi, Fotoalbom, Bepul .biz.ly subdomen);

6. AwardSpace.net (PHP, MySQL, Email yuborish, Reklamalar yo'q, Bepul subdomen);

7. Jimdo.com (Vizual sayt quruvchisi, video qo'shish, rasm yuklash, online do'kon);

8. ByetHost.com (PHP, MySQL, PHPbb, SMF, Wiki, Bepul subdomen);

9. Webs.com (Oson sayt quruvchisi, blog, formalar, so'rovnomalar, Bepul subdomen);

10. Weebly.com (Shablonlar, Drag & Drop quruvchi, Oson Blog, eCommerce).
2. Mr ShaXRuX (580) [off] | TXT | 47| 26 Aug 2017, 15:58
3ta hozir yozilgan saytdan ro'yhatdan o'tib ko'raman deb kirdim lekin ro'yhatdan o'ta olmadim :joyy: l
.
P/s hamma aytganidek arzonni sho'rvasi tatimas !
3. Viruzbek(1178) [off] | TXT | 47| 26 Aug 2017, 16:58
Bu maqola qaysidur saytdan aniq bexatolik bilan kopirovat qilib Forumdan mavzu ochib yozilmoqda 100% garantiya
4. wmBlackCat (727) [off] | TXT | 47| 26 Aug 2017, 17:32
manba: AZAMAT.UZ deb qoying :lol2::joyy:
5. Ashurov(2591) [off] | TXT | 47| 26 Aug 2017, 17:52
Wix.com zo'r lekin kompyuter web sahifa yaratishda juda ham qulay
6. MASTER_BY (8) [off] | TXT | 47| 26 Aug 2017, 22:36
byethost.com eng qulay va osoni bular ichida
7. fyurer (160) [off] | TXT | 47| 27 Aug 2017, 05:59
Java tellarda ishledigani bormi?
8. wmShaxzod_Uzb1998 (208) [off] | TXT | 47| 27 Aug 2017, 11:28
fyurer (27 Aug 2017, 05:59):
Java tellarda ishledigani bormi?
fyurer, keo.su
9. Ashurov(2591) [off] | TXT | 47| 27 Aug 2017, 12:21
fyurer (27 Aug 2017, 05:59):
Java tellarda ishledigani bormi?
fyurer, Lekin keo.su Hosting sayti bepul emas oldin pul to'lashingiz zarur
10. fyurer (160) [off] | TXT | 47| 27 Aug 2017, 12:53
Keo ni o'zim ham bilaman man bepul deganiga yozdim bu mavzuga
11. MASTER_BY (8) [off] | TXT | 47| 27 Aug 2017, 13:58
fyurer (27 Aug 2017, 12:53):
Keo ni o'zim ham bilaman man bepul deganiga yozdim bu mavzuga
fyurer, byethost.com ni ko'ring
12. Владимир (31) [off] | TXT | 47| 29 Aug 2017, 21:07
Mani fikrimcha boshqa saytlardan ko'chirmay o'z fikrimizni yozishimiz kerak manga yoqadigani wix.com
13. UzMuzon (324) [off] | TXT | 47| 29 Aug 2017, 21:41
Bepulga uchmaylaaar
14. Lizard (20) [off] | TXT | 20| 2 May 2019, 19:22
MASTER_BY (26 Aug 2017, 22:36):
byethost.com eng qulay va osoni bular ichida
MASTER_BY, Email ga kod kemayabdi. Manga ochib berolasmi akkount. Shx ga öting.

Off u.n uzr!
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1766
Mavzuga oid xabarlar soni: 14 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 May 2019, 19:22
Mavzuni ko'rishgan: 47 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 49 (1/48)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Reytingdagi saytimiz: Saytingizni Bepul Rivojlantiring !!! [+]
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru