Mavzu: WooCommercening WebMoney imkoniyatlari (INTERNET VA DASTURLASH/Internet resurslari) Prince_Abdul (3 Oct 2017 21:56) WooCommerce WordPress tizimida ishlashga mo’ljallangan, savdo sayti imkoniyatini yaratuvchi plagin hisoblanadi. Bu plagin yordamida saytingizda chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan, harid qilish uchun qulay, o’ziga xos tizimli tarzda namoyish etiladigan mahsulotlar savdosini yo’lga qo’yishingiz mumkin. WooCommerce https://wordpress.org/plugins/woocommerce/ dunyo bo’ylab juda ko’p saytlarda (3 milliondan ortiq) ishlatilishi sababli, u turli tillarga allaqachon tarjima qilingan.
Savdo saytlarini to’lov tizimlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Albatta, sotiladigan har bir mahsulot uchun to’lov amalga oshirilishi kerak. Internetdagi savdolar esa qulay, ishonchli va bir lahzada natija berish imkoniyatiga ega bo’lgan to’lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. WooCommerce https://wordpress.org/plugins/wc-webmoney/ plagini dunyoga mashxur to’lov tizimlarining deyarli barchasi bilan to’liq integratsiya qilingan.
MDH davlatlari va O’zbekistonda xalqaro elektron tizim sifatida ko’p foydalaniladigan WebMoney https://www.webmoney.ru/ to’lov tizimi ham WooCommerce plaginiga to’liq integratsiya qilingan. WooCommerce WebMoney plagini yordamida saytingizdagi do’konni WebMoney tizimi orqali savdo qilishga osonlik bilan moslab olishingiz mumkin. Ingliz tili bilan yaxshi kelisha olmaydigan foydalanuvchilar uchun bu plaginning rus tilidagi yordam ma’lumotlari ham bor.
Ushbu maqola WooCommerce plaginini WebMoney tizimi yordamida ishlatishni istovchi foydalanuvchilar uchun eslatma tarzida yozildi.


Azamat.uz saytidan Manba: https://uzmasters.ru/forum/6/24/1923/